Bidʼat xurofotlar
Bidʼat (arabcha yangilik) – anʼanaviy diniy aqidalarga biror yangilik kiritilishini anglatuvchi tushuncha. Qadimda u dinlarning vujudga kelishi va taraqqiyoti jarayonida qoʻshilgan urf-odat va marosimlar, turli oʻzgartirishlar kiritish, dinni isloh etish niqobi ostida uni buzishga harakat qilish, dindorlarni chalgʻitish, toʻgʻri yoʻldan adashtirish tarzida tushunilgan.
Hozirgi vaqtda eski urf-odat, rasm-rusum sifatida talqin etiladi. Maʼlumki, islom arab boʻlmagan mamlakatlarga joriy etilganda, mahalliy xalqlarning urf-odatlari, dunyoqarashiga muayyan darajada moslashtirilgan edi. Chunonchi, ajdodlar mozorlarini ziyorat qilish, duoi fotiha oʻqish savob ish sanaladi. Ammo XX asrning soʻnggi choragida avj olgan aqidaparast oqimlar, masalan, vahhobiylik bunday amallarni bidʼat (gunoh) deb hisoblaydi. Ular tasavvuf va tariqatni, umuman, ular nazarida Qurʼon va Sunnatga asoslanmagan har bir narsani bidʼat deb biladi. Biroq diniy ulamolar islomga quvvat beradigan, uning maʼrifiy takomiliga xizmat qiladigan yangiliklarni maʼqullaganlar. Shu asosda “joiz yangilik” va “nojoiz yangilik” tushunchalari kelib chiqqan. Bidʼat tushunchasi diniy fundamentalizmning tayanchlaridan
biridir
Bidʼat (arabcha yangilik) – anʼanaviy diniy aqidalarga biror yangilik kiritilishini anglatuvchi tushuncha. Qadimda u dinlarning vujudga kelishi va taraqqiyoti jarayonida qoʻshilgan urf-odat va marosimlar, turli oʻzgartirishlar kiritish, dinni isloh etish niqobi ostida uni buzishga harakat qilish, dindorlarni chalgʻitish, toʻgʻri yoʻldan adashtirish tarzida tushunilgan.
Hozirgi vaqtda eski urf-odat, rasm-rusum sifatida talqin etiladi. Maʼlumki, islom arab boʻlmagan mamlakatlarga joriy etilganda, mahalliy xalqlarning urf-odatlari, dunyoqarashiga muayyan darajada moslashtirilgan edi. Chunonchi, ajdodlar mozorlarini ziyorat qilish, duoi fotiha oʻqish savob ish sanaladi. Ammo XX asrning soʻnggi choragida avj olgan aqidaparast oqimlar, masalan, vahhobiylik bunday amallarni bidʼat (gunoh) deb hisoblaydi. Ular tasavvuf va tariqatni, umuman, ular nazarida Qurʼon va Sunnatga asoslanmagan har bir narsani bidʼat deb biladi. Biroq diniy ulamolar islomga quvvat beradigan, uning maʼrifiy takomiliga xizmat qiladigan yangiliklarni maʼqullaganlar. Shu asosda “joiz yangilik” va “nojoiz yangilik” tushunchalari kelib chiqqan. Bidʼat tushunchasi diniy fundamentalizmning tayanchlaridan biridir.
Tayyorladi:1 kurs talabasi
Ahmedova M