01.06.2022
285

Muslimam duo qiling , duo-najotdir !

 

Duo – nafl ibodat bo’lib, insonning Alloh bilan orasini bog’lovchi bir rishtadir. Duo – butun olamlarning Parvardigorini zikr etish va bu orqali Uning roziligini topish, savob va ajrga musharraf bo’lishdir. Alloh tabaroka va taolo A’rof surasining 56-oyatida: “Rabbingizga qo’rquv va umid ila duo qiling. Shubhasiz, Allohning rahmati yaxshilik qiluvchilarga yaqindir”,degan. Inson zoti bu sinovli dunyoda mashaqqat uchun yaratilgandir. Hayoti davomida turli-tuman sinovlarga uchraydi va doimo har bir holatda Yaratgan egasiga muhtojdir. Musulmonning duosi hech qachon rad etilmaydi. Alloh taolo uning so’ragan narsasini darhol yoki kechroq ato etadi, yoki oxiratga qoldiradi yoxud undan bir yomonlikni, boshiga kelayotgan bir baloni daf etadi. Mujib Zot shunday deydi. «Qachonki, bandalarim sendan Men haqimda so'rasalar, bas, albatta, Men yaqindirman. Duo qiluvchi duo qilganda duosini ijobat qilurman» (Baqara, 186). 

 Albatta Robbim o’z va’dasiga xilof qilmas! Banda duosi ijobatidan umid qilib turishi kerak. Mushkilotlari qanchalik og’ir bo’lmasin, butun dunyo unga qarshi chiqsa ham , banda qalbida iymon bilan Robbisiga suyanishi ,duosida bardavom bo’lishi kerak. Zero Robbisi buyuk qudrat sohibi-Qodir, har ish qo’lida bo’lgan Zotdir! Muslimam duo qiling, duo-najotdir! Alloh buykdir, Alloh adolat sohibidir. Alloh mazlumning duosini qaytarmaydi. Siz taqvo qiling! Siz ishoning ! Siz mo’min bo’lsangiz ustundirsiz! Siz g’olib kelasiz! Sizning Mavloingiz Allohdir ! Osiyo – Fir’avn ayolini eslang! Erining zulmiga Allohdan taqvo qilib sabr qildi, iymonida bardavom bo’ldi, azob-u qiynoqlarga chidadi. Fir’avn uni azoblab iymonidan ayrmoqchi edi, u esa Fir’avnga shunday dedi:“Sening qiynoq va zulming mening tanamgagina azob bermoqda. Holbuki mening qalbim Allohning himoyasi ostidadir! Garchi sen meni mayda bo’laklarga bo’lib tashlasang ham men o’z iymonimdan voz kechmayman!”. Salmon Forsiy roziallohu anhudan rivoyat qilinadi:“Osiyo qiynoqqa tushgan paytida farishtalar uni qanotlari bilan jazirama quyoshdan homoya qilishdi. Shu vaqtda u jannatdagi uyini ko’rardi”. Osiyo shunday duo qildi:“ Robbim, menga Oʻz huzuringda, jannatda bir uy bino qilgin. Menga Firʼavndan va uning ishidan najot bergin va zolim qavmlardan najot bergin”. Osiyoning duolari qabul bo’ldi ,Alloh ulardan rozi bo’lib, kamolotga yetgan ayollardan qildi! 

Duo ila najot topilur, duo ila qalblar orom olur. Xattobiyning duo haqidagi so’zlari go’zal ta’rif bo’lgan: “Duo bandaning Robbisidan inoyat, yordam so‘rashi, Unga muhtojligini izhor qilishi, o‘zining ojizligini tan olishidir. Duo bandalikni belgisi, bashariy ojizlikning ko‘rinishidir. Duoda Alloh taologa hamdu sano aytiladi,Uning karamli, marhamatli Zot ekaniga iqror bo‘linadi”.

3-kurs talabasi Umarxo’jayeva Fotima 

Другие новости

KONSTITUTSIYA – MAMLAKATIMIZDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN DEMOKRATIK YANGILANISHLAR POYDEVORI.
08.12.2023 170
Mustaqil O'zbekiston Konstitutsiyasining qabul qilinishi ayni milliy qadriyatlarimizni, adolatli fuqarolik jamiyati, demokratik huquqiy davlat qurish, bozor munosabatlariga o'tish yo'llarini belgilab berdi.O'zbekiston Konstitutsiyasi huquqiy tizimimizning tayanch poydevoridir. Uning barcha qonunlarimiz uchun...
Подробнее
Jaholatga qarshi ma’rifat
19.11.2023 285
Bugungi kunda muqaddas islom dinimizning insonparvarlik g‘oyalarini targ‘ib etish, “Jaholatga qarshi – ma’rifat” tamoyili asosida unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni sog‘lom e’tiqod ruhida tarbiyalash yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.Diniy bag‘rikenglik va millatlararo...
Подробнее
Bag'rikenglik millat tayanchi
08.11.2023 276
O'zbekiston zaminida qadim zamondan islom dini bilan boshqa dinlar yonma-yon yashab, rivojlanib va bu jamiyatning ma'naviy yuksalishiga muayyan hissa qo'shdi.Hozirgi kunga kelib, respublikamizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry