Sababi nuzulning ahamiyati
Sababi nuzulni bilish oyati karimalarning manolarini bilish, tushunishga katta ta’sir etadi. Shuning uchun ulamolardan ko‘pi buni bilishga kirishgan va u haqida kitoblar yozib, yoritib birishgan. Sababi nuzullarni o‘zining fikriga qarab bilish imkonsiz, balki u haqida sahih rivoyat yoki kimdandir eshitilgan xabar bo‘lishi kerak. Sababi nuzulni bilishning sahih naqldan boshqa yo‘li yo‘qdir.
أخرجه الواحدي عن عبد الله بن عباس رضي الله عنه عنهما قال:قال رسول الله صلى الله عليه وسلم "اتقوا الحديث الا ما علمتم، فانه من كذب على متعمدا فليتبوا مقعده من النار".
Vohidiy Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
“Rosululloh sollallohu alayhi vasallam: “O‘zingiz bilmagan gapni gapirishdan saqlaning. Kim menga nisbatan yolg‘on gapirsa, do‘zahdagi o‘rniga tayyorlanaversin. Kim qur’onga nisbatan yolg‘on gapirsa, do‘zahdagi o‘rniga tayyorlanaversin”, dedilar”.
Oyati karimalarning ma'nosini tushunishlikda sababi nuzulini bilish ahamiyatlidir.Shuning uchun ulamolar sababi nuzullarni bilishlikka katta e'tibor qaratdilar. Ko'plab ulamolar asarlar yozish orqali uni yoritib bergan.
Sababi nuzul haqida asar tasnif qilganlardan peshqadami Ali ibn Madaniy bo'lgan( Imom Buxoriy r.a ning ustozlari). Bu fandagi eng mashhur kitob alloma Vohidiyning "Asbabun nuzul" kitobidir. Shuningdek, bu xususda Shayxul Islom Ibn Hajar rohmatullohi alayhi va alloma Syutiy katta va to'la kitob ta'lif qildilar va uni "Libabun nuquli fi asbabin nuzuli" deb nomladilar.
Ulumul Qur'onda bu nav' ya'ni sababi nuzul katta ahamiyatga ega chunki ba'zi oyatlarni faqatgina ushbu ilm bilan bilish mumkin.Misol uchun Alloh taoloning quyidagi qavli:
لَيْسَ عَلَى الَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ جُنَاحٌ فِيمَا طَعِمُوا إِذَا مَا اتَّقَوا وَّآمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ ثُمَّ اتَّقَوا وَّآمَنُوا ثُمَّ اتَّقَوا وَّأَحْسَنُوا ۗ وَاللَّهُ يُحِبُّ الْمُحْسِنِينَ
Iymon keltirganlar uchun, agar taqvo qilib, iymon keltirib, yaxshi amallarni qilgan bo‘lsalar, so‘ngra taqvo qilib, iymon keltirsalar, keyin taqvo qilib ehson qilsalar, yeb-ichganlarida gunoh yo‘qdir. Zotan, Alloh ehson qiluvchilarni sevadir. Moida surasi 93 - oyat
Bu oyatdan xamr ichish muboh degan ma'no tushunilib qolinadi. Ba'zi johillar shunday o'ylashadi va oyatni dalil qilib xamr muboh deyishadi. Ular sababi nuzulini bilganlarida unday deb to'qib chiqarmagan bo'lardilar. Bu oyat xamr oyati bilan birga nozil bo'lgan. Aslida boshqacha bo'lgan:
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِنَّمَا الْخَمْرُ وَالْمَيْسِرُ وَالْأَنصَابُ وَالْأَزْلَامُ رِجْسٌ مِّنْ عَمَلِ الشَّيْطَانِ فَاجْتَنِبُوهُ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ
Ey iymon keltirganlar! Albatta, xamr, qimor, butlar va (fol ochadigan) cho‘plar iflosdir. Shaytonning ishidir. Bas, undan chetda bo‘ling. Shoyadki, najot topsangiz. Moida surasi 90-oyat Shu oyatdan so'ng sahobalar : "Bizdan xamr ichib yurganlardan vafot etishgani borku endi ularning ichgani nima bo'ladi?" deyishganda Moida surasinig 93-oyati nozil bo'lgan. Bu xamr harom bo'lishidan oldin vafot etgan odam haqida nozil bo'lgan va ularga gunoh yo'qdir.
Moida surasining 90-oyati xamr ichishning haromligini qat'iy qildi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ashoblaridan bir kishi aytdilar: “Alloh yo'lida jang qilib vafot etgan lekin xamr ichganlar nopoklikda o'tgan bo'ladimi? ularning holi nima kechadi?” dedilar.
So'ngra harom qilinishidan oldin xamr ichganning hukmini bayon qilib oyati karima nozil bo'ldi. Albatta Alloh taolo ularni afv etdi. Unga gunoh va jazo bo'lmaydi chunki Alloh taolo bandasini Islomdan oldingi yoki harom bo'lishidan oldingi narsalar uchun jazolamaydi. Oyat mana shunday tushuniladi.
4-kurs talabasi Rahimjonova Rayhona