20.06.2022
357

Islomda aholining reproduktiv salomatligi masalasi

Islomda aholining reproduktiv salomatligi masalasi

Xohlagan bandasiga o’g’illarni  beradigan, xohlagan bandasiga qizlarni beradigan, ba’zi bandalariga o’g’il-qizlarni aralashtirib beradigan, ba’zi bandalarini esa tug’mas qiladigan Alloh taologa hamdlar bo’lsin.

Alloh taolo inson zotini ulug’lab, uni yerdagi xalifasi etib sayladi. Uning yerda yashab, hayot kechirishi uchun barcha shart-sharoit va qulayliklarni yaratib bergan. Insonning yer yuzida O’zi yaratgan ma’lum tizim asosida yashashini joriy qilgan. Insonlar mana shu Alloh bandalariga buyurgan hayot tarzi asosida yashasalar haqiqiy baxt saodatga erishadilar.

Ushbu joriy tizim erkak va ayollar oila qurib, birgalikda hayot kechirishlari, shu asosda o’zlaridan zurriyotlar qoldirib, ko’payishlari bilan bevosita bog’liqdir. Inson naslining yaratilganidan boshlab to qiyomatgacha bo’lgan nasl davomiyligi shunga asoslab qo’yilgan.

Insonning ota-onadan tug’ilib, voyaga yetishida Alloh taoloning ko’plab hikmatlari mavjud.

Reproduktiv salomatlik insonning nutfa holida otasining sulbidan paydo bo'lib, so'ngra onasining bachadonida homilaga aylanib, alaqa holatida, undan keyin muzg'a, so'ngra izom holatida bosqichma-bosqich rivojlanib tirik vujud holiga keladigan jarayonlarni, farzandning ota-onasi sog'ligini, tug'ilajak farzand sog'ligini ta'minlash uchun insonlar tomonidan ishlab chiqilgan tizimdir. 

Islom shariati bo'lsa bu tizimni Alloh taolo Odam alayhidsalomni tuproqdan yaratib, so'ngra barcha xaloyiqni uning sulbidan paydo bo'ladigan qilib qoygandan boshlab, rivojlanib, o'ta mukammal va puxta ko'rinishda biz ummatlarga sevikli payg'barimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning sunnnatlari orqali dasturi amal bo'lib yetib kelgan.

          Islomda reproduktiv salomatlik yo'nalishi borasida quyidagi masalalar yoritiladi:

  • Har bir inson sog'lig'iga e'tibor berish orqali ota-onaning salomatligiga erishish;
  • Farzandni halol, shar'iy nikohdan, pok nasabdan tug'ilishini ta'minlash;
  • Homilador ayollarni odatdagi holatdan ko'ra ko'proq e'zozlash, ularni asrab-avaylash, homiladorlik muddatini osuda, xavf-xatarlarsiz o'tishini ta'minlash;
  • Bolani hech qanday asoratlarsiz sog'lom tug'ilishi, tug'ish paytida onaga ham, bolaga ham ozor yetkazmaslik;
  • Bola tug'ilganidan keyin uni ona suti bilan emizib katta qilish;
  • Bolaga ism qo'yish, tanglayini ko'tarish, qulog'iga azon aytish, sochini olish, aqiqa qilish va boshqalar.

      Islom dini ulamolari reproduktologiya sohasidagi asosiy tamoyillarni atroflicha o'rganib, sohaning barcha vazifa va maqsadlarini Islom tarozisida o'lchab, o'z fikrlarini bildirib o'tishgan. Bu borada ko'plab bahs va tortushuvlardan keyin misulmonlarga ilm va manfaat bo'ladigan ko'plab fatvolar berishgan. Bu orqali bugungi rivojlangan zamonamizda, musulmonlar o'z dinlarini o'rganib, unga amal qilishlari, o'z islomiy hayot tarzlarida sobit qadam turishlaro, harom va halol narsalar bir-biriga nihoyatda aralashib ketgan zamonda bu ikkisini farqini yaxshilab ajratib olishlari uchun shunga tegishli bilinlarni puxta egallashimiz zarur

Reproduktologik salomatlik sohasidagi diniy bilimlar ham hayotimiz bioan chambarchas bog'liq bo'lganligi sababli ham bu  boradagi bilimlarimizni mistahkamlash orqali Alloh bizga joriy qilgan shar'iy hayot tarzimizni to'g'ri yo'lga qo'ya olamiz. Chunki Islomning asosiy vazifasi insonni bu dunyo hayotida ham,oxirat hayotida ham haqiqiy baxt saodatga erishtirishdir. 

 

Xadichai Kubro ayol-qizlar o'rta

Maxsus ta'lim muassasasi 3-kurs talabasi

Mamatova Omina

 

 

 

Другие новости

KONSTITUTSIYA – MAMLAKATIMIZDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN DEMOKRATIK YANGILANISHLAR POYDEVORI.
08.12.2023 170
Mustaqil O'zbekiston Konstitutsiyasining qabul qilinishi ayni milliy qadriyatlarimizni, adolatli fuqarolik jamiyati, demokratik huquqiy davlat qurish, bozor munosabatlariga o'tish yo'llarini belgilab berdi.O'zbekiston Konstitutsiyasi huquqiy tizimimizning tayanch poydevoridir. Uning barcha qonunlarimiz uchun...
Подробнее
Jaholatga qarshi ma’rifat
19.11.2023 285
Bugungi kunda muqaddas islom dinimizning insonparvarlik g‘oyalarini targ‘ib etish, “Jaholatga qarshi – ma’rifat” tamoyili asosida unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni sog‘lom e’tiqod ruhida tarbiyalash yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.Diniy bag‘rikenglik va millatlararo...
Подробнее
Bag'rikenglik millat tayanchi
08.11.2023 276
O'zbekiston zaminida qadim zamondan islom dini bilan boshqa dinlar yonma-yon yashab, rivojlanib va bu jamiyatning ma'naviy yuksalishiga muayyan hissa qo'shdi.Hozirgi kunga kelib, respublikamizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry