10.06.2022
152

Libos – ichki dunyo ko‘zgusi

Libos – ichki dunyo ko‘zgusi

          Kiyim insonning moddiy ehtiyojlaridan bo‘lib, u insonning kayfiyati, ruhiyatini, ichki olami- manaviyatini va qay darajada tarbiyali ekanini ko‘rsatadi hamda tabi, didi, feli, va tabiati haqida tasavvur uyg‘otadi.

“Muridning pirin so‘rmoq, deydilar,odat emas

Orifona bir nazar qil,kisvatidin belgili”

Bayti kiyimiga qarab insonning maqomini bilish mumkinligiga ishora qiladi.[1]

Insonning kiyinishi uning ichki manaviy dunyosining sirtda aks etishidir. Qaysi insonda uyat hayo or-nomus kabi tushunchalar bo‘lsa, o‘sha inson o‘z obro‘sini saqlaydigan, boshqalarning nafratini qo‘zitmaydigan holatda kiyinadi. SHu va boshqa ko‘pgina mulohazalarga ko‘ra Islomda kiyim-boshga alohida etibor berilgan.

 Alloh taolo Arof surasida shunday marhamat qiladi

  “Ey Odam bolalari!Batahqiq ,biz sizlarga avratingizni to‘sadigan libos va ziynat libosini tushirdik. Taqvo libosi-ana o‘sha yaxshidir. Ana o‘shalar Allohning oyat(belgi)laridandir. Shoyadki, eslatma olsalar” (26-oyat)[2].

            Insonni hayvondan ajratib turadigan alomatlardan biri ham libosdir.Odamning avrati – aybini berkitib turishi uchun Alloh taolo unga libos ato qilgan. Libosning zaruriyati kishi avratini o‘zgalardan pinhon tutishidadir. Lekin Alloh insonning avratdan boshqa azolarini ham to‘sish ehtiyoji borligini inobatga olib, libosni ziynat tarzida nozil qildi. Shu bois libosni o‘z o‘rnida, yani shariatga muvofiq kiygan insongina ziynatli hisoblanadi. Ammo eng asosiy libos asl libos taqvo libosidir. SHuning uchun ham Alloh taolo oyatda:

“Taqvo libosi – ana o‘sha yaxshidir”,demoqda.

         Agar oddiy libos badanning avrat joylarini to‘sib jismni ziynatlasa, taqvo libosi manaviy avratlarini to‘sib inson qalbini ziynatlaydi. Agar insonning kiyim-boshi jismidagi avratlarini pinhon tutib unga ziynat bag‘ishlasa-yu, taqvo libosi yirtilib ma’naviy avratlari ochilib tursa, bundan yomoni yo‘q. Hozirgi kunda ko‘pchilik o‘z taqvo libosi bashangligini davo qilib, ustki avratlarining ochilib qolganiga etibor bermaslikka chaqiradi. Bu johillikdan o‘zga narsa emas. Agar kimning taqvo libosi o‘rnida bo‘lsa albatta jismoniy libosi ham durust bo‘ladi.

 Abu Homid G‘azzoliy “Qalb ajoyibotlari” nomli kitobida ko‘rkam va qimmatbaho kiyimlarga o‘chlik shaytonning inson qalbini zabt etish uchun kiradigan eshiklaridan biri ekani haqida yozgan. 

     Shayx Shabiy aytadi:  “Ahmoqlar ustingdan kulmaydigan va faqihlar (shariat bilimdonlari) ayblamaydigan kiyimni kiy” . Umar ibn Xattob: “Kiyimning dag‘al va eskirganini kiyinglar”, deganlar. Bu zot masjid minbarida xutba o‘qiyotganlarida ustlarida ettita yamoq solingan ko‘ylak bor edi.

     Alisher Navoiy “Mahbubul-qulub” asarida bunday yozgan: “Erkaklarning o‘zini ko‘z-ko‘z qilish uchun yasanishi xotinlarning oroyish uchun bezanishlari kabidir. Ammo bu kabi bezanmoq har ikkalasi uchun ham nomunosib, xususan, erkaklar uchun sharmandalikdir”.

     Odobimizda ayniqsa ayollarning kiyinishiga katta etibor bilan qaralgan. Ularning yuzi ikki qo‘l kaftidan boshqa hamma joyi uyatli (avrat) bo‘lgani uchun u begona nazarlardan yashirilishi va kiyinish ham shunga munosib bo‘lishi lozim.[3]

  Boshqa sohalarda bo‘lgani kabi, kiyinish borasida ham musulmon inson avvalo halol-haromga etibor berishi lozim bo‘ladi. Uning kiyadigan kiyimi halol kasb bilan topilgan bo‘lishi va uni kiyish sharan xarom bo‘lmasligi kerak.

                                                                      Ta’lim muassasasi o‘qituvchisi   Mahamatxonova Muxlisa

 

 

 


 

[1]https://qadriyat/uz

[2]Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф.Тафсири ҳилол.-Тошкент.Ҳилол-Нашр. 

[3] Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф. Ижтимоий Одоблар.- Тошкент . Ҳилол-Нашр.

Другие новости

Xalqaro tinchlik kuni
21.09.2023 2
Xalqaro tinchlik kuni har yili 21-sentyabrda nishonlanadi. Bu kun 1981-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan butun dunyoda tinchlik va zo‘ravonlikdan voz kechishni targ‘ib qilish maqsadida ta’sis etilgan. Dastlab, bayram...
Подробнее
Ўзбекистон ва Европада виждон эркинлигининг қиёсий таҳлили
20.09.2023 2
Диний ташкилотнинг давлатдан ажратилиши принципи бошқа шаклда ҳам намоён бўлиши мумкин. Европада бундай тизим диний ташкилотга қарши кураш жараёнлари натижаси сифатида шаклланди. XIX аср давомида Францияда давлат-дин муносабатлари ҳамкорликдан бутунлай...
Подробнее
Qurbonlik kunlari yaqinlashib kelayotgani munosabati bilan ESLATMA!
26.06.2023 45
#Zulhijja#Arafa#Qurbonlik#ESLATMAQurbonlik kunlari yaqinlashib kelayotgani munosabati bilan ESLATMA! Musulmon birodarim, muslima singlim! Qurbonlikka so‘yiladigan jonivorlarni masxaralaydigan surat, izoh, latifa yoki yozuvlarni tarqatishdan ehtiyot bo‘ling. Zero, qurbonlik Alloh taoloning shiorlaridan biridir. Alloh...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2023 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry