23.05.2022
269

Dinlar o`rtasidagi kiyinish madaniyatidagi farqlar

Turli din vakillarining kiyinish madaniyatiga bo‘lgan eʼtiborlari bir-biridan farq qiladi. Quyida baʼzi dinlarning kiyinishga qo‘ygan talablari haqida maʼlumot beriladi. 

Nasroniylik. Xristianlarning kiyinish madaniyati quyidagilarni o‘z ichiga oladi : 

1. Qalb go‘zalligi, tashqi go‘zallikdan ko‘ra muhimroq hisoblanadi. 

2. Erkak va ayollarning kiyimlari ozoda, toza bo‘lishi kerak. 

3. Ayollarning kiyimlari, taqinchoqlari atrofdagilarning shahvoniy hirsini uyg‘otmaydigan darajada bo‘lishi lozim. 

4. Kiyim o‘ziga eʼtiborni jalb qilmasligi, balki kishining ichki dunyosini ochib berishga xizmat qilishi lozim. 

5. Cherkov marosimlarida odamlarni eʼtiborini tortmaydigan kiyimlar kiyish kerak. 

Yahudiylik. Yahudiylarda kiyinishga quyidagi talablar qo‘yiladi : 

1. Kiyim toza bo‘lishi. 

2.Ayollar oyoqlarini berkitishlari, kiyimlarining yengi tirsaklarigacha tushishi lozim. 

3. Kiyim o‘ta yorqin rangda bo‘lmasligi kerak. 

4. Erga tekkan ayol boshini yopib, sochlarini ko‘rsatmay yurishi kerak. Bunda u ixtiyorli, xohlasa ro‘mol o‘raydi, xohlasa parik kiyadi, xohlasa boshqa bosh kiyim bilan boshini yopadi. 

5. Taqvodor ayollar uyda ham boshlariga bosh kiyim kiyadilar. 

Buddaviylik. Buddaviylikda erkak va ayol ruhoniylar o‘zlarining kiyinish odatlari bilan ajralib turadilar. Tarki dunyo qilgan rohib tepa-pasiga mato bog‘lab yuradi. Boshida bu mato o‘rnida latta bo‘lgan va unga rang berish uchun yerga ishqalashgan . 

Ko‘rib turganimizdek, islomdan boshqa dinlarda ham kiyinish madaniyati alohida ahamiyat kasb etadi. Boshqa dinlarda ham o‘sha dinga ergashuvchilarning kiyadigan liboslariga tegishli talablar qo‘yilgan. Bir so‘z bilan aytganda, qaysidir maʼnoda, o‘z tushunchalaridan kelib chiqqan holda ular ham iffatga intilishgan. Endi dinimizdagi kiyinish odoblari, shartlari haqida to‘xtalamiz. 

Arablar bu so‘zni ayb maʼnosida ishlatishsada, u xuddi «الم سّ» “tegmoq” kalimasi kabi bundan boshqa ko‘plab mushtarak maʼnolarga ham dalolat qiladi. «الم سّ» kalimasining maʼnosi: “tegmoq” yaʼni, ikki narsaning bir-biriga tegishi, yopishishi, ushlamoq. Qurʼoni karimdagi Voqea surasining 79-oyatida kelgan Alloh taoloning mana bu so‘zi shu maʼnoda: “Uni faqat poklanganlargina ushlaydir”. Baqara surasining 275-oyatida jin tegishi maʼnosida ham keladi: “Riboni yeydiganlar (qabrlaridan) faqat shayton urib, jinni bo‘lgan kishidek dovdirab turarlar”. Mujodala surasining 3-oyatida jimo maʼnosida ham keladi: “Xotinlarini zihor qilib, so‘ng aytganlaridan qaytuvchilar qo‘shilishlaridan oldin bir qulni ozod qilishsin”. Yuqoridagi misollarda lafz bitta bo‘lsada, bir-biridan juda uzoq bo‘lgan, ayri maʼnolarda keldi. 

“Avrat” istilohi ham mana shu qabildan, u umumiy suratda kamchilik, ayb maʼnosida isteʼmol qilinadi. Kamchiligi, aybi bor odam kamchiligini ko‘rinishi va aybi ochilib qolishini yoqtirmagani uchun aqliy, sharʼiy va urfiy jihatdan ko‘rilishi yoqtirilmagan har bir narsa «avrat” maʼnosi ostiga doxil bo‘ladi. 

Urfdagi isteʼmoli: Odamlar o‘z uylariniga faqat o‘z iznlari bilangina ko‘rilishiga rozi bo‘ladilar, buning aksini yoqtirmaydilar. Alloh taolo Ahzob surasi 13-oyatda munofiqlar tilidan dedi: “Uylarimiz ochiq-sochiq qolgan deb, Payg‘ambardan izn so‘rashdi”. Yaʼni, uylarimiz ochiq qolgani uchun iznsiz kiriladi, holbuki biz buni yoqtirmaymiz, himoya qiluvchi ham yo‘q, deyishdi. Uylarda ayb va nuqson bo‘lmasada, ochiq qolgani uchun “avrat” deb ataldi. Odam o‘z oldiga kirilishini yoqtirmaydigan tomonni ham “avrat” deb ataladi. Masalan, uyning eshigi, derazasi, eshikning tirqishi, shuningdek shahar va mahallaning dushman yoki o‘g‘ridan qo‘riqlaydigan qorovuli bo‘lmagan tomoni ham avrat deb ataladi. 

Shariatdagi isteʼmoli: Ibodatga oid maʼnolarda kelgan, misol, namozdagi avrat. Ulamolar: “Ayol kishining yuzi va ikki kaftidan boshqa hamma joyi avrat” deydilar. Chunki shariat sohibi garchi ayol o‘z uyida yolg‘iz bo‘lsa ham namoz o‘qiyotganda yuzi va ikki kaftidan boshqa joyini ochishini xohlamaydi. Alloh taolo erkaklar va ayollar badanlaridan muayyan joylarini ochishlarini istamagani uchun o‘sha joylar avrat deb nomlandi. 

Avratni 3 qismga bo‘lish mumkin: 

1.Erkakning erkakka nisbatan avrati. 

2.Ayolning ayolga nisbatan avrati. 

3.Erkakning ayolga, ayolning erkakka nisbatan avrati . 

Erkakning erkakka nisbatan avrati kindikdan tizza ostigacha. Erkak kishi boshqa erkakning kindik va tizza orasiga qarashi shariatimizda taʼqiqlangan ishdir. Binobarin son ham avratdir. Payg‘ambar alayhissalom Ali roziyallohu anhuga: “Soningni ochmagin”, deganlar . 

Ayolning ayolga nisbatan avrati, erkakning erkakka nisbatan avrati kabidir va bu hukm faqat muslima ayollar orasidadir. Zimmiya va kofira ayollar bundan mustasno . 

Erkakning ayolga nisbatan avrati kindikdan tizza ostigachadir. Lekin o‘z ayoliga nisbatan avrat belgilanmagan. 

Ayollarning erkaklarga nisbatan avratiga kelsak, hanafiy mazhabida yuzi va kaftidan boshqa yerlari avrat hisoblanadi. 

Avratni to‘sish deganida shariat talabiga binoan to‘sish nazarda tutiladi. Bunda avratni to‘sadigan narsaga quyidagi shartlar qo‘yilgan: 

1.Kiyim badanning rangini bilintirmaydigan darajada qalin bo‘lishi lozim. 

2.Kiyim badanning hamma tarafini to‘sishi lozim. Biror tarafi ochilib qolsa ham bo‘lmaydi. 

Xadichai Kubro ayol-qilzar o`rta

maxsus islom ta`lim muassasasi

                                                                                                        3-kurs talabasi Turg`unboyeva Ruhsora

 

Другие новости

KONSTITUTSIYA – MAMLAKATIMIZDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN DEMOKRATIK YANGILANISHLAR POYDEVORI.
08.12.2023 169
Mustaqil O'zbekiston Konstitutsiyasining qabul qilinishi ayni milliy qadriyatlarimizni, adolatli fuqarolik jamiyati, demokratik huquqiy davlat qurish, bozor munosabatlariga o'tish yo'llarini belgilab berdi.O'zbekiston Konstitutsiyasi huquqiy tizimimizning tayanch poydevoridir. Uning barcha qonunlarimiz uchun...
Подробнее
Jaholatga qarshi ma’rifat
19.11.2023 283
Bugungi kunda muqaddas islom dinimizning insonparvarlik g‘oyalarini targ‘ib etish, “Jaholatga qarshi – ma’rifat” tamoyili asosida unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni sog‘lom e’tiqod ruhida tarbiyalash yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.Diniy bag‘rikenglik va millatlararo...
Подробнее
Bag'rikenglik millat tayanchi
08.11.2023 274
O'zbekiston zaminida qadim zamondan islom dini bilan boshqa dinlar yonma-yon yashab, rivojlanib va bu jamiyatning ma'naviy yuksalishiga muayyan hissa qo'shdi.Hozirgi kunga kelib, respublikamizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry