"Omin" ni jahriy aytish joizmi?
Bismillahir Rohmanir Rohim
Alloh subhanahu va taolo Qur’oni karimda:
“ Ey iymon keltirganlar! Yoppasiga tinchlik ishiga kirishingiz va shaytonning izidan ergashmangiz! Albatta, u sizlarga aniq dushmandir”,- deb marhamat qiladi. (Baqara surasi 208 oyat)
Islom dini azaldan tinchlik dini hisoblanib kelgan. Zotan islom dini insoniyat uchun tinchlik va omonlik kafolatidir. “ Islom”, “As-salom”, “silm”, so’zlaridan olingan bo’lib , tinchlik va hotirjamlikni ifodalaydi.
Afsuski, bugungi kunda Allohning bergan bu buyuk ne’matini hamma ham qadriga yetmayotgani achinarli. Turli fitnalar, ortiqcha g’uluvga ketishlikning oqibatida dunyoning turli mintaqalarida tinchlik atamasi o’z ma’nosini yo’qotmoqda.
Dinda o’ta loqaydlik qilish yoki haddan tashqari g’uluvga ketish ko’plab fitnalarga sabab bo’lmoqda. Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan kelgan hadisi sharifda: “ Dinda ortiqcha g’uluvga borishdan ehtiyot bo’linglar. Chunki G’uluvga borish sizlardan o’tganlarni halok etib, xaromni halol qilishga olib keldi”,- deganlar.
Mazhab so’zi arab lug’atlarida” boradigan makon va zamon” kabi ma’nolarni ifodalaydi. Muftiy Muhammad Said al Mujadadiy o’zining “ At tarifatul- fiqhiyya” asarida “ Mazhab dindir” bayonli sharh qoldirganlar. Ammo bugungi kunda mazhabni to’g’ri yo’l deb ergashayotganlar bilan birga mazhabni xato, mazhabboshilarni esa adashganlikda ayblashmoqda. Ularning iddaolari go’yoki mazhab oyat va hadislardan yiroqmish. Bugungi kunda ko’plab tortishuv va fitnaga sabab bo’lgan yana bir savol “Omin”ni jahriy aytish mavzusidir. Bu haqida turli hil fikr, mulohazalar mavjud bo’lib, jumhur ulamolar bergan raddiyalarga to’xtalib o’tamiz.
- Hadislardan ma’lumki namozda “omin”ni maxfiy qilish haqidagi hadis quvvatlidir. Chunki “Omin” duo bo’lib, duoning asli mahfiydir
- Alloh taolo marhamat qiladi:’’ Robbinigzga tazarru qilgan va mahfiy holda duo qiling”(A’rof surasi 55) deb marhamat qilgan.
- Rosulullohn sollallohu alayhi vasallam:” Ichida qilingan duo tashida qilingandan duoning yetmishtasiga teng keladi”, dedilar
- Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning taavvuzni jahriy aytganlari sobit bo’lmagan.
- “Omin” lafzi Qur’oni Karimda yo’qligi. Uni Fotiha bilan undan keying sura orasida jahriy aytish qiyosga hilofdir.
“Omin”ni maxfiy qilish haqida keltirilgan dalillarni sanasak adog’iga yetolmaymiz. Lekin mujtahid imomlarimiz keltirgan dalil va hukmlarga tayangan holda hamda mazhabboshimiz keltirgan hukmlar “Omin”ni maxfiy aytishlikni maqbul sanaydi.
Xadichai Kubro ayol-qizlar o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi 1-kurs talabasi Hamidullayeva Rumayso