19.05.2022
201

TALABALAR MANBALAR XAZINASIDA

“XADICHAI KUBRO” AYOL-QIZLAR O'RTA MAXSUS

ISLOM TA'LIM MUASSASASI TALABALARI MANBALAR XAZINASIDA

Xadichai Kubro ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasi talabalari O’zXIA manbalar xazinasiga tashrif buyurdilar

Joriy yilning 18 may kuni ta'lim muassasasi 3-kurs talaba qizlari bilan ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari Z.Komiljonova boshchiligida O’zbekiston xalqaro islom akademiyasining Manbalar xazinasiga tashrif buyurildi.

 

Talaba qizlar qo’lyozmalar va yangi nashr arabiy manbalariga sayohat chog'ida qo’lyozma va toshbosmaning farqi, qog’ozning paydo bo’lishidan boshlab ularning takomillashuvi, Samarqand va qo’qon qog’ozlari, ularning tarixi, farqi, qo’lyozma manbalardagi suv belgilari, abri bahor kabi ma’lumotlarni manbalar xazinasi xodimi, mutaxassis lobar Asrorovadan bilib oldilar. Shuningdek, mazkur manbalar xazinasida saqlanayotgan echki va kiyik terisiga ko’chirilgan mashhur “Usmon musxafi”ning nusxasi bilan ham tanishdilar. Ayniqsa, yangi arabiy nashrlarning turli mavzuga oid to’plamlari talaba qizlarda alohida qiziqish uyg’otdi. Sayohat juda foydali va mazmunli bo'ldi.

Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha

 direktor o'rinbosari  Z.Komiljonova

Другие новости

Taraqqiyparvar jadidlar - talabalar diqqat markazida
22.01.2024 80
#Yangi_o‘quv_yili#Jaholatga_qarshi_ma’rifat#Ekstemizm_va_terrorizmga_qarshi_kurashish#Jadidchilik_harakatlariSharq mumtoz shoirlari asarlarini mutolaa qilish va jadid matbuotini kuzatish yoʻli bilan adabiy, ijtimoiy-siyosiy bilimini oshirgan olim va dramaturg, noshir, din va jamoat arbobi jadidchilik harakati yetakchilari haqida hujjatli film...
Подробнее
Xatmul - kutub. Kitobxonlik an‘anasi
21.01.2024 67
“Xadichai Kubro” ayol-qizlar islom ta‘lim muassasasining ustoz va hodimalari “Xatmul kutub” an'anasiga muvofiq Muhtarama Odinaxon Muhammad Sodiq ustozamiz boshchiliklarida bir necha mo‘tabar manbaalarni o‘qib tugatdilar.Ta‘lim muassasamizning 20 dan ziyod ustoz...
Подробнее
"Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasida 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan uchrashuv tashkil etildi
14.01.2024 69
#Suhbat#Vatan_himoyachilari_kuniJoriy yilning 13-yanvar kuni "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasiga "14-yanvar Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan soha mutaxassislari mayor Salmonova Nodira Mirxamidovna va kapitan Paxruddinova Latofat Pazildinova tashrif...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry