13.05.2022
376

KISHILARNING HOLATIGA KO`RA NIKOHNING TURLARI

Barchaga ma`lumki, islom insonlarni halol nikoh bilan yashashga targ`ib qiladi.  Nikoh masalasi o‘ta nozik masala bo‘lib, Qur`oni karimda faqir-fuqaro bo‘lish, kambag‘allik va boshqa sabablar nikohdan qochishga sabab bo‘lmasligiga ham alohida ishora kelmoqda. Binobarin, bundan ba’zi kishilar «qo‘li kaltalik»ni bahona qilib, nikohni ortga surishlari musulmonchilik odoblariga to‘g‘ri kelmasligi tushuniladi.

    Islom bag`rikenglik, muruvvat dini bo`lgani uchun musulmonlar oilasiz yurgan erkak va ayollarga nikohli bo‘lishni targ‘ib qiladilar. Shu bois ular o‘g‘il-qizlarini, yaqin kishilarini uylab-joylab qo‘yish uchun butun imkoniyatlarini ishga soladilar, nikoh ishida qiynalib qolgan din qardoshlariga hamisha yordamlarini ayamaydilar.

      Alloh taolo yana:

                  ولقد أرسلنا رسلا من قبلك وجعلنا لهم أزواجا و ذرية

   «Va batahqiq, sendan oldin ham Rasullar yuborganmiz va ularga jufti halollar va zurriyotlar berganmiz»[1], degan.

    Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga xitob qilinayotgan ushbu oyatda Alloh taolo oilali bo‘lish, uylanish va zurriyotli bo‘lish barcha Payg‘ambar alayhissalomlarning sunnatlari ekanligi bayon etilmoqda. Ma’lumki, Payg‘ambar alayhissalomlar Alloh taoloning eng suyukli, tanlab olgan, boshqalarga o‘rnak qilib ko‘rsatgan bandalaridir. Ular insoniyat tarixi davomida ilohiy qonun-qoidalar asosida yashashni kishilarga o‘rgatib kelgan shaxslardir. Ana o‘shandoq oliymaqom zotlarning hammalari oilali va zurriyotli bo‘lishlari bejiz emas. Bu barcha insonlar oilali bo‘lib, zurriyot qoldirishga urinishlari kerak ekanligini ko‘rsatadi. Bu oyatda ham nikohga qattiq targ‘ib borligi ko‘rinib turibdi. 

"قال رسول الله صلى الله عليه وسلم: يا معشر الشباب،من استطع منكم الباءة فليتزوح،فإنه أغض للبصر وأحصن للفرج،و من لم يستطع فعليه بالصوم،فإنه له وجاء"

      Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: 

     «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Ey yoshlar jamoasi, sizdan kim nikohga qodir bo‘lsa, uylansin. Albatta, u ko‘zni to‘suvchi va farjni saqlovchidir. Kim qodir bo‘lmasa, ro‘zani lozim tutsin, bu uning uchun bichilishdir», deganlarini eshitdim»[2].

Nikohda bo’lish Qur’oni Karim, sunnati nabaviya va Islom ummatining ijmosi orqali kirgan: 

  1. Alloh taolo Qur’oni Karimda mo’min – musulmonlarni nikohda bo’lishga, uylanishga, oila qurishga amr etgan. 

“وأنكحوا الأيمى منكم والصالحين من عبادكم وإماءكم إن يكونوا فقرآء يغنيهم الله من فضله والله واسع عليم

“Oralaringizdagi nikohsizlarni va qulu cho’rilaringizdan solixlarini nikohlab qo’ying. Agar faqir bo’lsalar,Alloh ularni O’z fazlidan boy qilur. Alloh qamrovi keng,biluvchi Zotdir” .[3]

2.Payg’ambar sollallohu alayhi va sallam o’zlarining ko’plab hadisi shariflarida nikohga targ’ib qilganlar. 

قال رسول الله صلى الله عليه وسلم: أربع من سنن المرسلين: الحياء، والتعطر، والسواك، والنكاح

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 4ta narsa Rasullarning sunnatlaridandir:hayo,xushbo’y sepish,misvok va nikoh,dedilar[4]

3. Islom ummati, jumhuri ulamolar nikoh zarur ekaniga doimo ittifoq qilib kelishgan.

Lekin turli kishilarning holatiga qarab nikohda bo’lishlarining hukmi ham turlicha bo`ladi. 

1. Vojib – farz. 

Agar bir inson nikohli bo’lmay zinoga borishiga ishonib yetsa va nikohga ketadigan sarf – xarajatga ega bo’lgach, nikohdagi sherigiga  zulm qilmasdan haqqini ado etishiga ishonsa, undoq odamga nikoh farz – vojib bo’ladi. Chunki musulmon kishi o’z iffatini saqlashi, harom ishdan tiyilishi matlubdir. Islom shariatida vojib narsani ado etish uchun kerak bo’lgan narsani qilish ham vojibdir, degan qoida bor. O’sha qoidaga shu yerda amal qilinadi. Kishi o’z iffatini saqlashi, harom ishga bormasligi vojib. O’sha vojibni qilish uchun nikoh – uylanish lozim. Demak, u odam uchun uylanish – oila qurish vojib bo’ladi.

  1. Harom.

      Agar bir inson nikohlanib, o’zining nikohidagi sherigiga zulm qilishi va zarar yetkazishiga ishonib yetsa, undoq odam uchun oila qurish harom bo’ladi. Bu holatda Islom shariatining haromga olib boruvchi narsa ham haromdir degan qoidasi ishiga tushadi. Birovga zulm qilish, zarar yetkazish harom. Bugungi davrda ekologik muammolar bilan birgalikda turli yuqumli kasalliklar ham noto`g`ri yashash tarzidan, noto`g`ri jinsiy hayotdan kelib chiqmoqda. O’sha zulm va zarardan iborat harom ish nikoh tufayli bo’lishi aniq bo’lgani uchun unga olib boradigan yo’l – nikoh ham harom bo’ladi. 

3. Makruh.

Agar bir inson nikohlansa, o’zining nikohidagi sherigi - jufti haloliga nisbatan zulm va zarar kelishidan qo’rqsa, ammo to’liq ishonmasa, undoq odam uchun nikoh makruhdir. 

4. Sunnati muakkada.

Mo’tadil inson uchun, zinodan qo’rqmaydigan, oila qursa jufti haloliga zulm qilishda, zarar yetkazishdan ham qo’rqmaydigan kishi uchun oila qurish sunnati muakkadadir.  Kishilar orasida ommaviy uchraydigan ushbu holat va uning hukmi oyat va hadislarning ko’plarida bayon etilgan holatdir. Nikohning, oilali bo’lishning sunnati muakkada ekanligiga Payg’ambarimiz sollallohu alayhi va sallamning uylanganlari va nikohda bardavom bo’lganlari, sahobai kiromlar va keyingi avlodlarning uni mahkam ushlaganlari dalildir. Hanafiylar bu sunnati muakkada vojibga teng, deydilar. Kim bu ishni qilmasa, tarki sunnat qilgan hisoblanadi. 

5. Muboh. 

      Uylanishga rag’bat qildiruvchi narsalar ham, undan man qiluvchi narsalar ham bo’lmagan holda nikoh muboh bo’ladi. Ushbu zikr qilingan narsalardan keyin nikoh– oila qurish dinimiz targ’ib qilgan ibodat ekanligini bilib oldik. Er ham, ayol ham, har bir musulmon oila qurishdek mas’uliyatli ishga o’zini urishi bor. Ana o’sha ishga kirishishdan oldin u oila nima, u nima uchun quriladi, qaysi asosda quriladi, yaxshi bilib olishi kerak.

Islomda kishilar nikohda bo’lgan holda hayot  kechirishlari afzal sanalishi lozim. Allohning amri vojibdir. Bu dunyoda insonlar oila qurib, nikohda bo’lib yashasinlar. Jinsiy mayllarini pok yo’l bilan qondirsinlar. Musulmonlar mana shu ilohiy ko’rsatmaga hamisha qat’iy amal qilganlar. 

Xadichai Kubro ayol- qizlar o`rta

                                                                             maxsus islom ta`lim muassasasi

3-kurs talabasi Sobirova Gulzoda


 

[1] Ra’d surasi 38-oyat Shayx Muxammad Sodiq Muxammad Yusuf. Tafsiri Hilol. Toshkent: «Xilol Nashr» nashriyot- matbaasi, 2005.

[2] Muslim ibn al-Xajjoj al-Qurayshiy. “Saxixul Muslim”. Dorul kutubil ilmiyya. Bayrut,Livan. 1987.

[3] Nur surasi 32-oyat. Shayx Muxammad Sodiq Muxammad Yusuf. Tafsiri Hilol. Toshkent: «Xilol Nashr» nashriyot- matbaasi, 2005.

[4] Muslim ibn al-Xajjoj al-Qurayshiy. “Saxixul Muslim”. Dorul kutubil ilmiyya. Bayrut,Livan. 1987

Другие новости

KONSTITUTSIYA – MAMLAKATIMIZDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN DEMOKRATIK YANGILANISHLAR POYDEVORI.
08.12.2023 170
Mustaqil O'zbekiston Konstitutsiyasining qabul qilinishi ayni milliy qadriyatlarimizni, adolatli fuqarolik jamiyati, demokratik huquqiy davlat qurish, bozor munosabatlariga o'tish yo'llarini belgilab berdi.O'zbekiston Konstitutsiyasi huquqiy tizimimizning tayanch poydevoridir. Uning barcha qonunlarimiz uchun...
Подробнее
Jaholatga qarshi ma’rifat
19.11.2023 286
Bugungi kunda muqaddas islom dinimizning insonparvarlik g‘oyalarini targ‘ib etish, “Jaholatga qarshi – ma’rifat” tamoyili asosida unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni sog‘lom e’tiqod ruhida tarbiyalash yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.Diniy bag‘rikenglik va millatlararo...
Подробнее
Bag'rikenglik millat tayanchi
08.11.2023 276
O'zbekiston zaminida qadim zamondan islom dini bilan boshqa dinlar yonma-yon yashab, rivojlanib va bu jamiyatning ma'naviy yuksalishiga muayyan hissa qo'shdi.Hozirgi kunga kelib, respublikamizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry