14.05.2022
698

Qanday hayvonlar go'shti halol?

 

Islom shariatida nimalar halol va harom ekanligi Qur’oni Karim oyatlarida ochiq oydin kelgan. Shu qatorda go’shtlardan qaysilari halol va harom ekanligi ham sanab o’tilgan. “Halol”- arabcha so’z bo’lib “joiz” degani. Iste’moli halol bo’lishi uchun hayvonlar so’yish vaqtida tirik, sog’lom bo’lishi va shariatga mos so’yilishi kerak. 

Alloh taolo Moida surasi 3-oyatida shunday deydi:

 حُرِّمَتْ عَلَيْكُمُ الْمَيْتَةُ وَالْدَّمُ وَلَحْمُ الْخِنْزِيرِ وَمَا أُهِلَّ لِغَيْرِ اللّهِ بِهِ وَالْمُنْخَنِقَةُ وَالْمَوْقُوذَةُ وَالْمُتَرَدِّيَةُ وَالنَّطِيحَةُ وَمَا أَكَلَ السَّبُعُ إِلاَّ مَا ذَكَّيْتُمْ وَمَا ذُبِحَ عَلَى النُّصُبِ وَأَن تَسْتَقْسِمُواْ بِالأَزْلاَمِ ذَلِكُمْ فِسْقٌ الْيَوْمَ يَئِسَ الَّذِينَ كَفَرُواْ مِن دِينِكُمْ فَلاَ تَخْشَوْهُمْ وَاخْشَوْنِ الْيَوْمَ أَكْمَلْتُ لَكُمْ دِينَكُمْ وَأَتْمَمْتُ عَلَيْكُمْ نِعْمَتِي وَرَضِيتُ لَكُمُ الإِسْلاَمَ دِينًا فَمَنِ اضْطُرَّ فِي مَخْمَصَةٍ غَيْرَ مُتَجَانِفٍ لِّإِثْمٍ فَإِنَّ اللّهَ غَفُورٌ رَّحِيمٌ

"Sizlarga oʻlimtik, qon, choʻchqa goʻshti, Allohdan boshqaning nomi ila soʻyilgan, boʻgʻilib oʻlgan, urib oʻldirilgan, yiqilib oʻlgan, suzib oʻldirilgan, yirtqich yegan hayvonlar harom qilindi. Magar, (oʻlmay turib) soʻyib olsangiz (halol). Va butlarga soʻyilgan hayvonlar ham, choʻplar ila fol ochishingiz ham harom qilindi. Bunday qilmogʻingiz fosiqlikdir. Bugungi kunda kufr keltirganlar diningizga zarar yetkazishdan umid uzdilar. Ulardan qoʻrqmanglar, Mendan qoʻrqinglar. Bugungi kunda Men sizning diningizni mukammal qilib berdim. Sizga neʼmatimni batamom qildim. Va sizga Islomni din deb, rozi boʻldim. Kimki gunohga moyil boʻlmagan holida ochlikda muztar boʻlsa, albatta, Alloh magʻfiratli va rahmli Zotdir. "

Bu oyatda musulmonlarga iste’moli ma’n etilganlar ro’yxati zikr etilgan:

-O’limtik;

-Qon;

-To‘ng‘iz (cho‘chqa) go‘shti;

-Allohdan boshqaning nomini atab so‘yilgan hayvonlarning go‘shtini;

-Bo’g’ilib o’lgan;

-Urib o’ldirilgan;

-Yiqilib o’lgan;

-Suzib o’ldirilgan;

-Yirtqich hayvon yegan hayvon;

-Butlarga so’yilgan.

Shuningdek, musulmonlarga halol hayvonlarning qonini, jinsiy a'zolarini, bezlarini, o‘t pufagini va o‘limtiklarni yeyishi mumkin emas.

  Keling endi iste'mol qilish qat'iyan taqiqlangan jayvonlarning go’shtlarni sanab o’tsak:

-Hasharotlarning barchasi- burga, bit, chumoli, pashsha, oʻrgimchak, ari, chayon, tarakan, va shu ka’bilarni iste’mol qilish harom qilingan.

-Yirtqich hayvonlardan harom qilinganlar : gepard, suvsar, leopard, ayiq, dengiz cho'chqasi, choʻchqa, shoqol, toshbaqa va shu ka’bilar;

-O'tkir tirnoqli qushlardan harom qilinganlar: lochin, kalxat, burgut va shu ka’bilar haromdir.

Shariat qoidasiga ko’ra barcha hashorotlar, barcha qoziq tishli hayvonlar va barcha tirnoqlari va tunshuqlari bilan ov qiluvchi qushlar harom qilingan. Bundan tashqari ham suvda, ham quruqlikda yashaydigan hayvonlar ham harom qilingan. 

Bu hayvonlarni iste’moli nojoiz ekanligiga quyidagi hadislar dalil bo’ladi:

Abu Salaba roziyallohu anhudan rivoyat qilanadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xonaki eshak go‘shtini xarom qildilar.”

Sad ibn abu Vaqqos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kaltakesakni o'ldirishga buyurdilar va uni fosiqcha deb atadilar". 

Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollalohu alayhi vassallam har bir yirtqich qoziq tishli hayvonlarni va har bir o’tkir tirnoqli qushlarni yeyishni man qilganlar.” Shu hadisdan bilib olsak boladiki, panjali qushlar (masalan, boyqush, burgut, kalxat va boshqalar) va  taqiqlanadi.

Keling endi qanday hayvonlar go’shti halol ekanini bilib olsak. 

-Uy hayvonlaridan: mol, tuya, qo‘y, echki, ot go‘shti va shunga o’xshashlar halol;

-Suv hayvonlaridan: baliq va shunga o’xshashlar halol;

-Hasharotlardan:  faqatgina chigirtka;

 -Parrandalardan: tovuq, o’rdak , g’oz,  xo’roz, bedana go’shtlari va shunga o’xshashlar  halol xisoblanadi.  

Alloh taolo Moida surasi 96-oyatida shunday deydi: 

 أُحِلَّ لَكُمْ صَيْدُ الْبَحْرِ وَطَعَامُهُ مَتَاعًا لَّكُمْ وَلِلسَّيَّارَةِ وَحُرِّمَ عَلَيْكُمْ صَيْدُ الْبَرِّ مَا دُمْتُمْ حُرُمًا وَاتَّقُواْ اللّهَ الَّذِيَ إِلَيْهِ تُحْشَرُونَ (96)

“Dengiz ovi va uning taomi sizga va sayr qiluvchilarga halol qilindi. Modomiki, ehromda ekansiz, sizga quruqlik ovi harom qilindi. Huzurida to’planadiganingiz Allohga taqvo qiling.”

Islom fiqhida xachir go'shti taqiqlangan, ammo hanafiy mazhabida ot go'shtiga ruxsat berilgan.

  Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilanadi: “Rasululloh (s.a.v) Haybar kuni uy eshagi go’shtini yeyishlikdan qaytardilar va ot go’shtini yeyishga ruxsat berdilar”. Shu hadis bizga yaqqol dalil bo’ladiki, ot go’shtini iste’mol qilish haloldir.

 Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni tovuq yeganlrini ko'rdim". 

Zayd ibn Xolid roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xo'rozni so'kishdan qaytardilar va shunday dedilar:" Albatta u namozga chaqiradi".  

Har bir musulmon kundalik hayotida Alloh taolo halol qilib bergan taomlarnigina yeyishi va Alloh bergan ne’matlarga shukr qilishi lozim. Zero halol ochiq oydidir, harom ochiq oydindir. 

Xadichai kubro ayol qizlar o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi 4-kurs talabasi Axmedjonova Komila

Другие новости

Sajdai sahvga bog‘liq bo‘lgan masalalar
11.01.2024 171
#Sahv sajdasi🔸Imomning adashishi bilan imomga ham, muqtadiyga ham sahv sajdasi vojib bo‘ladi. Agar imomga ergashgan muqtadiy adashsa, sajda vojib emas.🔸Muqtadiy namozga kechikib kelgan bo‘lsa, imom salom bergandan keyin qolgan rakatni...
Подробнее
Sahv sajdasini vojib qiladigan sabablar
09.01.2024 197
🔹Agar farz namozining avvalgi ikki rakatida yoki ikki rakatning birida adashib "Fotiha" surasini o‘qimasa🔹Shuningdek, nafl va vitr namozlarining biror bir rakatida adashib "Fotiha" surasini o‘qimasa🔹Farz namozining avvalgi ikki rakatida qiroat...
Подробнее
IMOM ABU HANIFANING FAQIH SIFATIDA SHAKLLANISHIDA KUFA FIQHIY MAKTABINING O’RNI
01.06.2023 372
Annotatsiya: Ushbu maqolada Hanafiylik mazhabi asoschisi Abu Hanifa rohimatullohi alayhining hayotlari, ilk ilmiy faoiliyatlari va mazkur faoliyatlarida sahobalar asos solgan Kufa fiqh maktabining o’rni va ahamiyati, sahobalar orasidan Abu Hanifa...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry