10.06.2022
549

Hajdagi ayollarga xos masalalar

 

Har birimizga ma’lumki, islomning beshinchi rukni bo’lgan haj ibodati  shartlari topilib, qodir bo`lish bilanoq ayollarga ham erkaklarga farz bo`lgani kabi farzdir. Haj ham moliyaviy, ham jismoniy ibodat bo`lib, bu amal mashaqqatli kechadi, ayniqsa ayollar uchun. Islom shariatida ayollarning nozik tabiati, jismining erkak jismidan farqli ekanligi, o’ziga xos fitrati har bir ishda, hatto ibodatda ham e’tiborga olingan. Haj ham shular jumlasidandir. Shuning uchun ham fiqhiy mo’tabar manbaalarda bu haqida alohida ma’lumotlar berilgan. Quyida yaqin zamondoshimiz, faqih Mahmud Tahmozning “Al- fiqhul Hanafiy fiy savbihil jadid” kitobining “haj” bobida keltirilgan ma’lumotlari bilan tanishamiz.

Hajda ayollarga xos hukmlar:

Ayol kishi hajda bir necha hukmlar bilan erkaklardan farqlanadilar. Quyida ularni jamlab keltiramiz:

1. Ehromda: ayol kishi ehromda o’z kiyimida qoladi, tikilgan narsa, maxsi va paypoq kiyadi. Boshini o’raydi va talbiya aytishda ovozini baland ko’tarmaydi. Ya’ni, erkaklarga tikilgan kiyim mumkin bo’lmagan bo’lsa, ayol kishi ehromdaligida tikilgan kiyimlardan istaganicha kiyishi joiz. Ayollarga ehrom holatida biror maxsus kiyim kiyishlariga hukm qilinmagan. Erkaklar boshlarini ochib yurishlari shart bo‘lsa, ayollar yopib yurishlari shart hisoblanadi. Lekin yuzlarini yopishga ruxsat yo‘q. Shuningdek, ayol “labbayka”ni baland ovozda emas, balki o‘zi eshitadigan qilib aytadilar. 

2. Tavofda: erkaklar kabi raml qilmaydilar va yelkasini ochmaydilar.

Olomonda hajarul asvadni istelom qilmaydi va shuningdek maqomi Ibrohimda ham izdihom paytda namoz o’qimaydi. Chunki, tavof qilish asnosida raml qilish ayollarga sunnat hisoblanmaydi. Shuningdek agar ayollar tavof qilayotgan paytlarida ayollar hayz ko‘rib qolsalar, o‘sha zahoti tavofini to‘xtatib, pok bo‘lganlaridan keyin tavofini qaytadan qiladilar.

3. Sa’yda: Olomon ko’p bo’lgan vaqtda Safoning tepasiga chiqmaydilar. Ikki yashil chiroq orasida qadamlarini tezlatmaydilar. Chunki Safo va Marva tepaligini sa’y qilayotgan paytda ikki ustun orasida yugurish ayollar uchun sunnat emasdir.

4. Ayol kishi izdihomdan qo’rqib, Muzdalifada turishni tark etsa unga jazo yo’q. Ya’ni, buning uchun ayolga jarima bo`lmaydi.

5. Shuningdek ayol kishi hayz yoki nifos sababli ziyorat tavofini kechiktirsa, unga jazo yo’q. Ya’ni jarima vojib bo’lmaydi.

6. Jamorotga tosh otishda olomdan havfsiragan holda, ayol kishi uchun mustahab vaqtdan boshqasida, hatto kechasi bo`lsa ham, tosh otishda makruhlik yo`q.

7. Hayz va nifos sababli vido tavofini tark qilsa unga jazo yo’q. Haji haj hisoblanaveradi.

8. Ayol kishi sochini qirmaydi balki qisqartiradi. Ehromdan chiqish vaqtida sochining pastidan to‘liq bir barmoq miqdorida kesishi kifoya qiladi.

9. Hajga faqatgina mahrami yoki turmush o’rtog’i bilangina yo’lga chiqadi. Shuningdek, ayol kishiga agar taloq iddasida yoki eri vafot etganligi sababidan iddada o’tirgan bo’lsa, haj yoki umra ziyoratiga chiqish harom bo’ladi. Shunga qaramay, agar mahramsiz borib haj qilsa, zimmasidan farz haj soqit bo‘ladi. Lekin o‘zi qattiq gunohkor bo‘ladi. Ammo, bugungi kunda Islom dini ulamolari ziyoratchilar guruhi tarkibida tashrif buyuruvchi katta yoshdagi ayollarga mahramsiz haj qilish joizligi haqida fatvo berganlar. Saudiya Arabistoni hukumati ushbu fatvolardan kelib chiqqan holda mazkur ayollar yoshini 46 yosh va undan yuqori deb belgilagan.

Xadichai Kubro ayol-qizlar o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi

4-kurs tolibasi Mehrinoz Qodirova

Другие новости

Sajdai sahvga bog‘liq bo‘lgan masalalar
11.01.2024 171
#Sahv sajdasi🔸Imomning adashishi bilan imomga ham, muqtadiyga ham sahv sajdasi vojib bo‘ladi. Agar imomga ergashgan muqtadiy adashsa, sajda vojib emas.🔸Muqtadiy namozga kechikib kelgan bo‘lsa, imom salom bergandan keyin qolgan rakatni...
Подробнее
Sahv sajdasini vojib qiladigan sabablar
09.01.2024 197
🔹Agar farz namozining avvalgi ikki rakatida yoki ikki rakatning birida adashib "Fotiha" surasini o‘qimasa🔹Shuningdek, nafl va vitr namozlarining biror bir rakatida adashib "Fotiha" surasini o‘qimasa🔹Farz namozining avvalgi ikki rakatida qiroat...
Подробнее
IMOM ABU HANIFANING FAQIH SIFATIDA SHAKLLANISHIDA KUFA FIQHIY MAKTABINING O’RNI
01.06.2023 372
Annotatsiya: Ushbu maqolada Hanafiylik mazhabi asoschisi Abu Hanifa rohimatullohi alayhining hayotlari, ilk ilmiy faoiliyatlari va mazkur faoliyatlarida sahobalar asos solgan Kufa fiqh maktabining o’rni va ahamiyati, sahobalar orasidan Abu Hanifa...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry