16.01.2022
282

Ahli sunnaga ko’ra Alloh taoloning borligini bilish

Qadimgi aqoid kitoblarida Alloh taoloning borligiga hech kim shubha qilmasligini yaxshi bilganlar. Shuning uchun ko’proq o’z kitoblarini Alloh taoloning birligi, sherigi yo’qligi haqidagi yoki shunga o’xshash masalalardan boshlaganlar.

Ammo hozirgi zamonda aqoid bo’yicha kitob yozgan ulamolarning barchasi Alloh taoloning borligini isbotlashga alohida e’tibor berganlar. Oxirgi paytda turli omillarga ko’ra, Alloh taoloning borligini inkor qilish avj olgani ularni bu ishga majbur qilgan.

Alloh taoloning borligini isbot qilish aqoidning bosh masalasidir. Chunki aqoidning boshqa masalalari aynan Alloh taoloning borligiga bo’lgan iymondan kelib chiqadi. Alloh taoloning borligiga iymon keltirmagan odamga aqoidning boshqa masalalari haqida xarchand gapirmang, zarracha foydasi bo’lmaydi.

Albatta, aqiydaga dalil sifatida ishlatiladigan mutavotir xabar, aqliy dalil va ilmiy dalillardan birinchisini Alloh taologa iymoni yo’q kishiga ishlatib bo’lmaydi. Alloh taoloning borligiga ishonmay turgan odamga “ Alloh taolo Qur’oni karimda unday degan”, “ Payg’ambar sollollohu alayhi vasallam hadisi sharifda bunday deganlar”, deyishning o’zi kulgili bo’lib ko’rinadi. Shuning uchun bu yerda faqat aqliy va ilmiy dalillargina qo’l kelishi mumkin.

Alloh taoloning borligiga aqliy dalillar keltirishdan boshlasak.

  1. Yo’qdan bor bo’lish dalili.

Taammul ila o’ylab ko’raylik, odam o’zini o’zi yaratgan emas va yarata olmaydi ham. Nafaqat o’zini, balki o’zidagi biror tukni ham yo’qdan bor qila olmaydi.

Shuningdek, odam o’z farzandini ham yaratgan emas va yarata olmaydi

ham. Nafaqat farzandidagi birorta  tukni ham yo’qdan bor qilaolmaydi.

Odam bolasi mazkur narsalarning  Alloh taolodan boshqa yaratuvchisi borligini isbotlab bera olmaydi ham.

Demak, Alloh taolodan boshqa Xoliq yo’qligini  tan olishdan boshqa iloj

yo’q. bu haqiqatni Qur’oni karim ajoyib uslub ila bayon etgan.

Alloh taolo Tur surasida quyidagilarni aytadi:

أَمْ خُلِقُواْ مِنْ غَيْرِ  شَىْءٍ أِمْ هُمُ آلْخَـالِقُونَ

Yoki ular hech narsadan hech narsa yo’q, o’zlari yaralganlarmi?! Yoki ular yaratuvchilar? (35- oyat).

Daxriy va Xudosizlarga qarata voqeilikdan kelib chiqib berilgan soddagina ushbu savolni tafakkur bilan mulohaza qilgan shayx iymonga kelmay iloji yo’q. savol oddiy: “ sen o’z- o’zingdan yaralganmisan?”

“Yoki ular hech narsadan hech narsa yo’q, o’zlari yaralganlarmi?!”

Ya’ni inson shunday, o’z-o’zidan dunyoga kelib qolganmi? Albatta, unday emas. Bo’lmasa, o’zlarini o’zlari yaratganmi?

“Yoki ular yaratuvchilarmi?”

Albatta, yo’q. Ayting-chi, sizni kim yaratdi bo’lmasa?!

Kelasi oyat dahriylarga o’zidan boshqa eng yaqin, har lahzada muloqotda bo’lib turadigan osmonu yer haqida ham o’ylab ko’rishni taklif qiladi.

أَمْ خَلَقُواْ آلسَّمَاوَاتِ وَآلْأَرْضَ بَل لَّا يُوقِنُونَ

“Yoki ular osmonlaru yerni yaratganlarmi?! Yo’q, ular aniq ishonmaslar” (36-oyat).

Osmonlarni, inson hozirgacha adadini aniq bilmaydigan osmonlarni, bu cheksizlik ichida son- sanoqsiz yulduzlar-u sayyoralari bor bo’lgan osmonlarni ham dahriy- xudosizlar yaratganmi?

Mushriklarga “Osmonni kim yaratgan?” degan savol berilsa, “ Alloh”, deb javob berar ekanlar. Lekin aqiydalarida Allohni inkor etadilar. Osmonga nazar solib, bu o’z – o’zidan bo’lib qolishi mumkin emas, biz ham yaratgan emasmiz, degan fikrni o’tkazib, “buni Alloh yaratgan”, deyishga majbur bo’lishgan. Boshqa vaqtda esa Allohni inkor etaverganlar. O’zlari aytgan gapga o’zlari ishonishmagan. Shuning uchun ham oyatda “ Yo’q, ular ishonmaslar”, deyilyapti. Alloh taolo

G’oshiya surasida quyidagilarni aytadi:

أَفَلَا يَنظُرُونَ إِلَى آلاِبِلِ كَيْفَ خُلِقَتْ

وَ إِلَى السَّمَآءِ كَيْفَ رُفِعَتْ

وَ إِلَى الْجِبَالِ كَيْفَ نُصِبَتْ

وَ إِلَى الأَرْضِ كَيْفَ سُطِحَتْ

Tuyaning qanday yaratilganiga, osmonning qanday yaratilganiga, tog’larning qanday o’rnashtirilganiga va yerning qanday tekislab qo’yilgaaniga nazar solmaydilarmi?”(17-20- oyatlar).

Ushbu oyati karimalarda Alloh taolo O’z qudratini ko’rastish uchun insonlarga, xususan kofirlarga O’zining yaratgan narsalaridan to’rttasiga nazar solib ko’rishni tavsiya qilmoqda.

Xadichai Kubro ayol-qizlar o’rta

 maxsus islom ta’lim muassasasi

 4-kurs talabasi Shamsiddinova Sarviniso

Другие новости

Sajdai sahvga bog‘liq bo‘lgan masalalar
11.01.2024 172
#Sahv sajdasi🔸Imomning adashishi bilan imomga ham, muqtadiyga ham sahv sajdasi vojib bo‘ladi. Agar imomga ergashgan muqtadiy adashsa, sajda vojib emas.🔸Muqtadiy namozga kechikib kelgan bo‘lsa, imom salom bergandan keyin qolgan rakatni...
Подробнее
Sahv sajdasini vojib qiladigan sabablar
09.01.2024 198
🔹Agar farz namozining avvalgi ikki rakatida yoki ikki rakatning birida adashib "Fotiha" surasini o‘qimasa🔹Shuningdek, nafl va vitr namozlarining biror bir rakatida adashib "Fotiha" surasini o‘qimasa🔹Farz namozining avvalgi ikki rakatida qiroat...
Подробнее
IMOM ABU HANIFANING FAQIH SIFATIDA SHAKLLANISHIDA KUFA FIQHIY MAKTABINING O’RNI
01.06.2023 373
Annotatsiya: Ushbu maqolada Hanafiylik mazhabi asoschisi Abu Hanifa rohimatullohi alayhining hayotlari, ilk ilmiy faoiliyatlari va mazkur faoliyatlarida sahobalar asos solgan Kufa fiqh maktabining o’rni va ahamiyati, sahobalar orasidan Abu Hanifa...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry