16.01.2022
299

“Maslak ul-Muttaqin”da “Sajdai sahv” bayoni

So‘fi Ollohyorning “Maslak ul-muttaqin” asari fiqh, aqida va odob-axloq masalalari yoritilgan katta ahamiyatga ega manba sanaladi. Unda fiqhiy masalalarning taqvo va odob jihatlari ham e‘tiborga olingan bo‘lib, asar ta‘lif qilinishida yuzdan ortiq fatvo kitoblaridan foydalanilgan. Asar fors tilida bo‘lib, u xalqimiz orasida qadimdan mo‘tabbar asar sifatida e‘tirof etiladi. Asardan madrasalarda darslik sifatoda ham foydalanilgan.

So‘fi Ollohyorning “Maslak ul-muttaqin” asarida boshqa masalalar qatorida “sajdai sahv” masalasi ham keng yoritilgan. Asarda “sajdai sahv" masalasiga oid quyidagi ma‘lumotlar keltiriladi: “Fatavoyi Abul Lays” quyidagilarni bayon qiladilar “Har kishi vojibni qasddan tark qilsa gunohkor bo’lib, namozi nuqson bilan tamom bo’ladi. Agar unitib tark qilsa sajdai sahv bilan to’g’ri bo’ladi”. “Saloti Mas’udiy” da aytadilar:” Vojibni qasddan tark qilsa, sajdai sahv bilan ko’tarilmaydi, gunohkorlik boqiy turadi”. “Muxtasar Viqoya” da aytadilar: “Sajdai sahv vojib bo’lgan odam qa’dai oxirda o’tirib, Attahiyyotni o’qib, bir tarafga salom berib, ikki sajda qilsin”. “Sharhi Avrod”da “Kofiyd” dan naql qiladilar: “ Ommai buzruklarni qavli shulki, ikki tomonga salom bersa so’ng sajdai sahv bo’lmas”. “Zaxiyra”da ham shunday. “ Hidoya” da sahih rivoyat shuki, ikki tarafga salom berib so’ng sajdai sahv qilsin”. “Yanobe” da ham shunday. “ Sirojiyya” da; “ Agar imom bo’lsa bir tarafga salom berib, tanho bo’lsa bir tarafga salom berib, tanho bo’lsa ikki tarafga salom berib so’ng sajdai sahv qilsin. So’ng yana attahiyotni o’qib yana salom bersin. Lekin sahvdan oldin attahiyotni o’qisin, salovatni o’qimasin” .” Sharhi Avrod” da, “ Nisobul Ihtisob”da,”Xulosa” da xuval muxtordir. Va yana “ nisob” da masbuq imom bilan sajdai sahv qilgandan so’ng attahiyyotni va salovatni va duoni o’qisin, deb sahhih rivoyat bilan aytiptilar. Agar masbuq sajdai sahvdan so’ng bularni o’qimasdan tursa makruh bo’ladi. “ Sharhi Avrod” da aytadilar: “ Agar sajdai sahv qilgandan keyin o’tirmay turib ketsa, “ Xulosa” da namozi durust deptilar, ammo makruh bo’lur, zeroki sajdai sahv salomidan keyin o’tirmoq farz emas”. “ Muxtasari “ Viqoya” da aytadilar “ agar kishi ruknni kechiktirsa, yoki vojibni o’zgartirsa sajdai sahv lozim bo’lur. Va yana ruknni takror qilsa, yoki o’zgartirsa sajdai sahv vojib bo’ladi”. “ o’zgartirgani shuki, tartibni tark qilsa, ya’ni rukudan oldin sajda qilsa, zeroki, tartibga rioya qilish vojibdir”. “ Hidoya” da aytadilar: “ Masalan bir kishi bir rakatda ikki kelar farzni tartib bilan qilmog’i vojibdir. Masalan bir sajda qilsa, so’ng bir sajdasi qolgani zohir bo’lsa, ikkinchi rakatda uch sajda qilsin”. “ Kofiy” da aytiladi: “ Qiyomni ruku va sajdadan oldin qilish lozimdir”. Bu mas’ala namozning vojibi faslida keladi. Kechiktirsh, agar avvalgi qa’dada o’tirib, attahiyyotni o’qiboq turmay, bir nimani ziyoda qilsa, sajdai sahv vojib bo’ladi. “ Sharhi Avrod” va “ Xulosa” da attahiyyotdan so’ng “ Allohumma solli a’la Muhammadin”, desa, sajdai sahv lozim bo’ladi. Huval Muxtordir. Imomi A’zam aytadilar: “ Ikki harf ziyoda bo’lsa sajdai sahv vojib bo’ladi”. Abu Ja’far aytdilar: “ Munchalik bilan vojib bo’lmas qiyos bilan, ammo istehzonda bunga fatvo debdilar. “ Abul Hasan Moturidiy “ Sirojiyya” da aytadilar: “ Salovatni “oli

Muhammadin” gacha aytsa, sajdai sahv lozim bo’lur. Bunga yetmasa lozim emas”. Ammo Sayyid imom lozim dedilar. “ Sharhi Avrod” da “ Targ’ibus- solatdan naql qilinadi: “ Asah rivoyat shuki, (salovatni) tamom qilmaguncha sajdai sahv vojib bo’lmas”. Takrori rukn, ikki ruku’ qilsa. O’zgarishining vojibi, jahriy namozni maxfiy yoki aksini qilsa. Kechiktirishning miqdori vojibning faslida o’tdi.

“ Hidoya” da aytiladi: “ Imom jahrni past o’qisa sajdai sahv lozim bo’ladi. Uning miqdorida ulamolar ixtilof qilganlar. Lekin sahih qavl shuki, namoz u bilan joyiz bo’ladigan qiroatni jahriy namozda past o’qisa yo aksini qilsa sajdai sahv lozimdir. “ Sharhi “ Avrod” da “ Honiyya” dan naql qilinadi: “ Jahrni past ( o’qisa) yo aksi xoh ko’p xoh oz bo’lsin, sajdai sahv lozimdir, bu zohir rivoyatdir. “ Xulosa” da Shamsul aimma bunga e’timod dedi. “ Hidoya” da “ Navodir” da ham shunday.

Agar kishiga sajdai sahv lozim bo’lsa, u sajdai sahvni unutib, namozni tugatmoq uchun salom bersa, keyin yodiga tushsa, agar bir ish qilmagan bo’lsa, yo gapirmagan bo’lsa, sajdai sahv qilsin. Agar so’zlagan bo’lsa sajdai sahv qilmas. Bu rivoyat “ Zaxiyra” da keltirilgan.

Duoi qunutdan avval sano o’qisa lozim bo’lmas, ammo qiroat qilsa lozim bo’ladi.

“ Sirojiyya” da aytiladi: “ namozda ikki uch sahv qilsa bir sajdai sahv bilan bo’ladi”. “ Muxtasar” ni sharhlarida aytiladi: “ Agar namozda necha rakat o’qiganiga birinchi marta shubha qilsa, salom berib, qaytadan niyat qilsin. Agar shubhani ko’p qiladigan bo’lsa, qaysi g’olib bo’lsa, shuni qilsin. Agar oxirgi qa’dada shubha bo’ladigan bo’lsa, o’tirsin so’ng yana bir rakat o’qisin, sajdai sahv bilan tugatsin.” “ Muzmarot” da aytiladi: “ Agar naflda yo sunnatda birinchi qa’dani tark qilsa, uchinchi rakatga sajda qilmagan bo’lsa, yana qa’daga o’tirsin. Agar sajda qilgan bo’lsa, “ Kifoyai Sha’biyd” da aytiladi: “ Namozi buzilmaydi, Shayxayn nazdida sahv lozim bo’ladi”. “ Xulosa” da Imom Muhammad nazdida namozi buziladi.

Xadichai Kubro ayol-qizlar o’rta maxsus

 islom ta’lim muassasasi o‘qituvchisi,

ToshDO‘TAU 1-kurs magistranti G. Kenjaboy

Другие новости

Sajdai sahvga bog‘liq bo‘lgan masalalar
11.01.2024 172
#Sahv sajdasi🔸Imomning adashishi bilan imomga ham, muqtadiyga ham sahv sajdasi vojib bo‘ladi. Agar imomga ergashgan muqtadiy adashsa, sajda vojib emas.🔸Muqtadiy namozga kechikib kelgan bo‘lsa, imom salom bergandan keyin qolgan rakatni...
Подробнее
Sahv sajdasini vojib qiladigan sabablar
09.01.2024 198
🔹Agar farz namozining avvalgi ikki rakatida yoki ikki rakatning birida adashib "Fotiha" surasini o‘qimasa🔹Shuningdek, nafl va vitr namozlarining biror bir rakatida adashib "Fotiha" surasini o‘qimasa🔹Farz namozining avvalgi ikki rakatida qiroat...
Подробнее
IMOM ABU HANIFANING FAQIH SIFATIDA SHAKLLANISHIDA KUFA FIQHIY MAKTABINING O’RNI
01.06.2023 373
Annotatsiya: Ushbu maqolada Hanafiylik mazhabi asoschisi Abu Hanifa rohimatullohi alayhining hayotlari, ilk ilmiy faoiliyatlari va mazkur faoliyatlarida sahobalar asos solgan Kufa fiqh maktabining o’rni va ahamiyati, sahobalar orasidan Abu Hanifa...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry