Muhkam va mutashobih tushunchasi
Qur’oni Karimda muhkam va mutashobih oyatlar borligi, muhkam oyatlar kitobning asli ekani quyidagicha bayon qilingan:
هُوَ الَّذِي أَنْزَلَ عَلَيْكَ الْكِتَابَ مِنْهُ آيَاتٌ مُحْكَمَاتٌ هُنَّ أُمُّ الْكِتَابِ وَأُخَرُ مُتَشَابِهَاتٌ
«U senga kitobni tushirgan Zotdir. Unda muhkam – oydin oyatlar ham bor va ular kitobning aslidir va mutashobih (oyat)lar ham bor» («Oli Imron» surasi, 7-oyat).
Ushbu oyatga ko‘ra, e’tiqodiy hukmlarda ham, amaliy hukmlarda ham asosiy tayanch kitobning asli bo‘lgan muhkam oyatlar hisoblanadi.
Muhkam lug‘atda «ochiq-oydin», «aniq-ravshan» maʼnolarini anglatadi.
Muhkamning istilohiy ma’nosi to‘g‘risida ko‘plab ta’riflar berilgan bo‘lib, ularning eng mo‘‘tabar va mashhurlaridan biri Lomishiy rahmatullohi alayhning quyidagi ta’rifidir:
ما أحكم المراد به قطعا ولا يحتمل إلا وجها واحدا
«Iroda qilingan ma’nosi qat’iy ravishda ochiq-oydin bo‘lib, faqat bitta ma’noning ehtimoli bo‘lgan oyatlar muhkam deyiladi».
“Mutashobix” so‘zi esa, o‘xshash, birini biridan ajiratish qiyin, bir necha ma’nolarni anglatadigan, degan ma’nolarni bildiradi. Qur’oni Karim oyatlari ham muhkam va mutashobihga bo‘linadi. Buning o‘zi alohida btr ilim bo‘lib, Qur’on ilimlari fani bo‘yicha mutaxassis ulamolar buni maxsus o‘rganadilar. Biz o‘rganiyotgan oyati karima xuddi shu mavzuda so‘z yuritmoqda.
Quroni Qarimda kelgan muhkam – oydin oyatlarning ma’nolari ravshan, tushinilishi ham oson. “Ular kitobining aslidir”, ya’ni o‘sha muhkam oyatlar Qur’onning aslini tashkil qiladilar. Shubilan birga, Alloh iroda qilgan hukumat uchun Qur’onda mutashobih – bir-biriga o‘xshash ma’nolarni bildiradigan, turilicha ma’noga burish mumkin bo‘lgan oyatlar ham bor. Lekin bular juda ham oz bo‘lib, kishilarning iymonini sinashga xizmat qiladilar.
“Qalblarida hidoyatdan og‘ish borlar fitna maqsadida va uni ta’viyl qilish maqsadida undan matashobih bo‘lganiga ergashadir”.
Demak, aslida e’tiqodi buzuq kishilarni fosh qilishda mutashobih oyatlar ish berar ekan. Qalbida marazi bor, hidoyatdan organ bunday kishilar aqiyda va shariatning nozik usullarini ochiq-oydin bayon qilib bergan muhkam oyatlarni bir chetga surib qo‘yib, royibdan eshitish orqali sobit bo‘ladigan xabarlarga, turli ma’nolarga dalolat qiladigan mutashobih oyatlarga fitna qo‘zish, uni ta’viyl qilish maqsadida ergashar ekanlar. «Ta’viyl» so‘zi biror so‘z yoki tushunchani sirtqi ma’nosidan boshqa ma’noga ko‘chirish, degan ma’noni anglatadi. Qalblarida hidoyatdan og‘ish bor bo‘lgan mazkur kishilar mutashobix, oyatlarni o‘zlariga qurol qilib olib, fitna qo‘zish uchun o‘z havoi nafslariga muvofiq ta’viyl qiladi-lar. Va holbuki, mutashobih oyatlarning ta’viylini hamma ham bilavermaydi:
«Uning ta’viylini Allohdan boshqa hech kim bilmas».
Mutashobih oyatlarning haqiqiy ta’vilini faqat Alloh taoloning O’zigina biladi. Shuning uchun, mo‘min-musulmon kishilar mutashobih oyatlarning ta’viyliga mashg‘ul bo‘lmasdan, uni Allohtaoloning o‘ziga havola etishlari kerak.
“Ilmda sobit bo‘lganlar esa: unga iymon keltirdik, barchasi Robbimiz huzuridandir, derlar”.
“Ilmda sobit bo‘lganlar” bandalar ichida ilmning oliy darajasiga yetgan ulamolardir. Ular ilmda sobit bo‘lganlari uchun ko‘p narsadan boxabar bo‘ladilar va shu boisdan ham: Mutashobihga iymon keltirdik, barchasi(ya’ni, oyatlarning barchasi) muhkami ham, mutashohibi ham Robbimiz huzuridandir, deydilar. Darhaqiqat, zo‘r olimlar o‘zlarining ilmiy chegaralarini aniq tushunib yetadilar, Allohning ilmi chegarasiz ekanini yaxshi biladilar. Hamda o‘rni kelganda hech ikkilanmay, o‘zlarining ojiz joylarini e’tirof qiladilar. Ammo haqiqiy ilmdan bebahra, chalasavod kishilar esa, o‘zlari bilgan ozgina narsani dunyodagi bor ilm - shu, deb tushunadilar va undan boshqa hamma narsani inkor etib, o‘zini ham, o‘zgalarni ham ovora qiladilar. Ushbu haqiqatlarni:
“...faqat aql egalarigina eslarlar”. Bunday narsalardan aql egalarigina va’z-nasihat va ibrat oladilar.
Alloh taoloning sifatlari bobidagi tafviyz, avvalgilarga ko‘ra, sifat jihatidan emas, balki avvalgilar sifatlarning ma’nosini bilgan va sifatlari haqidagi bilimlarni Alloh taologa topshirgan. Demak, sifat - bu ularga ma’nosi emas, balki noma’lum narsa, shuning uchun ular sifatlarni tasdiqlashdi, ularni topshirishmadi.
“Va bu Alloh taologa dinlanishimizdagi haq tafviyzdir”
Istivo-ma’lumdir lekin uning kayfiyati noma’lumdir.
إِنَّ رَبَّكُمُ ٱللَّهُ ٱلَّذِى خَلَقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ فِى سِتَّةِ أَيَّامٍ ثُمَّ ٱسْتَوَىٰ عَلَى ٱلْعَرْشِ يُغْشِى ٱلَّيْلَ ٱلنَّهَارَ يَطْلُبُهُۥ حَثِيثًا وَٱلشَّمْسَ وَٱلْقَمَرَ وَٱلنُّجُومَ مُسَخَّرَٰتٍۭ بِأَمْرِهِۦٓ ۗ أَلَا لَهُ ٱلْخَلْقُ وَٱلْأَمْرُ ۗ تَبَارَكَ ٱللَّهُ رَبُّ ٱلْعَٰلَمِينَ
54. «Albatta, osmonlaru yerni olti kunda yaratgan, so‘ngra arshni egallagan Robbingiz Alloh kecha ila kunduzni qoplaydir. Unisi bunisini shoshilib quvlaydir. Quyosh, oy va yulduzlarni O’z amriga bo‘ysundirilgan qilib yaratdi. Ogoh bo‘ling, yaratish va amr qilish Uning O’ziga xosdir. Olamlarning Robbi – Alloh buyukdir.
Islom aqiydasiga ko‘ra, Alloh taolo o‘xshashi yo‘q Zotdir. Zotining, sifatining, amallarining ham monandi yo‘q. Kim uni biror narsaga qiyoslashga urinsa, kofir bo‘ladi. Shu boisdan, ushbu oyatda kelgan va Allohga nisbat berilgan hodisalar, oyatda kelganidek, Allohning O’ziga xos ravishda bo‘lgan, deb tushuniladi. Ularni biror narsaga qiyoslashga urinish ayni gunoh. Nega, nima uchun deb so‘rash ham mumkin emas.
«Albatta osmonlaru yerni olti kunda yaratgan...»
Alloh taolo osmonlaru yerni yaratgani haq. Ammo, qanday usulda yaratganini bilmaymiz. Demak, o‘ziga xos bo‘lgan yaratish tadbiri bilan yaratgan. Ularni olti kunda bunyod etganligi ham haq. Ammo, bu kunlar qanday kunlar ekanini bilmaymiz. Bilishga imkonimiz yo‘q. Bu kunlar ham Alloh taoloning O’ziga xos bo‘lgan kunlardir.
«...so‘ngra arshni egallagan Robbingiz».
Alloh taolo arshni egallagani ham haq. Ammo, qanday, nechukegallash ekanini bilmaymiz.Bu haqda so‘rab-surishtirmaymiz ham.O’tgan salafi solihlarimiz bunday masalalarni qo‘ziganlarni bid’atchi, buzg‘unchi, fitnakash, deb ataganlar va ba’zilarini jazolashga hukm qilganlar.Qur’oni Karimda shu ma’noda bir qancha oyati karimalar kelishi e’tiboridan ushbu jumla haqida har bir musulmon bilishi lozim bo‘lgan ba’zi ma’lumotlarni keltirish maqsadga muvofiqdir.
Abul Hasan al-Ash’ariy va Abu Mansur al-Moturudiy kabi buyuk allomalar aqiydaning sofligini saqlab qolish uchun katta xizmat qildilar. Boshqa nozik masalalar qatori Alloh taoloning sifatlariga oid masalada ham hal qiluvchi yechim topdilar. Buzg‘unchilar, Allohning Arshga istivo qilishi, unga barobarlashishidir, degan bo‘lsalar, xalaf - keyingi ulamolirimiz, yo‘q, unda Allohga nuqson nisbati berilgan bo‘ladi, shuning uchun, istivoni Alloh taoloning boshqa barkamol sifatlariga mos ravishda tushunmoq kerak, dedilar. Shu tariqa, istivo - quvvat va sulton ila ega bo‘lmoqdir, degan ta’viyl qilindi. Bunda ham xuddi salafi solihlarga o‘xshab Alloh taoloni turli nuqsonlardan poklash qasd qilingandir. Ham salaf, ham xalaf ulamolarimizning maqsadlari bir bo‘lgan. Faqat maqsadga yetish uchun o‘z zamonlariga va sharoitlariga mos yo‘l tutishgan, xolos. Siz bilan bizlar ham bu masalada juda ehtiyot bo‘lib, ixtilof qilmay ish tutmog‘imiz lozim. Yuqorida sanalgan hodisalardan tashqari, yagona Robbimizning qudratiga, san’atiga, yaratuvchanligiga dalolat qiluvchi, biz ko‘zimiz bilan ko‘rib, o‘rganib xulosa chiqarib olishimiz lozim bo‘lgan son-sanoqsiz mo‘‘jizalar tevarak-atrofimizda istalgancha bor.
“Robbingiz kecha ila kүndүzni koplaydir”.
Chor atrof yop-yorug‘ kunduz edi. Ammo, bu yorug‘lik sahnini kecha-tun qoplab oldi. Kim buni qildi? Albatta, Alloh qildi. Buni Undan boshqa hech kim qila olmaydi. Yerni ma’lum sur’atda aylanadigan, shu tufayli kecha kunduzni o‘rab kelaveradigan qilib qo‘ygan Zot Allohdir. Ammo, ko‘z o‘ngida doimo bir me’yorda takrorlanib turadigan bu amaliyotni barpo qiluvchini inson unutib qo‘yadi. Uning nazarida, bu ulkan hodisa o‘z-o‘zidan sodir bo‘layotganga o‘xshab tuyuladi. Ammo, diqqat-e’tibor bilan nazar solsa, har doim kecha kunduzni shoshib quvlayotganini anglab yetadi: ya’ni, «Uni shoshilib quvlaydir». Shu holning o‘ziyoq Alloh ta oloning Biru Borligiga dalil emasmi? Faqat, inson bir oz e’tibor qilib, nazar tashlasa, bo‘ldi. Darhol anglab yetadi. Alloh:
«Quyosh, oy va yulduzlarni O’z amriga bo‘ysundirilgan qilib yaratdi».
Ularni O’zi yaratdi va ularga faqat O’zi amr-iroda qiladi. Ha, Quyosh ham, Oy ham, yulduzlar ham qanchalik ulkan, qancha ko‘p bo‘lmasinlar, ularni Alloh yaratdi va ularning ustidan faqat Allohning O’zi hukm yurgizadi. Ular esa, Uning amriga so‘zsiz bo‘ysunadilar. Shuningdek, inson zotini ham Alloh taolo xalq qilgan va faqat uning Uzigina ularga amr kilishga haqli.
3-A kurs talabasi Vahobova Madina