02.06.2022
583

Muzoraba nima?

 

  Muzoraba so‘zi “zarbun” o‘zagidan olingan bo‘lib, asl ma’nosi “urmoq” dir.  Istilohda muzoraba – bir kishidan mol va boshqasidan ish o’laroq foydaga sheriklik shartnomasidir.

  Muzoraba shartnomasi bilan ikki tarafning, sarmoya egasi va ishchining manfaatlari yuzaga chiqadi. Birinchi tarafning sarmoyasi bo‘lsada, lekin u bilan tijorat qilishda vaqti yoki tajribasi bo‘lmaydi. Ikkinchi tarafning esa tijoriy ishlarda bilimi bo‘ladi-yu, lekin ushbu bilimni amalda qo‘llash uchun ba’zan mablag‘i bo‘lmaydi.

  Suhayb roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Uchta narsada baraka bor: Nasiyaga savdo qilishda, muqoraza (muzoraba) da, sotishga emas uyda iste’mol qilish uchun bug‘doy bilan arpani aralashtirishda”,-dedilar.” 

  Hazrati Xadija roziyallohu anho o‘zlarining mollarini muzorabaga berganlari, badr g‘azotida Abu Sufyonning Shomga safar qilgan tijorat karvoni muzoraba shaklida bo‘lganligiga ittifoq qilganlar. Bundan ma’lum bo‘ladiki, arablarda islomdan oldin muzoraba to‘g‘risida tasavvur bo‘lgan. Johiliyat zamonasidagi oldi-sotdilardan ba’zilari man qilinmaganidek, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam muzorabani ham man qilmaganlar. Shuning o‘zi ham islomda muzorabaning joizligiga dalildir.

  Muzoraba rukni iyjob va qabul, ya’ni bir tarafdan shu ishni qilishni taklif qilish, ikkinchi tomon esa, uni qabul qilishi bilan bo‘ladi. Masalan, bir kishi “Mana mol uni olib tijorat qil. Alloh taolo foyda ato qilsa, uning ma’lum qismi seniki, qolgani meniki” deydi. Boshqa tomon esa, shu ishga roziman, qabul qildim deydi. Sarmoya tikuvchi kishi rabbul mol, ish yurituvchi muzorib deyiladi. Dastmoya ra’sul mol, undan chiqqan foyda ribh deyiladi. Muzoraba bitimida ishchi va sarmoya egasi foydani kelishilgan nisbatda taqsimlab oladilar. Agar natija zarar bilan chiqsa, sarmoyadorning bir o‘zi uni ko‘taradi. Ishchining esa, amali zararga uchragan hisoblanadi. Chunki, amal uning sarmoyasidir. 

  Muzoraba aqdi lozim qiluvchi aqd emas. Ya’ni, sheriklardan istagani uni xohlagan vaqtida bekor qilishi mumkin.

  Muzoraba ikki qismga bo‘linadi:

1. Mutloq muzoraba;

2. Qaydlangan muzoraba.

  Mutloq muzorabadan  murod muzoribga biror bir  xos ish yoki uning kayfiyati, ish yuritish joyi, ish yuritish vaqti, kimlar bilan ish yuritishi chegaralanmay sarmoya unga havola qilinadi.

  Qaydlangan muzoraba yuqoridagi mutloq muzorabaning aksi bo‘lib, unda xos ish yuritish, ma’lum joy, vaqt va boshqalarda qaydlar belgilab qo‘yiladi. Yoki faqat ma’lum shaxs bilan muomala qilishni qayd etadi. Shunga ko‘ra sarmoyador ishchiga bozorning urfida muayyan foyda keltiradigan savdo molidagina tijorat qilishni shart etib qo‘yishi ham joizdir.

  Muzoraba shirkati quyidagi holatlarda o’z-o’zidan tugaydi:

1. Tomonlardan biri bitimni bekor qilsa yoki sarmoya egasi muzorabachini ish yuritishdan to‘xtatib qo‘ysa;

2. Tomonlardan biri vafot etsa;

3. Tomonlardan birortasi majnun bo‘lib qolsa;

4. Hali ish yuritishni boshlashdan ilgari sarmoya talofatga uchrasa;

5. Sarmoya egasi asli musulmon bo‘lib, keyin dindan qaytsa. Aslida boshqa din vakil bo‘la turib bitim tuzilgan bo‘lsa, joizdir.

Xadichai kubro ayol-qizlar o’rta maxsus islom

 ta’lim muassasasi 3-kurs talabasi

Najmiddinova Dilfuza

Другие новости

Sajdai sahvga bog‘liq bo‘lgan masalalar
11.01.2024 171
#Sahv sajdasi🔸Imomning adashishi bilan imomga ham, muqtadiyga ham sahv sajdasi vojib bo‘ladi. Agar imomga ergashgan muqtadiy adashsa, sajda vojib emas.🔸Muqtadiy namozga kechikib kelgan bo‘lsa, imom salom bergandan keyin qolgan rakatni...
Подробнее
Sahv sajdasini vojib qiladigan sabablar
09.01.2024 197
🔹Agar farz namozining avvalgi ikki rakatida yoki ikki rakatning birida adashib "Fotiha" surasini o‘qimasa🔹Shuningdek, nafl va vitr namozlarining biror bir rakatida adashib "Fotiha" surasini o‘qimasa🔹Farz namozining avvalgi ikki rakatida qiroat...
Подробнее
IMOM ABU HANIFANING FAQIH SIFATIDA SHAKLLANISHIDA KUFA FIQHIY MAKTABINING O’RNI
01.06.2023 372
Annotatsiya: Ushbu maqolada Hanafiylik mazhabi asoschisi Abu Hanifa rohimatullohi alayhining hayotlari, ilk ilmiy faoiliyatlari va mazkur faoliyatlarida sahobalar asos solgan Kufa fiqh maktabining o’rni va ahamiyati, sahobalar orasidan Abu Hanifa...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry