29.04.2022
279

Namozni tibbiyot jihatdan foydalari

 

 

Bugun insoniyat yashayotgan davr g'ala-g'ovur, shovqin-suron, kutilmagn voqealar-u taajjublarga, vahimalar-u tashvishlarga to'la bir zamon bo'lib qoldi. Oyga qadam bosib, sun'iy yo'ldoshlar uchirayotgan bo'lishiga qaramasdan, zamonamiz insoni hali o'zini yaxshi anglab yetgan emas. Texnika va sanoat jihatidan taraqqiy etgan jamiyatlarning huzur va saodat darajasi kun sayin pasayib bormoqda. Xilma-xil ko'ngilxushlik turlari, kino, video, diskoteka, o'yinlar, mashinalar... Bularning barchasi kishilarni ovutishga yetmayapti. Natijada ruhiy kasalliklar, ichkilikbozlik, giyohvandlik, fohishabozlik, behayolik, bachchabozlik (gomoseksualizm) o'zini-o'zi o'ldirish, oila buzilishi kabi ko'plab falokatlar avj olib, yoshlar yo'ldan chiqishi, ayniqsa g'arb dunyosini qattiq havotirga solmoqda. Bunday jamiyatlarning ancha og'ir kasalliklarga duch kelganligini hech kim inkor etmayapti.

Buning chorasi nima? Qanday hal etish mumkin bu muammoni?

G’arb chorani ruhiy kasalliklar shifoxonasi ochtirish yoki ularni yanada zamonaviylashtirishdan izlayapti. Bu bilan ushbu muammoning yoyilishini to'xtatish uchun keraklicha chora-tadbir ko'rildi, deb bo'lmaydi. So'nggi yillarda meditatsiya kabi usul bu ruhiy cho'kishga qarshi chora sifatida ilgari surila boshladi. Kishi kunda bir soatni shu ishga ajratib, ularga amal qilsa, kundalik tashvishlar og'irligi kamroq his qilinar va insonlar ruhiyati yanada jonlanar emish.

Psixologlar har kuni bir soat sokinlashtiruvchi biror ish bilan shug'ullanishni tavsiya qilar ekanlar, ayollarga quyidagilarni buyuradilar:

Amerikalik psixologlarga ko'ra, kunda bir soat to'qish bilan shug'ullanish asabiy taranglikka, g'am-qayg'ularga qarshi juda foydali darmon va tabiiy davolash usuli emish.

Erkaklarni va to'qishni bilmaydigan ayollarni hisobga olmasdan qilingan bu tavsiyaga javoban bizning taklifimiz tamoman boshqacha.

Ruhiy siqilishlarga, iztiroblarga qarshi bizning taklifimiz - namoz o'qish, besh vaqt Allohga yo'nalib, huzurida hozir bo'lib, cheksiz rahmatiga sig'inish.

Kundalik tashvish va behuzurliklarni unutib, namozga turishni, kundalik hayotiy tashvishlarni orqaga tashlab zamonlar va makonlar egasiga yo'nalish, deb ham tushunish mumkin.

Insonlarning asabiy va tashvishli bo'lgan paytlarida hordiq chiqarish maqsadida bo'sh o'tirishlari miyaning tashvish va qayg'uga sabab bo'lgan narsani o'ylashiga to'sqinlik qila olmaydi. Ya'ni ruhiy charchoqni bu yo'l bilan chiqarish mumkin emas. Vaholanki, namoz o'qiyotganda inson dunyo mashg'ulotlaridan uzoqlashadi. Butunlay boshqa olamlarga cho'madi. Alloh huzurida turib, uni boqiy oxirat olamida abadiy saodat kutayotganini o'ylaydi.

Kishi birinchidan namozda ana shunday ruhiy zavq olar ekan, ikkinchidan o'zining benihoyat darajada mehribon homiysi qarshisida ruku' qilib, cheksiz qudratga tasanno aytgan holatda sajda qiladi. Ibodatning betakror tarovatli iqlimida huzur va xot`irjamlikka erishadi.

Agar bizga birortasi: "Senga har kuni 24 ta oltin beraman, faqat bitta shartim bor. Sen har kuni bitta oltinni mening yo'limda sarflaysan" desa, bunday taklifni jon deb qabul qilamiz. Robbimiz ham bizga har kuni 24 soatlik umr sarmoyasini ehson qiladi va evaziga uning hech bo'lmaganda bir soatini ibodatga ajratib, namoz o'qishimizni buyuradi.

Namozning sog'liq uchun, Alloh va'da qilganidek, umrni uzaytirish uchun nihoyatda katta foydasi bor. Jumladan:

Birinchidan, kishi namoz o'qishga niyat qilib, tayyorgarlik ko'rishining o'zidayoq bosh miyadagi barcha bosh miya markazlari, boshqa hamma murakkab o'ylar, yaxshi va yomon g'am-tashvishlardan (agarda u kishi chin qalbidan, iymoni mustahkam holda, namozga astoydil berilib o'qisagina) butunlay forig' bo'ladi. Ruhan juda engil tortadi. Bunday hollarni uning o'zi ham bilmaydi, chunki bunga hech kim ahamiyat bermaydi.

Ikkinchidan, qon tomirlar harakati kuchayib, teri, mushaklar va ichki organlardagi, zahirada yotgan vena kapillyar tomirlaridagi qonlar umumiy qon tomirlariga tushib, arterial qonga aylanadi.

Uchinchidan, avvalo bosh miya, buyrak, jigar, o'pka, yurak kabi a'zolar va ichki sekretsiya bezlarining kislorod va boshqa kerakli ozuqa moddalari bilan ta'minlanishi yaxshilanadi.

To'rtinchidan, miya po'stlog'i va bosh miyadagi po'stloq osti markazlarining, buyrak, o'pka va boshqa a'zolar hamda tizimlarning faoliyati yaxshilanadi.

Beshinchidan, organizmdagi barcha modda almashinuv jarayonlari, jumladan oksidalnish-qaytarilish jarayonlari kuchayib, badanda ayrim joylarga to'planib qolgan keraksiz chiqindi zararli moddalar, sut kislotasi yo'qola borib kishi og'riqlardan, bo'shashishliklardan forig' bo'ladi, badandagi ortiqcha suvlar, shishlar, keraksiz, zararli tuzlar yo'qoladi. Kishi o'zini bardam sezadi.

Oltinchidan, organizmdagi limfatik sistemaning va immunalogik tizimning ishi yaxshilanadi, tashqi salbiy taassurotlarga himoya reaktsiyasi kuchayadi, organizmning umumiy quvvati oshadi, infektsion yuqumli va boshqa kasalliklarga chalinishi keskin kamayadi.

Ettinchidan, natijada odamning psixik ruhiy (psixoz) va nevroz holatlari yo'qolib, umumiy holati va salomatligi yanada yaxshilanadi.

Sakkizinchidan, namoz vaqtlari organizmda qon aylanishi va nafas olishni jonlantirish uchun eng qulay va maqbul paytlardir.

To’qqizinchidan, namoz uyquni tartibga solishning eng mukammal nizomidir. 

Demak, xulosa o’rnida shuni aytish kerakki, islom dini salomatlikka eng yuksak ahamiyat bergan dindir. Shu bois bo’lsa kerak, dinimiz ibodatlarning eng ustuni bo’lmish namozni umrimizning so’ngiga qadar o’qishimizni buyurgan. Namoz o’qigan odam bu go’zal ibodatning salomatlikka oid manfaatlariga ham albatta erishadi. 

 

Xadichai Kubro ayol-qizlar o’rta maxsus 

islom ta’lim muassasasi 4-kurs talabasi

 Turanazarova Muhayyo

 

 

 

Другие новости

Sajdai sahvga bog‘liq bo‘lgan masalalar
11.01.2024 172
#Sahv sajdasi🔸Imomning adashishi bilan imomga ham, muqtadiyga ham sahv sajdasi vojib bo‘ladi. Agar imomga ergashgan muqtadiy adashsa, sajda vojib emas.🔸Muqtadiy namozga kechikib kelgan bo‘lsa, imom salom bergandan keyin qolgan rakatni...
Подробнее
Sahv sajdasini vojib qiladigan sabablar
09.01.2024 199
🔹Agar farz namozining avvalgi ikki rakatida yoki ikki rakatning birida adashib "Fotiha" surasini o‘qimasa🔹Shuningdek, nafl va vitr namozlarining biror bir rakatida adashib "Fotiha" surasini o‘qimasa🔹Farz namozining avvalgi ikki rakatida qiroat...
Подробнее
IMOM ABU HANIFANING FAQIH SIFATIDA SHAKLLANISHIDA KUFA FIQHIY MAKTABINING O’RNI
01.06.2023 374
Annotatsiya: Ushbu maqolada Hanafiylik mazhabi asoschisi Abu Hanifa rohimatullohi alayhining hayotlari, ilk ilmiy faoiliyatlari va mazkur faoliyatlarida sahobalar asos solgan Kufa fiqh maktabining o’rni va ahamiyati, sahobalar orasidan Abu Hanifa...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry