Qur'on tilovati va uni yodlashning ba'zi fazilatlari
Alloh azza va jalla aytadi:
Albatta Allohning Kitobini tilovat qiladigan, namozni toʻkis ado etadigan va Biz ularga rizq qilib bergan narsalardan maxfiy va oshkora infoq-ehson qiladigan zotlar hargiz kasod boʻlmaydigan oldi-sotdidan (yaʼni ulardan yaxshi amal va infoq-ehson Allohdan ajru-mukofot boʻlishidan) umidvordirlar, zero (Alloh) ularning ajrlarini komil qilib berur va Oʻz fazlu-karamidan ularga yana ziyoda (mukofotlar) ham berur. Albatta U magʻfiratli va oʻta shukr qilguvchidir (yaʼni ozgina yaxshi amal uchun koʻp mukofot ato qilguvchidir). Fotir surasi 29-30-oyatlar
Bizga Usmon ibn Affon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Sizlarning yaxshilaringiz Qur'onni o'rganganlaringiz va uni o'rgatganlaringiz", dedilar. Imom Buxoriy, Abu Dovud, Termiziy va ibn Moja rivoyat qilganlar.
Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Qur'on o'qigan va unda mohir bo'lgan kishi hurmatlangan farishtalar bilan birgadir. Qur'on o'qigan va uning tilovatida qiynalgan va unda mashaqqat chekuvchi kishiga 2 ta hasana bordir", dedilar. Imom Buxoriy rivoyat qilgan.
Abu Muso Ash'ariy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Qur'on o'quvchi mo'minning misoli "utrujja" kabidir. Uning hidi ham yoqimli, mazasi ham shirin. Qur'on o'qimaydigan mo‘minning misoli "xurmo" kabidir. Uning hidi yo'q, mazasi shirin. Qur'on o'qiydigan munofiqning misoli "rayxon" kabidir. Uning hidi yoqimli, mazasi esa acchiq. Qur'on o'qimaydigan munofiqning misoli "achchiq qovun" kabidir. Uning hidi yo'q, mazasi esa achchiq", dedilar. Imom Buxoriy, Muslim, Termiziy, Abu Dovud va Nasaiy rivoyat qilganlar.
Umar ibn Xattob roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi vasallam: Albatta Alloh taolo bu Kalom bilan qavmlarni martabalarini ko'taradi va u bilan boshqalarni xor qiladi", dedilar. Muslim rivoyat qilgan.
Abu Umoma Bahiliydan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Qur'onni o'qinglar, Chunki u o'z sohibiga qiyomat kunida shafoatchi bo'lib keladi", deyayotganlarini eshitdim. Muslim rivoyat qilgan.
Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi vasallam: " Ikki narsada hasad yo'q: Alloh unga Qur'onni bergan va u u bilan (Qur'on bilan) kechasi va kunduzi qoim bo'luvchiga. Alloh unga boylik bergan va u u bilan tun-u kun ehson qilguvchiga", dedilar. Imom Buxoriy rivoyati qilganlar.
Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi vasallam: " Ikki narsada hasad yo'q: Alloh unga Qur'onni bergan va u bilan (Qur'on bilan) kechasi va kunduzi qoim bo'luvchiga. Alloh unga boylik bergan va u bilan tun-u kun ehson qilguvchiga", dedilar. Imom Buxoriy rivoyat qilgan.
Boshqa rivoyatdagi yana 1 lafzda: Abdulloh ibn Mas'ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Ikki narsada hasad yo'q. Alloh unga boylik bergan va uni haq ila sarflaguvchiga va Alloh unga hikmat bergan va u u bilan hukm chiqargan va uni o'rgatgan kishiga", dedilar. Imom Buxoriy, Muslim va Ahmad rivoyat qilganlar.
Abdulloh ibn Mas'ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Kim Allohning kitobidan 1 harf o'qisa, unga 1 hasana. Va u hasana 10 barovarga ko'payadi. Men الم ni 1 harf demayman. Lekin Alif - 1 harf, Lam - 1 harf, Mim - 1 harfdir", dedilar. Imom Termiziy rivoyat qilgan.
Abu Sa'd al-Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi va sallam: Alloh subhana va taolo: Kimniki Qur'on mening zikrimdan va ( hojatlarini) so‘rashlikdan to'ssa, Men unga so'rovchilarga berganimdan afzalini beraman. Alloh subhana va taoloning kalomi boshqa kalimalardan afzaldir. Alloh taolo boshqa maxluqotlardan afzal bo‘lgani kabi", dedi, dedilar. Termiziy rivoyat qilgan. G‘arib hasan hadis.
Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sallolohu alayhi va sallam: Ichida ( qalbida ) Qur‘ondan biror narsa bo‘lmagan kishi haroba uy kabidir", dedilar. Termiziy rivoyat qilgan.
Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi va sallam: "Qur'on sohibiga o'qi va ko'taril va dunyoda tartil qilganing kabi tartil qil. Albatta sening manziling oxirgi o'qigan oyatingdadir", deyiladi, dedilar.
Abu Dovud, Termiziy va Nasaiy rivoyat qilganlar.
Suhayl ibn Muoz roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi va sallam: Qur'onni o'qinglar. Chunki Alloh taolo Qur'ondan xabari bor qalbni jazolamaydi. Albatta bu Qur'on Allohning ziyofatidir. Kim unga kirsa, bas, u omondir. Kim Qur'onni yaxshi ko'rsa unga xushxabar bo'lsin!", dedilar.
Abdulloh al - Hamadoniy aytganlar: Sufyon Savriydan ga'zot qilguvchi siz uchun mahbubroqmi yoki Qur'on o'qiydiganmi?, deb so'radim. "Qur'on o'quvchi, chunki Nabiy sollallohu alayhi va sallam: " Sizlarning yaxshilaringiz - Qur'onni o'rganib, uni o'rgatganlaringizdir", deganlar, dedilar. Imom Buxoriy, Abu Dovud, Termiziy va Ibn Moja rivoyat qilganlar.
Imom Abu Zakariyyo Yahyo ibn Sharof an-Navaviyning
التبيان في آداب حملة القرآن
Kitobi tarjimasi. 1- Bob.
Tarjima qildi 3-A Kurs talabasi Vahobova Madina.