17.06.2022
601

Xamrning harom ekanligiga dalillar

 

Islomda har bir mast qiluvchi haromdir. Xamr lug’atda “to’sish”, “berkitish” degani. Chunki xamr aqlni to’suvchi bo’lib, uni iste’mol qilgan inson to’g’ri fikrlashdan ojiz bo’lib qoladi. Bu esa o’z o’rnida jinoyatlar sodir etishni yengil qilib qo’yadi va bunday sabablar insonni halokatga olib borib qo’yadi. Shuning uchun islomda mast qiluvchilarning bari, ayniqsa xamr harom qilingan.

Alloh taolo Nahl surasi 67-oyatida shunday deydi:

  “Va xurmo va uzumlarning mevalaridan mast qiluvchi narsa va go’zal rizq olursiz. Darhaqiqat, bunda aql yuritguvchilar uchun albatta oyat- belgi bordir.

Xamr to’rt bosqichda harom qilingan bo’lib, bu oyat birinchi bosqichi hisoblanadi. Bu oyatda biror bir hukm joriy bo’lmagan. Balki, shu narsalarda rizq borligini bayon qilib, ichkilikka qarshi targ'ibotning avvali edi. Bu zararli odatlarni sekin-asta bartaraf etilishi uchun shunday yo'l tutilgan.

Ikkinchi bosqichda Alloh taolo shunday degan: 

“Sendan xamr va qimor haqida so‘rarlar. Sen: “Ikkisida katta gunoh va kishilar uchun manfaat bor va gunohlari naflaridan kattadir”, deb ayt. Va sendan nimani nafaqa qilishni so‘rarlar. Sen:“Ortiqchasini”, deb ayt. Alloh shundoq qilib sizga O‘z oyatlarini bayon qiladi. Shoyadki, tafakkur qilsangiz” ("Baqara" surasi, 219-oyat)

Bundan ochiq-oydin ko'rinib turibdiki, albatta xamrda manfaat ham bor, biroq hamrning gunohi ko'proqdir. Xamrning maanfati uni sotib, daromad topishdir. Uning zararlari esa aqlni to'sishi. Shu bilan insonlarning oilasi, turmush tarzi, axloqi, ruxiy holatiga katta zarar beradi. Bu esa o'z o'rnida yomon rizq ekanligiga dalolat qiladi.

Uchinchi bosqichda bu oyat nozil bo’lgan:

“Ey iymon keltirganlar! Mast holingizda to aytayotgan gapingizni biladigan bo‘lmaguningizcha, namozga yaqinlashmang va junub holingizda ham to g‘usl qilmaguningizcha. Magar yo‘ldan o‘tuvchi bo‘lsa, mayli. Agar bemor yoki safarda bo‘lsangiz yoki sizdan biringiz tahoratxonadan kelsa yoxud ayollarga yaqinlashgan bo‘lsangiz-u, suv topa olmasangiz, pokiza tuproq bilan tayammum qiling. Bas, yuzingizga va qo‘llaringizga mas'h torting. Albatta, Alloh afv va mag‘firat qiluvchi zotdir” ("Niso" surasi, 43-oyat).

Shu bosqichda xamr haqidagi birinchi hukm mast holatda namozga yaqinlashmaslikka amr bordir. Oyat nozil bo'lgach, o'sha davrda aroq ichish anchaga qisqargan edi. Bu esa ijtimoiy illatni anchagina yo'q qilganiga dalolatdir. 

To’rtinchi bosqichda esa Alloh taolo Moida surasi 90-oyatni nozil qildi:

 “Ey iymon keltirganlar! Albatta, xamr, qimor, butlar va (fol ochadigan) cho’plar shayton amalidan bo’lmish ifloslikdir. Bas, undan chetlaning. Shoyadki, zafar topsangiz".

Bu xamr haqida nozil bo'lgan so'nggi oyat bo'lib, hamr ichishni kufr keltiradigan ammalarga tenglashtirilgan. Kelajakda iymon keltirganlar qabih ishlardan uzoqda bo'lishi uchun qo'yilgan mustahkam poydevordir. 

Keling endi xamr haqida hadislarda kelgan xabarlarni bilib olsak. 

“Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Abu Ubayda, Abu Tolha va Ubay ibn Ka’blarga (endigina rang kirgan) xom xurmo va quritilgan xurmodan qilingan hamrni quyib berayotgan edim. Bas, ularning oldiga bir odam kelib:

“Albatta, xamr harom qilindi”, dedi.

Shunda Abu Tolha: “Ey Anas, tur, uni to’kib yubor!” dedi.

Men uni to’kib yubordim”. 

Bu hadisdan sahobalrning buyruq va qaytariqlariga qanday tez vaqtda amal qilishgani yaqqol ko'rinib turibdi. Xamr harom qilindi degan gapni eshitiboq zudlik bilan uni to'kib yuborishgan. Chunki ular ham o'sha davrda hamrning insonga zararli taraflarini bilishgan. 

Xamr also shifo bo’la olmaydi. Bunga Nabiiy sollallohu alayhi vasallamning so’zlari yaqqol dalil bo’ladi:

“Toriq al-Jo’fiy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

“U kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan xamr haqida so’raganida, u zot u kishini u narsadan qaytardilar yoki u narsani tayyorlashini yoqtirmadilar. Shunda U: "Men uni davo uchun tayyorlayman”, dedi." 

“U davo emasdir. U darddir", dedilar". 

Xamrni har qanday holatda insonlar o’z maanfatlari uchun iste’mol qila olmasliklarini bu hadisda ochiq-oydin kelgan. Chunki tibbiyotda ham xamrning ta'na a'zolariga qanchalar zarar keltirishini fanda isbotini topgan. Shuning uchun mo'min-musulmon odam har doim o'zini harom qilingan narsalardan  tiyishi va Allohning buyruqlariga itoat qilib yashashi zarur. 

Xadichai kubro ayol qizlar o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi 4-kurs talabasi Axmedjonova Komila

Другие новости

Sajdai sahvga bog‘liq bo‘lgan masalalar
11.01.2024 172
#Sahv sajdasi🔸Imomning adashishi bilan imomga ham, muqtadiyga ham sahv sajdasi vojib bo‘ladi. Agar imomga ergashgan muqtadiy adashsa, sajda vojib emas.🔸Muqtadiy namozga kechikib kelgan bo‘lsa, imom salom bergandan keyin qolgan rakatni...
Подробнее
Sahv sajdasini vojib qiladigan sabablar
09.01.2024 199
🔹Agar farz namozining avvalgi ikki rakatida yoki ikki rakatning birida adashib "Fotiha" surasini o‘qimasa🔹Shuningdek, nafl va vitr namozlarining biror bir rakatida adashib "Fotiha" surasini o‘qimasa🔹Farz namozining avvalgi ikki rakatida qiroat...
Подробнее
IMOM ABU HANIFANING FAQIH SIFATIDA SHAKLLANISHIDA KUFA FIQHIY MAKTABINING O’RNI
01.06.2023 374
Annotatsiya: Ushbu maqolada Hanafiylik mazhabi asoschisi Abu Hanifa rohimatullohi alayhining hayotlari, ilk ilmiy faoiliyatlari va mazkur faoliyatlarida sahobalar asos solgan Kufa fiqh maktabining o’rni va ahamiyati, sahobalar orasidan Abu Hanifa...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry