22.04.2022
280

Nikohdagi o’zaro haq-huquqlar

 

Har  bir inson hayotda baxtli bo’lib yashashni xohlaydi. Jamiyatdagi barcha insonlar o’zaro hamjihat bo’lsalar, bir-birining haqqiga rioya qilsalar, o’zlarining majburiyatlarini, haq-huquqlarini yaxshi anglasalar va shariatga muvofiq hayot kechirsalar butun jamiyat isloh bo’lar edi. Buning uchun bu islohotni har bir inson o’z oilasida boshlashi zarur, chunki oila jamiyat ichidagi kichik bir jamiyatdir. Oilaning shariatga muvofiq bo’lishi uchun islomda erkak uchun ham, ayol uchun ham o’zaro haq-huquq va majburiyatlari tayin qilingan bo’lib, har bir musulmon inson ularga rioya qilishi shartdir.
Erkakning ayollar ustidagi haqlari:
1. Islom ayollarga ma’siyatdan boshqasida eriga itoat qilishga buyuradi. 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: “Agar ayol besh vaqt namozini o’qisa, ro’zasini tutsa, farjini saqlasa va eriga itoat qilsa, unga jannatga xohlagan eshigingdan kirgin deyiladi”.
2. Ayol kishi erining uyini va molini muhofaza qilishi kerak. Ulamolar aytadilar: “Ayol kishi erining iznisiz uning molidan biror narsani sadaqa qilib yoki hadya qilib yubormaydi”
3. Erining huzurida hamisha eng go’zal ko’rinishda bo’lishga harakat qilishi lozim. 
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan eng yaxshi ayol qanday bo’ladi deb so’rashdi, U Zot: “Qaraganda ko’zing quvonadigan, agar buyursang itoat qiladigan va eriga o’z jonida va molida u yoqtirmaydigan narsalar  bilan xilof qilmaydigan”, dedilar.
Yana bir hadisda Rasululloh sollalohu alayhi vasallam aytadilar: “Dunyoning barchasi matodir, matolarning eng yaxshisi soliha ayoldir”.
Qur’oni Karimda Alloh taolo marhamat qiladi: 
“Soliha ayollar-itoatkor va Allohning hifzi himoyasi bo’yicha g’oyib (er)larining muhofazasini qiluvchilardir”.
Ayollarning erkaklar ustidagi haqlari:
1. Mahr. Alloh taolo Qur’oni Karimda aytadi:        
“Ayollarga mahrlarini ko’ngildan chiqarib bering. Agar ular undan biror narsani chin ko’ngildan tutsalar, bas, uni yenglar. Osh bo’lsin, ofiyat bo’lsin”(Niso surasi 4)
2. Nafaqa. Bu maskan, kiyim-kechak, taom kabi hayot uchun zaruriy bo’lgan narsalarni o’z ichiga oladi.
3. Ayollar bilan go’zal muomalada bo’lish. 
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: “Ayollarga yaxshi munosabatda bo’linglar. Albatta ular qovurg’adan yaralganlar. Qovurg’aning eng egrisi uning yuqorisidir. Agar uni to’g’irlamoqchi bo’lsang uni sindirib qo’yasan. Agar uni tark qilsang egriligicha qoladi, bas, ayollarga yaxshi munosabatda bo’linglar”.
4. Erkak kishi ayoliga hayoti uchun zarur bo’ladigan diniy ta’limni berishi yoki  ilm olish uchun ilm majlisiga chiqishiga izn berishi lozim bo’ladi. 
Nabiy sollalohu alayhi vasallamni oldiga bir ayol kelib aytdilar: “Ey Allohning Rasuli, erkaklar sizning barcha so’zlaringizni oldilar, Alloh sizga bildirgan narsani o’rganishimiz uchun bizga ham bir kunni tayin qilsangiz”, U Zot sollallohu alayhi vasallam: “Falon falon kunda to’planinglar”, deb aytdilar. Shundan so’ng u ayollar kelishar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularga Alloh bildirgan narsalarni o’rgatar edilar.

 


Xadichai Kubro ayol-qizlar o’rta maxsus islom 
ta’lim muassasasi  4-kurs tolibasi Mirzayeva Muattaroy
 

Другие новости

Sajdai sahvga bog‘liq bo‘lgan masalalar
11.01.2024 177
#Sahv sajdasi🔸Imomning adashishi bilan imomga ham, muqtadiyga ham sahv sajdasi vojib bo‘ladi. Agar imomga ergashgan muqtadiy adashsa, sajda vojib emas.🔸Muqtadiy namozga kechikib kelgan bo‘lsa, imom salom bergandan keyin qolgan rakatni...
Подробнее
Sahv sajdasini vojib qiladigan sabablar
09.01.2024 204
🔹Agar farz namozining avvalgi ikki rakatida yoki ikki rakatning birida adashib "Fotiha" surasini o‘qimasa🔹Shuningdek, nafl va vitr namozlarining biror bir rakatida adashib "Fotiha" surasini o‘qimasa🔹Farz namozining avvalgi ikki rakatida qiroat...
Подробнее
IMOM ABU HANIFANING FAQIH SIFATIDA SHAKLLANISHIDA KUFA FIQHIY MAKTABINING O’RNI
01.06.2023 382
Annotatsiya: Ushbu maqolada Hanafiylik mazhabi asoschisi Abu Hanifa rohimatullohi alayhining hayotlari, ilk ilmiy faoiliyatlari va mazkur faoliyatlarida sahobalar asos solgan Kufa fiqh maktabining o’rni va ahamiyati, sahobalar orasidan Abu Hanifa...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry