16.06.2022
472

Usulut-Tafsir, ta’vil va tafsir orasidagi farq

Usulut-Tafsir, ta’vil va tafsir orasidagi farq

     "Usulut tafsir"ilmiga ta’rif berishdan oldin "usul"va "tafsir" so‘zlariga izoh keltiramiz. "Usul"arabcha so‘z bo‘lib, "asl"– narsalarning asosi, poydevori degan ma’noni anglatadi. "Tafsir"so‘zining lug‘aviy ma’nosi bir narsani sharhlab, bayon qilish bo‘lib, istilohda Qur’oni karim maʼnolarini batafsil tushuntirib berishga aytiladi. Bu ikki ta’rifdan kelib chiqib "Usulut tafsir" faniga "Alloh kalomini tafsir qilish o‘rganiladigan, ixtilof yuzaga kelganda murojaat qilinadigan qoida va asosiy tushunchalar (majmui)", deb ta’rif berilgan.

     Ta’riflarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, "Usulut tafsir" fani faqatgina Qur’oni karim oyatlari ma’nosini o‘rganishga doir qoidalar jamlanmasi ekani ravshan bo‘ladi. "Qur’on ilmlari" fani esa umumiy bo‘lib, Qur’onning tarixi, grammatik jihatlari, qiroat qoidalari, tafsiri kabi turli jihatlarni o‘rganuvchi fandir.

     Aslini olganda, tafsir usullari fani Qur’on ilmlari fanining bir qismi sifatida rivojlangan va keyinchalik bu borada alohida kitoblar yozilgan. Ular orasidagi farq haqida gap ketganda boshqa boshqa ilmlar haqida emas, balki bir fanning ichidagi asosiy qismining o‘ziga xos jihatlari haqida mulohaza yuritiladi.

     Qur’on ilmlari, tafsir fani tarixi barcha islomiy ilmlar singari Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo sollalohu alayhi vasallamga va sahobai kiromlar davriga borib taqaladi. Payg‘ambarimiz alayhissalom sahobalarga ular uchun tushunish qiyin bo‘lgan oyatlarni sharhlab, tushuntirib berar edilar. Buni quyidagi voqea orqali tushunishimiz mumkin:

"Imon keltirgan va imonlariga zulm (shirk)ni aralashtirmaganlar – aynan o‘shalarga xavfsizlik (bordir) va ular hidoyat (to‘g‘ri yo‘l) topgan zotlardir" oyati nozil bo‘lganda, sahobalar kim ham o‘ziga zulm qilmaydi, ey Rasululloh, dedilar. Ya’ni oyatdagi "zulm" so‘zidan aynan nima nazarda tutilayotganini tushunolmadilar. Shunda U Zot sollallohu alayhi vasallam "zulm" so‘zini tafsir qilib, bundan shirk nazarda tutilayotganini aytadilar va: "Alloh  taoloning "Albatta, shirk – katta zulmdir", deganini o‘qimaganmisizlar", dedilar.

     "Qur’on ilmlari" fanining shakllanish davri va kitoblar shaklida yuzaga kelishi hadis ilmiga nisbatan ancha keyinroqdagi davrga to‘g‘ri kelgan. Hijriy ikkinchi asr hadis ilmining tadvin davri deb e’tibor qilinadi. Ushbu asrda muhaddislar tomonidan hadis to‘plamlari kitob shakliga keltirila boshlangan. Ularda tafsirga taalluqli  ilmlar ham joy olgan bo‘lsada, qur’onshunoslik yoki tafsirshunoslikdagi alohida qadam deb bo‘lmas edi. Ayrim ulamolar Qur’oni karim tafsiriga doir hadislarni to‘plash bilan mashhur bo‘lishgan. Bunga Yazid ibn Horun as-Sulamiy (v. 117 y.h.), Sho‘ba ibn Hajjoj (v. 160 y.h.) rahmatullohi alayhlarni misol tariqasida keltirish mumkin.      

     "Qur’on ilmlari" fani alohida ilm sifatida hijriy uchinchi asrda shakllana boshlagan. Birinchilardan bo‘lib Ali ibn Madaniy (Imom Buxoriyning ustozi. v. 234 y.h.) Abu Ubayd al-Qosim ibn Sullam (v. 224 y.h.), Ibn Qutayba (v. 276 y.h.) Qur’on karim terminlariga xos kitob tadvin etishgan. Hijriy to‘rtinchi asrda Muhammad ibn Xalaf ibn Marzbon (v. 309 y.h.), Abu Bakr Muhammad ibn Qosim Anbariy (v. 328 y.h.), Abu Bakr Sijistoniy (v. 330 y.h.) fanga doir kitoblar yozishgan. Keyingi asrlarga kelib esa ushbu ilmga doir ta’lifotlar ko‘pchilikni tashkil eta boshlagan.

"Ta’vil" so‘zi lug‘atda "qaytish" ma’nosini anglatadi. Istilohda esa bir lafzning ma’nosini burish va uni zehnga ilk keladigan ma’nodan boshqa ma’noga yoki kuchli ma’nodan kuchsiz ma’noga qaytarishdir. Agar o‘sha burish va qaytarish dalil, isbot bilan bo‘lsa, u sahih ta’vil, bo‘lmasa, buzuq ta’vil bo‘ladi. Kalom qaytadigan haqiqat ta’vil deyiladi (ya’ni so‘zdan ko‘zlangan haqiqat ta’vil deyiladi. Tarj.). Xabarning ta’vili – berilgan xabarning ayni o‘zidir. Amrning ta’vili – buyurilgan ishning o‘zidir. Bu xuddi Oisha roziyallohu anhodan qilingan quyidagi ma’noga o‘xshaydi: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ruku’larida "Subhanakallohumma Robbana va bihamdika, Allohummaig‘fir li", deya Qur’onni ta’vil qilar edilar". Ya’ni Qur’onda qilingan amrni bajarar edilar.

Alloh taolo:

هَلْ يَنظُرُونَ إِلَّا تَأْوِيلَهُۥ ۚ يَوْمَ يَأْتِى تَأْوِيلُهُۥ يَقُولُ ٱلَّذِينَ نَسُوهُ مِن قَبْلُ قَدْ جَآءَتْ رُسُلُ رَبِّنَا بِٱلْحَقِّ

     “Ular uning ta’vilini kutmokdalar, xolos. Uning ta’vili kelgan kunda ilgari uni unutganlar: "Robbimizning rasullari haq ila kelgan ekanda... " derlar", degan (A’rof surasi, 53-oyat).

Ya’ni «Alloxning kalomining haqiqati va tasdig‘i kelgan kunda», deganidir.

Mufassirlar kalomidagi ta’vil tushunchasi:

     Bu – kalomni uning zoxiriga to‘g‘ri keladimi – yo‘qmi, tafsir qilish va uning ma’nosini bayon qilishdir. Bu – ma’ruf istilohdir. 

3-A kurs talabasi Vahobova Madina

Другие новости

QUR'ON O'QUVCHINING ODOBI
18.11.2023 266
Qur'on o'quvchi odamlar orasida joylashganda ham, yo'lg'iz qolganida ham Allohga taqvo qilib, tilini befoyda so'zlardan tiyadi, nojoiz narsalarga qaramaydi, qalbida musulmonlarga hasad, gina-qudrat saqlamaydi.Qur'on o'qigan odam foydasiz ishlarga aralashmaydi, vaqtni...
Подробнее
Qur'on mo'jizalari
20.07.2023 331
O'zining kalomini to qiyomatga qadar mo'jiza o'laroq nozil qilgan Alloh taologa cheksiz hamd-u sanolar, Qur'oni Karim u zotga eng katta mo'jiza qilib berilgan Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamga salovat-u salomlar...
Подробнее
QARGʻALAR
08.06.2023 351
Qur’oni karim nozil qilinganiga 14 asrdan oshgan bo‘lsa-da, har kuni undagi biror voqea bilan bog‘liq ilmiy kashfiyotlar e’lon qilinmoqda. Albatta, 14 asr avval aytilgan gaplarning ilmiy haqiqati haligacha topilayotgani bu...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry