14.05.2022
630

Sajdai sahvga bog’liq masalalar

 

Sahv so’zi lug’atda “unitish”, “hato”, “kamchilik” degan ma’noni anglatadi. 

Sajdani “sahv sajdasi” yoki “sajdai sahv” deyiladi.

Namozga ziyodalik kiritsa  yoki  kamchilikka yo’l qo’yilsa, salomdan keyin ikki bor sajda qiladi, so’ng tashahhud duosini o’qiydi ba salom beradi.

Namozdagi ma’lum bir amallar unitilsa, undan hosil bo’lgan nuqsonni sahv sajdasi qilish ila to’g’irlab olish imkoni bor. Namozda xato qilgan odam uni yana qaytarib o’qimasdan yoki boshqa biror javobgarlikka qolmasdan ikki marta ortiqcha sajda qilib qo’yish bilan hamma ish to’g’ri bo’lib ketaveradi.

Sajdai sahv vojibligiga hadis shariflarda ham kelgan;

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi;

“Rosululloh sollallohu alayhi vasallam:”

“Birortangiz turib, namoz o’qiy boshlasa, albatta shayton kelib, uni adashtira boshlaydi, hattoki uqancha namoz o’qiganni bilmay qoladi. Biringiz qachon shunday holni topsa o’tirgan holida ikki marta sajda qilsin’’, dedilar’’.

Beshovlari rivoyat qilgan.

Sajdai sahvni vojib qiladigan holatlar;

  1. Qiroatdan oldin ruku qilish
  2. Uchinchi rakatga turishni tashahuddan keyin yana ko’p utirib qolish

Agar birinchi qadada tasahahudni takror o’qisa yoki “allohumma solli ala Muhammad”gacha o’qib yuborsa, uchinchi rakatga turishni kechga surgani uchun sajdai sahv qilish vajib bo’ladi.

  1. birinchi qadani tark qilish.
  2. Qadai avvalda o’tirmay, turib ketdi.

Turayotganida esiga tushib qoldi, shunda u o’zining holiga qaraydi. Agar holi o’tirishga yaqin bo’lsa, qaytib o’tiradi va tashahhudni o’qib, namozini davom ettiradi. Bu holda u unutgan bo’lmaydi va sajda sahv qilmaydi.

O’tirishga yaqin bo’lmagan holda bo’lsa, qaytib o’tirmaydi va sajdai sahv qiladi. Agar tik turgan odam qaytib o’tirsa, namoz buziladi. Chunki u farz bo’lgan qiyom amalidan farz bo’lmagan qadai avvalgi qaytgan bo’ladi.

  1. Namozda necha rakat o’qiganini bilmay, shak qilib qoldi. Uchmi, to’rtmi, bilmaydi. Agar bu uning umridagi birinchi unitishi bo’lsa, namozni yangitdan boshlaydi. Agar unutishi ko’p bo’lgan bo’lsa, g’olib gumoni bo’lsa, g’olib gumoni bo’lmasa, ozini oldi.
  2. Qasddan qilingan xatoda uch narsada sahv sajdasi qiladi; birinchi qadani tark qilganda birinchi rakat sajdasidan birortasini namozning oxiriga qoldirganda va qasddan, taffakur qilib turib, bir rukn miqdoricha vaqtni o’tkazib yuborganda.
  3. Farzning birinchi ikki rakatida fotihani yoki uning ko’p qismini qiroat qilmaslik.
  4. Farzning birinchi ikki rakatida fotihadan so’ng sura o’qishni yohud uch qisqa yoki bir uzun oyat o’qishni tark qilish.
  5. Jahriy yoki sirriy qiroat qilish qoidasiga xilof qilish: peshin va asr namozlarida namoz durust bo’ladigan miqdor, yani uzun bir oyat, qisqa uch oyatni ovoz chiqarib, boshqa namozlarda ovoz chiqarmay qiroat qilish. Albatta bu imom uchun.
  6. Uch yoki to’rt rakatli namozda birinchi qadani qilmaslik.
  7. Ohirgi qadada tashahhudni tark qilish.
  8. Bir rakatda takrorlanadigan amalda tartibga rioya qilmaslik. Bunda sajdani bir marta qilib, ikkinchisini unitish haqida so’z ketmoqda. O’shani namoz oxirida qilib, keyin sahv sajdasi qilinadi.
  9. Farzda qiroat joyini o’zgartirish-zam surani oldin, Fotihani keyin o’qish. To’rt rakatili namozning ohirigi ikki rakatida yoki ikkinchi va uchinchisida fotihadan boshqa surani o’qish.
  10. Vitir qunt duosini tark qilish. Kim qunt duosini o’qimay rukyuga ketsa , sahv sajdasini qiladi.
  11. Quntning takbirini tark qilsa.
  12. Ikki iyd namozining barcha takbirlarini yoki bazi takbirlarini, yohud ikkinchi rakat rukusini takbirini tark qilgan kishi sajdai sahv qiladi.
  13. Namozning jinsidan bo’lgan va namozdan bo’lmagan amalni ziyoda qilsa, sajdai sahv qiladi. Misol uchun ikki marta ruku qilsa.

Sajda sahv vojib bo’lgan kishi namozini ohiriga yetkazadi. Salomni o’ng tomoniga beradi, so’ng xuddi namozdagi kabi ikki marta jaida qiladi. Keyin yana tashahhudni o’qiydi. Bu amal vojibdir. Salovatu Ibrohimiyyani o’qishlik mustahabdir. Keyin o’ng va chap yelkasiga salom berib namozni tugatadi. Sha bilan nuqson yetgan namoz o’rniga kelad

Sajdai sahv qilish ushbu holatlarda soqit bo’ladi.

  1. agar bomdod namozini o’qiyotganda vaqt ziq bo’lib, quyosh chiqib ketish ehtimoli bo’lsa yoki asr namozida ham vaqt kam qolib, quyosh botib qolishi mumkin bo’lsa.
  2. Agar imom juma yoki hayit namozlarida sajdai sahvni vojib qi;ladigan hatoga yo’l qo’ysa, jamoatga tashvish tug’diradigan bo’lsa tark qiladi.
  3. Imomga iqtido qilgan kishi ham o’z xatosi sababli sajdai sahv qilmaydi.

Namoz inson qiladigan buyuk amallardan biridir. Sajdai sahv esa nomozda unitib qilgan hatolarga kafforot bo’ladigan amaldir. Allohga bo’lgan ibodatlarni kamchiliksiz ado qilish kerak. Inson tabiatan unituvchidir. Alloh taolo biz bandalariga yengillikni qildi. Namozda unitib qilgan hatolar uchun sajdai sahv vojib bo’ladi. Qasdan qilinga holatlarda esa vojib bo’lmaydi balki banda gunohkor bo’ladi.

Xadichai Kubro ayol-qizlar o’rta 

maxsus islom ta’lim muassasasi 4-kurs 

talabasi Turanazarova Muhayyo

Другие новости

Sajdai sahvga bog‘liq bo‘lgan masalalar
11.01.2024 172
#Sahv sajdasi🔸Imomning adashishi bilan imomga ham, muqtadiyga ham sahv sajdasi vojib bo‘ladi. Agar imomga ergashgan muqtadiy adashsa, sajda vojib emas.🔸Muqtadiy namozga kechikib kelgan bo‘lsa, imom salom bergandan keyin qolgan rakatni...
Подробнее
Sahv sajdasini vojib qiladigan sabablar
09.01.2024 199
🔹Agar farz namozining avvalgi ikki rakatida yoki ikki rakatning birida adashib "Fotiha" surasini o‘qimasa🔹Shuningdek, nafl va vitr namozlarining biror bir rakatida adashib "Fotiha" surasini o‘qimasa🔹Farz namozining avvalgi ikki rakatida qiroat...
Подробнее
IMOM ABU HANIFANING FAQIH SIFATIDA SHAKLLANISHIDA KUFA FIQHIY MAKTABINING O’RNI
01.06.2023 374
Annotatsiya: Ushbu maqolada Hanafiylik mazhabi asoschisi Abu Hanifa rohimatullohi alayhining hayotlari, ilk ilmiy faoiliyatlari va mazkur faoliyatlarida sahobalar asos solgan Kufa fiqh maktabining o’rni va ahamiyati, sahobalar orasidan Abu Hanifa...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry