14.06.2022
265

TAHORATNING TIBBIY FOYDALARI

           

Xitoy olimlarining fikrlariga qaraganda, inson tanasida 700 dan ziyod biologik faol nuqtalar mavjud. Ulardan 66 nafari esa kuchli ta’sir etadigan, sarbon nuqtalar hisoblanadi. 66 nafar nuqtalardan 61tasi esa tananing tahorat payti albatta yuviladigan hududlarida joylashgan ekan. Xullas, har bir musulmon kishi tahorat olish jarayonida ushbu biofaol nuqtalarga gidromassaj (suvli uqalash), harorat va fizik ta’sir etish kabi qator davo muolajalari majmui bilan ijobiy ta’sir etar ekan. Zamonaviy tib olimlari tahoratning quyidagi tibbiy foydalari mavjudligini e’tirof etishmoqda.                                                Birinchidan, tahorat olishga chog’lanilganda qilingan niyatning o’ziyoq, kishini ziqlik — stress kabi zararli omillardan xalos etar ekan. Demak insonlarda stress holati ko’paygan hozirgi davrda tahorat ajoyib davo bo’lar ekan. Ikkinchidan, yuzni yuvish teri termoreseptorlariga salqinlatuvchi ijobiy ta’sir o’tkazibgina qolmas ekan. Yuz yuvilganda oshqozon-ichak, peshob qopchasi, asab tizimi va jinsiy qobiliyat “quvvatlanar” ekan. Bosh og’rig’i barham topar ekan. Uchinchidan, qo’llarni tirsak bilan yuvish jarayonida shu hududdagi biofaol nuqtalarga ijobiy ta’sir etilar ekan. Natijada hayot tonusi oshishi, yurak tinchlanishi, qon aylanishining kuchayishi, jinsiy faoliyat  quvvatlanishi, o’pkalarning me’yorda ishlashi ro’y berar ekan. To’rtinchidan, o’ng oyoqni yuvish suyak tizimi, ichaklarni, asab, bel, oshqozon, me’da osti bezi, o’t pufagi, qalqonsimon bez, quyoshsimon tomirlar chigali faoliyatini me’yorlashtirib, ulardagi dardlarni bartaraf etadi. Beshinchidan, chap oyoqni yuvish esa bosh miya tubida joylashagan gipofiz boshqa ichki sekresiya bezlarini boshqarib turadigan, o’sish jarayoni va jinsiy bezlar faoliyatiga bosh-qosh bo’ladigan a’zo faoliyatini maromida bo’lishiga salmoqli hissa qo’shar ekan. Oltinchidan, quloqlarni yuvish ham muhim ahamiyatga molik. Zero, quloq supralarida joylashgan ko’plab biofaol nuqtalar butun tananing “boshqarish pulti” ga tenglanadi. Quloqdagi bu nuqtalarni silash, uqalash yoki yuvib ta’sirlantirish barcha ichki a’zolar faoliyatini me’yorlashtirar ekan. Xafaqon dardida qon bosimini pasaytirish, allergiyaga barham berish, tish va tomoq og’riqlarini qoldirish ham quloqdagi biofaol nuqtalarga bog’liqligi aniqlangan. Yettinchidan, og’iz bo’shlig’ini, tishlarni mukammal yuvish ham tahoratning tarkibiy qismlaridan hisoblanadi. Olimlar og’iz bo’shlig’i mikroblarga boyligi jihatidan jinsiy a’zolardan so’ng ikkinchi o’rinda turishini isbotlashgan. Bu sermikrob a’zo o’z “qo’shini”ni tananing boshqa hududlariga ham muntazam yo’llab turishi bilan o’ta xatarli hisoblanadi. Og’izni yuvish, tishlarni misvoklab tozalash esa bu xatarga barham beradi.                                              Shuningdek oyoq barmoqlari orasini o’ta izchillik bilan yuvish zamburug’li kasalliklarga chalinish xavfining oldini oladi. Qolaversa, bu faol nuqtalarga tegish, ta’sirlantirishning ham o’z mezon, o’lchovi bor. Shifobaxsh ta’sir etish darajasi esa fiqhiy risolalardagi talabga muvofiq keladi.                             Tahorat natijasida tanada uch muhim tibbiy mo’jiza yuz beradi:

a) vujudda birikkan elektronlar chiqarib tashlanadi va ular ta’sirida bo’layotgan jismoniy og’irlashuv yo’qoladi;                            b) umumiy qon aylanishidagi kamchiliklar tuzaladi, qarish sekinlashadi; Sirkulyasiya — yurakdan to’qimalarga, to’qimalardan yurakka ikki taraflama oqim tizimidir. Ayniqsa, to’qimalarda bu tizimning ulovi tomirlar qildan ham ingichka naychalar holida ishlab turadi.                                     v) sog’liqni saqlash tizimida asosiy negiz hisoblangan limfa (organizmda qon bilan to’qimalar o’rtasida modda almashinuvini ta’minlovchi suyuqlik) aylanishi eng yaxshi saviyada bo’ladi. Inson vujudining umumiy himoyalanish sistemasi oq qon aylanishi orqali bo’ladi. Biz bilgan tomirlarga nisbatan benihoya ingichka bo’lgan kapillyar naychalar “lenfosit” nomli oq qon hujayralarini to’qimalarning eng chekka-chekkalarigacha olib boradi. Vujudning qay yerida bir makruh, bir begona narsa, chunonchi saraton (rak kasali) hujayrasi bor bo’lsa bu mayda jangchilar o’zidagi qo’rqinchli zaharlar bilan uni o’ldiradilar. Bir makruhli kasallikka uchrash, saratonga duchor bo’lish bu mudofaaning biron yerda bo’shashib qolishi demakdir. Mana shu limfa tomirlarining sog’lom ishlashi uchun ham tahorat kerak bo’ladi, chunki bu, ularni hayratomuz ne’matlar bilan ta’minlaydi. Qo’l, oyoqlarning yuvilishi vujud markazidan uzoq bo’lgan muchalardagi qildan nozik tomirlarda limfa aylanishi tezligini oshiradi. Undan tashqari, limfa tizimining eng muhim qismi bo’lgan yuz, bo’g’iz va buruning yuvilishi bu sistema uchun bir massaj (uqalash) va kuchlantirish omili bo’ladi. Bu uch hodisa asosan, tahorat va g’usl qilayotganda yuz berishi ochiq-oydin tasdiqlangan. Demak, har birimiz atrofimizdagilarga tahoratni o’rgatish bilan ularga beixtiyor tibning beqiyos saboqlarini ham o’rgatar ekanmiz. Shubhasiz tibbiyotning asl asoslaridan biri tahoratdir.                                 Shu o’rinda tahoratda sunnat amallardan bo’lgan misvok tutishning foydalari haqida so’z yuritamiz. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilingan hadisda Payg’ambar sollallohu alayhi vasallam: “Misvok og’izni poklovchi va Robbni rozi qiluvchidir” dedilar.  G’arblik olimlarning ta’kidlashicha, dunyo tarixida kishilarni tishni tozalab yurishga birinchi bo’lib amr qilgan kishi Muhammad sollallohu alayhi vasallamdirlar. Og’izni pok tutish inson sog’ligi uchun qanchalik zarur ekanini g’ayrimusulmonlar endigina tushunishdi. Taom yegan, turli ichimliklar ichgan odamning og’zida, tishlarida qolgan chiqindilar o’z vaqtida tozalab turilmasa, bemorlik va zararga sabab bo’lishi endi hammaga ma’lum. G’arblik olimlarning ta’kidlashlaricha, dunyo tarixida kishilarni tishni tozalab yurishga birinchi bo’lib amr qilgan kishi Muhammad sollallohu alayhi vasallamdirlar. Ha, Islom dini hali hech kim tish yuvish nima ekanini bilmasidan avval musulmonlarning tishlarini tozalab yurishlarini sunnati muakkadaga aylantirib qo’ygan edi.

Xadichai Kubro ayol-qizlar o’rta maxsus islom                                                                           bilim yurti 3-kurs talabasi To’raqulova Laziza

Другие новости

KONSTITUTSIYA – MAMLAKATIMIZDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN DEMOKRATIK YANGILANISHLAR POYDEVORI.
08.12.2023 170
Mustaqil O'zbekiston Konstitutsiyasining qabul qilinishi ayni milliy qadriyatlarimizni, adolatli fuqarolik jamiyati, demokratik huquqiy davlat qurish, bozor munosabatlariga o'tish yo'llarini belgilab berdi.O'zbekiston Konstitutsiyasi huquqiy tizimimizning tayanch poydevoridir. Uning barcha qonunlarimiz uchun...
Подробнее
Jaholatga qarshi ma’rifat
19.11.2023 285
Bugungi kunda muqaddas islom dinimizning insonparvarlik g‘oyalarini targ‘ib etish, “Jaholatga qarshi – ma’rifat” tamoyili asosida unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni sog‘lom e’tiqod ruhida tarbiyalash yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.Diniy bag‘rikenglik va millatlararo...
Подробнее
Bag'rikenglik millat tayanchi
08.11.2023 276
O'zbekiston zaminida qadim zamondan islom dini bilan boshqa dinlar yonma-yon yashab, rivojlanib va bu jamiyatning ma'naviy yuksalishiga muayyan hissa qo'shdi.Hozirgi kunga kelib, respublikamizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry