25.04.2022
495

Karomat haqida nimalarni bilasiz?


“Karomat” so‘zi lug‘atda “izzat-ikrom”, “qadr-qimmat”, “oliyjanoblik” degan ma’nolarni bildiradi.
Istilohda esa “Alloh taolo O‘zi sevgan bandalariga qilgan izzat-ikromi karomat deyiladi”.
Karomat ikki xil boʻladi:
1. Jibilliy- tugʻma, tabiiy karomat;
2. Kasbiy-mehnat bilan erishiladigan karomat.
Birinchi turdagi karomat barcha insonlarga tegishlidir. Isro surasi 70-oyatda shunday marhamat qilinadi:
“Darhaqiqat, (Biz) Odam farzandlarini (aziz va) mukarram qildik va ularni quruqlik va dengizga (ot-ulov va kemalarga) mindirib qoʻydik hamda ularga pok narsalardan rizq berdik va ularni Oʻzimiz yaratgan koʻp jonzotlardan afzal qilib qoʻydik”
Ya’ni odam farzandining boshqa maxluqotlardan afzalligi, barcha narsalar unga bo’ysundirilib qo’yilishi va unga berilgan turli imkoniyatlar, ne’matlar – Alloh taoloning unga bergan karomati – izzat-ikromidandir. 
Ikkinchi turdagi – mehnat orqali erishiladigan karomat esa taqvodor mo‘minlarda hosil bo‘ladi. Oyati karimada keltirilganidek:
 “Albatta sizlarning Alloh nazdida eng hurmatlirog‘ingiz – taqvodorrog‘ingizdir” (Hujurot, 13)
Ya‘ni, taqvodor bandalar Alloh taolo nazdida eng hurmatli bandalardir va bu bandalariga izzat-ikrom ko‘rsatadi , turli karomatlar ila siylaydi. Qur‘oni Karimda hamda bizgacha yetib kelgan xabarlarda bunday karomatlarni yetarlicha uchratishimiz mumkin. Bunga misol qilib Maryam onamiz qissasini keltirishimiz mumkin. Alloh taolo shunday xabar beradi:
“Zakariyyo har safar uning (Maryam onamizning) oldiga- mehrobga kirganida, uning huzurida rizq ko‘rardi. “Ey Maryam, senga bu qayerdan?!” dedi. U: “Bu Allohning huzuridan. Albatta Alloh xohlagan kishisiga behisob rizq berur”,- dedi.” (Oli Imron, 37) 
Mana shunday, Alloh taolo xohlagan bandasini ne‘matlantirib qo’yadi. Yana bu rizq yozda qish ne’matlari, qishda esa yoz ne‘matlari ila bo‘lar edi. Mana shu Bibi Maryamga ko’rsatilgan izzat-ikrom, karomatdir.
Sahobalardan sodir bo‘lgan karomatlarga misol tarzida Hazrati Umar roziyallohu anhuning masjid minbarida xutba qilayotib birdan: “Ey, Soriya, toqqa, toqqa!”, deya qichqirishlari va bu ovozlarini oʻzga yurtda dushmanlar bilan urushayotgan, mag’lubiyatga duchor bo’lay deb turgan Soriyaning eshitib amal qilishi natijasida dushmanlar qurshovidan qutulib qolishlarini keltirishimiz mumkin.
Bundan tashqari yana bir sahoba Xolid ibn Valid roziyallohu anhuning zahar ichishlari, biroq zaharning u zotga mutlaqo ta’sir qilmaganligi ham Alloh Taoloning u kishiga bergan izzat-ikromi, karomatidandir.
Bunga o’xshash voqea Abu Dardo roziyallohu anhu bilan ham sodir bo’lgan.  “Hayotul hayavonil kubro” kitobida keltirilishicha unga bir cho‘risi qirq kun davomida zahar beradi, lekin unga hech ham ta‘sir qilmaydi. Bu holatdan ajablangan cho‘ri buning sababini so‘raganida, u zot yeyish-ichishdan oldin Allohni zikr qilishini, Allohning ismi bilan zikr qiluvchilarga hech narsa zarar bermasligini aytganlar.
Sahobalardan keyin ham ko‘plab avliyolar – Allohning sevimli bandalari o‘tgan bo‘lib, ular haqidagi ma‘lumotlarni Fariduddin Attorning “Tazkiratul avliyo” kitobida uchratishimiz mumkin. Asarda yuzga yaqin o‘tgan avliyolar , ularning qisqacha hayot yo‘llari, karomat va nasihatlari o‘rin olgan.
Sirojiddin O‘shiy rohmatullohi alayhning “Bad‘ul amoliy” asarida avliyolarning karomati haqida quyidagi bayt keltiriladi:
كرامات الولي بدار دنيا   
لها كون فهم أهل النوال   
“Dunyo diyorida valiylarning karomatlari, ularda (karomatlarda) mavjudlik bordir, chunki ular (valiylar) in’om ahlidirlar.”
“ Aqoidun Nasafiy”  asarida esa shunday deyilgan:
“Valiylar karomati haqdir. Uzoq masofani qisqa muddatda bosib oʻtish, muhtoj paytda oziq-ovqat, ichimlik va kiyimlarning paydo boʻlishi, suv ustida yurish, havoda uchish, jonsiz va tilsiz narsalarning gapirishi va bulardan boshqa narsalarni (Alloh taolo) valiyga gʻayrioddiy yoʻlga koʻra paydo qiladi. Ummatlaridan biriga karomat sifatida paydo boʻlgan ushbu narsalar paygʻambarga moʻjiza boʻladi. Chunki oʻsha karomat sababli uning valiy ekani zohir boʻladi. Valiy faqat va faqat oʻz diyonatida haqiqiy boʻlishi bilan valiy boʻla oladi. Uning diyonati esa paygʻambarining paygʻambar ekaniga iqror boʻlishidir”
Ahli sunna val-jamoa e’tiqodiga ko’ra, karomatlar avliyolar uchun haqdir, ularning bo’lishi mumkin va joizdir. Biz ham bunga iymon keltirishiz lozimdir. Ularni inkor qilish – agar u Kitob bilan sobit bo’lsa kufrdir. Shunday ekan biz bunday hodisalar bo’lishi mumkinligiga ishonishimiz , ularni inkor etmasligimiz lozim. Zero bu haqida shubha qilish – Allohning qudratiga shubha qilishdir.

                                                            Xadichai Kubro ayol-qizlar o’rta
maxsus islom ta’lim muassasasi 
3-kurs talabasi Saydillayeva Jannatxon
 

Другие новости

Bidʼat xurofotlar
30.01.2024 144
Bidʼat (arabcha yangilik) – anʼanaviy diniy aqidalarga biror yangilik kiritilishini anglatuvchi tushuncha. Qadimda u dinlarning vujudga kelishi va taraqqiyoti jarayonida qoʻshilgan urf-odat va marosimlar, turli oʻzgartirishlar kiritish, dinni isloh etish...
Подробнее
OMMАVIY MАDАNIYATNING MILLIY MENTАLITETIMIZGА TАHDIDI   
29.01.2024 165
#EQKMMA#maqola XXI asrning katta muammolaridan biri «mafkuraviy tazyiq»dir. Uning yoshlarga yetkazayotgan taʼsirlari koʼpgina davlatlar qatori mamlakatimizni ham chetlab oʼtmadi. Fan va texnika taraqqiy etgan ushbu asrda, ayniqsa, axborot texnologiyalari aql...
Подробнее
BOLALAR ORASIDA ADOLAT QILISH
24.01.2024 177
Bolalar orasida adolat qilish ham ota-ona- ning vazifasi va bolalarning haqqidir.Islom adolat dinidir. U doimo barcha narsada, barcha yerda, barcha uchun adolat bo‘lishining tarafdoridir. Ayniqsa, yosh bolalar uchun. Shuning uchun...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry