25.04.2022
647

Haqiqiy ishq

 

     “Muhabbat”  so’zi “ hubb” sozining o’zagidan olingan bo’lib, lozim tutish va sabot ma’nolarini anglatadi. Biror narsaga muhabbat qo’ygan odam mazkur mahbubni lozim tutadi va unda sobit turadi. 

     Muhabbatning iste’lohiy ma’nosi haqida ulomolar bir-birini to’ldiruvchi bir necha ta’riflarni aytganlar:

 Rog’ib: “ Muhabbat nafsning o’zi yaxshi deb bilgan va gumon qilgan narsaga moyil bo’lishidir. U ikki xil bo’ladi.  Biri tabiiy bo’lib, u insonda, hayvonda va gohida jonsiz narsada ham bo’ladi. Boshqasi ixtiyoriy bo’lib u faqat insonga xos bo’ladi “, degan.

     Kafaviy: “ Muhabbat haddan oshgan rozilikdir. U ikki qiimdan iboratdir. Birinchisi  har bir mukallafda bo’ladi. U iymonda lozim va lobud narsadir. Uning haqiqati Alloh taoladan kelgan narsaning hukmiga va taqdiriga bo’ysungan holda, hech qanday e’tirozsiz qabul qilishdir. Ikkinchisi faqatgina maqomat egalarida bo’ladi. Uning haqiqati qazo qilingan narsadan qalbning quvonch va sururga to’lishi va roziligidir”, degan.

 Jaloliddin Rumiy shunday deydi: “ To’g’ri, muhabbat olam gardishini aylantirmaydi. Muhabbat shu gardish aylanishiga ma’no bag’ishlaydi”. 

     Inson har bir a’zosining alohida vazifasi bor. Masalan, ko’zning vazifasi ko’rish, quloqniki eshitish, tilga so’zlash vazifasi yuklatilgan, qalbning ishi esa sevishdir. Qalb yo Alloh taoloni sevadi yoki U zotning mahluqlarini yaxshi ko’radi. Bandaning qalbida yo oxirat yo dunyo muhabbati bo’ladi. Oxiratning muhabbati bilan qalb yaxshiliklarga shoshadi. Dunyo muhabbati borasida esa, hadisi sharifda bunday ta’riflanadi: “ Dunyo muhabbati barcha yomonliklarning boshidir”.

Muhabbat - bu inson tabiatini zavqlantiruvchi tuyg’udir. Muhabbat eng oliy darajasi  ISHQ deyiladi.

Ilohiy ishq suvga o’xshaydi. Agar suv bo’lmasa, daraxt yam - yashil bo’lib o’smaydi. Unga suv quyilsagina u gullaydi, meva beradi. Insondagi ilohiy ishq ham daraxtning  suvi kabidir. Agar insonda ilohiy ishq bo’lsa, uning iymoni gullay boshlaydi va undan mo’minlik ifori taraladi va yon - atrofni ham o’rab oladi. 

     Alloh taolo: “Albatta, iymon keltirgan va yaxshi amallarni qilganlarga Rohman muhabbat paydo qilur”, degan. Maryam surasi 96-oyat

 “ Alloh sizni sevadir” Oli Imron 31-oyat

  Moʻmin banda uchun Allohning muhabbatidan ham ulugʻroq baxt, saodat bormi!

    Aytadilarki, haqiqiy muhabbat 3 narsada bilinadi:

 - Sevgan suyganining so’zini boshqalarning so’zidan ustun qo’yadi;

 - Sevgan suyganining suhbatini boshqalarning suhbatidan ustun qo’yadi;

 - Sevgan suyganini mamnun etishni boshqalarni  mamnun etishdan ustun qo’yadi.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:“ Rosululloh sollollohu alayhi vasallam: “ Qachon Alloh bir bandasiga muhabbat qilsa, Jabroilni chaqirib: “ Men falonchiga muhabbat qildim. Sen ham unga muhabbat qil”, deydi. Bas, Jabroil unga muhabbat qiladi va osmonga nido qilib:“ Alloh falonchiga muhabbat qiladir. Sen unga muhabbat qil!” deydi. Shunda ahli osmon unga muhabbat qiladi. Soʻngra uning uchun yer ahlida qabul yoʻlga qoʻyiladi. Qachon Alloh bir bandani yomon ko’rib qolsa, Jabroilni chaqirib: “ Men falonchini yomon ko’rdim. Sen ham uni yomon ko’r”, deydi. Bas , Jabroil uni yomon ko’radi va osmonga nido qilib: “Albatta, Alloh falonchini yomon ko’radi. Sen uni yomon ko’r !” deydi. Shunda ahli osmon uni yomon ko’radi. So’ngra uning uchun yerda yomon ko’rish yo’lga qo’yiladi.

Sahl ibn Abdulloh Tustariy shunday degan:” Alloh sevgisining alomati Qur'on sevgisidir. Qurʼon sevgisining alomati Paygʻambar sevgisidir. Paygʻambar sevgisining alomati uning sunnatiga va goʻzal ahloqiga tobe boʻlmoqdir. Sunnatga tobe bo’lishlikning alomati oxirat hayotini unutmaslik. Oxirat hayotini unutmaslikning alomati dunyoga hirs qoʻyishdan , haromdan qochishdir.

     Muhabbatning ziddi – g’azab, nafrat, yomon ko’rishdir. G’azab arab tilida “shiddatli”, “qattiq” degan  ma’nolarni anglatadi.

Ulamolarimiz g’azabni  shunday ta’riflaydi: “G’azab – bu ozor yetkazgan tomondan intiqom hosil qilish”. G’azab Alloh taoloning fe’liy sifatlaridan biri bo’lib, U Zotning jaloliga muvofiq bo’ladi. 

“ … Albatta, Alloh kibrli va maqtanchoq kishilarni sevmaydi”.

     Allohga nisbatan sodir etilgan ilk gunoh nima ekanini bilasizmi? Kibr! Ha, Iblisni Allohning buyrug’iga qarshi chiqishiga undagan narsa kibr edi: “ Eslang, (ey Muhammad!) Biz farishtalarga : “ Odamga sajda qilingiz!- deb buyurishimiz bilan ular sajda qildilar. Faqat Iblis bosh tortib, takabburlik qildi va kofirlardan bo’ldi” ( Baqara surasi,34-oyat). Shuning uchun Alloh ushbu shaytoniy xulqni va bu razil illat bilan xulqlanganlarni suymaydi.

Imom Moturidiy rahimahulloh “Niso” surasidagi 34-oyatni sharhlab, shunday yozgan. “ Kibrli” so’zi “ Ixtiyaalun” o’zgidan olingan bo’lib, bir nechta ma’nolarni anglatadi:

- Mutakabbir;

- O’ta yolg’onchi, firibgar;

- Gerdayib yuruvchi;

- Yomon so’zni oshkora aytuvchilar

 “Alloh yomon gapni oshkor qilishni xush ko’rmaydi.Magar mazlumdan bo’lsa, mayli.Alloh eshituvchi va bilguvchi Zotdir. Niso surasi, 148-oyat

 Ushbu oyatda Alloh suymagan bandalarning yana bir sifati bayon qilingan.U ham bo’lsa,yomon so’zni oshkora aytish.Allohni sevgan itoatkor banda bunday nomaqbul so’zlarni aytmaydi,birovlarni g’iybat qilmaydi,hatto bu kabi so’zlarni hayoliga ham keltirmaydi.

Mulla Ali Qori aytadi:”Agar banda  Allohning hamma narsani eshitib bilib turishini bilganida edi,nafs targ’ib qilgan ko’p so’zlarni aytishdan hayo qilgan bo’lar edi. Hikmatli naqlda aytilganidek,haqni maqtashni odamlarni yomonlashdan ustun bilmagan inson komillik darajasiga yeta olmaydi”.

Mujohid aytadi:Yomon so’zni oshkor qilish-bir odam mehmonga borsa-yu,mezbon uni yaxshi ziyofat qilmasa,u u yerdan chiqib,falonchi meni hurmatimni joyiga qo’ymadi,yaxshi ziyofat qilmadi”,deb gapirishidir.

Bugun Alloh taolodan mol-dunyo so’raydiganlar ko’p. Obro’-martaba so’raydiganlar ham yetarlicha topiladi.Lekin U zotdan O’zini so’raydiganlar afsuski juda oz.Ikki kaftini ochib: Yo Robbim! Men Sening roziligingni so’rayman.Men Sening muhabbatingni so’rayman”deb duo qiladiganlar kam uchraydi.Agar kishi obro’-martaba,xotin,bola-chaqa,bordi-yu hatto butun dunyoning molini so’rasalar ham aslida ular Alloh taoladan hech narsa so’ramabdilar.Dunyo matohlarining barchasi Allohning ishqi oldida arzimas narsadir.Shuning uchun butun vujudimiz bilan Undan tomirimizdan gunoh ildizlarini sug’urib tashlaydigan Ishqini so’raylik!

Xadichai Kubro ayol-qizlar o’rta 

maxsus islom ta’lim muassasasi 

4- kurs talabasi Alimova Odina

Другие новости

Bidʼat xurofotlar
30.01.2024 144
Bidʼat (arabcha yangilik) – anʼanaviy diniy aqidalarga biror yangilik kiritilishini anglatuvchi tushuncha. Qadimda u dinlarning vujudga kelishi va taraqqiyoti jarayonida qoʻshilgan urf-odat va marosimlar, turli oʻzgartirishlar kiritish, dinni isloh etish...
Подробнее
OMMАVIY MАDАNIYATNING MILLIY MENTАLITETIMIZGА TАHDIDI   
29.01.2024 165
#EQKMMA#maqola XXI asrning katta muammolaridan biri «mafkuraviy tazyiq»dir. Uning yoshlarga yetkazayotgan taʼsirlari koʼpgina davlatlar qatori mamlakatimizni ham chetlab oʼtmadi. Fan va texnika taraqqiy etgan ushbu asrda, ayniqsa, axborot texnologiyalari aql...
Подробнее
BOLALAR ORASIDA ADOLAT QILISH
24.01.2024 177
Bolalar orasida adolat qilish ham ota-ona- ning vazifasi va bolalarning haqqidir.Islom adolat dinidir. U doimo barcha narsada, barcha yerda, barcha uchun adolat bo‘lishining tarafdoridir. Ayniqsa, yosh bolalar uchun. Shuning uchun...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry