20.06.2022
320

Ijara va uning shartlari

Ijara va uning shartlari

“Ijara” -  lugʻatda “ajr, berilgan haq” maʼnosini bildiradi.  
Sharʼiy istilohdagi maʼnosi – oʻzi aniq yoki sifati aniq boʻlgan biron shaxs yo narsadan maʼlum ishga yoki maʼlum muddatga maʼlum haq evaziga muboh foydalanishga tuzilgan bitimdir. 
Ijaraning toʻgʻri, halol-pok boʻlishi uchun bir qancha shartlar mavjud boʻlishi lozim. 

1. Ijarada ishtirok etuvchi taraflarda mavjud boʻlishi lozim shartlar: 
A) Ijara aqdi tuzuvchi oqil boʻlishi kerak.  
Majnun va aqli toʻlishmagan yosh bolaning tuzgan ijara aqdi oʻtmaydi. 
B) Hanbaliy va Shofeʼiy mazhablari, balogʻatga yetgan boʻlishi ham shart, deganlar.  
Hanafiy mazhabida yosh bolaga oʻz mulkida tasarruf qilishga izn berilgan boʻlsa, uning tuzgan ijara aqdi ham joiz. Boʻlmasa, valiysining ruxsatiga bogʻliq boʻladi, deyilgan. 
Ijara qilingan narsadagi shartlar: 
A) Ijara qilingan narsa nizoni man qiladigan darajada maʼlum boʻlishi shart. Bunda, undan keladigan manfaat ochiq-oydin boʻlishi, shuningdek muddati, ishga oid boʻlsa qiladigan ish ham aniq-ravshan boʻlishi shart. Undan keladigan manfaat ochiq-oydin boʻlishi shart deganimiz, misol uchun, birov ushbu ikki uydan birini senga ijaraga berdim, desa ijara durust boʻlmaydi. Chunki, manfaat beradigan mahal aniq emas. Keyin nizo chiqishi turgan gap. 
Muddat aniq boʻlishi shart, deyilganida ham xuddi shu sabab koʻzda tutilgan. Muddat maʼlum boʻlmasa manfaat noaniq boʻladi, keyinchalik nizo kelib chiqadi. 
Ijara ishga oid boʻlsa, qilinadigan ish ochiq-oydin boʻlishi shart, deyilganda ham ayni shu hikmat koʻzda tutilgan.  
Birovni qiladigan ishini aniq aytmay ishga olishda ham noaniqlik bor, keyin nizo kelib chiqishi mumkin. Avvalo ish nimadan iborat ekanligi aniq aytilishi kerak. U ish qurilishmi, qassobchilikmi, dehqonchilikmi yoki boshqami aniq boʻlishi shart. Keyin esa oʻsha ishning miqdori va sifatiga ham kelishib olinadi. Senga falon pul beraman, bitta chuqur qazib berasan, deyish bilan ish bitmaydi. Chuqurning kengligi qancha, chuqurligi qancha, yerning qattiqligi va boshqa mayda-chuydalari ham kelishib olinib, ikki tomon rozi boʻlganidan keyin ish boshlanadi. 
B) Ijara qilingan narsa haqiqatda ham, shariatda ham foydalanish mumkin narsa boʻlishi kerak. Misol uchun, qochib ketgan ulovni ijaraga qoʻyish mumkin emas. Chunki, haqiqatda undan foydalanib boʻlmaydi. Shuningdek, hayz koʻrgan ayolni masjidni supurishga ishlatib boʻlmaydi. Chunki, shariatda hayzli ayolning masjidga kirishi mumkin emas. 
V) Ijara qilingan narsa sharʼan joiz boʻlishi shart. Gunoh boʻladigan narsalarga ijara qilib boʻlmaydi. Odam oʻldirish, harom ishlarni qilish, sehr oʻrgatish kabi ishlarga oʻxshash. 
G). Ijaraga qilinadigan ish ijaradan oldin, ish bajaruvchiga farz yoki vojib boʻlmasligi shart. Shuning uchun ham ijaraga namoz oʻqib, roʻza tutib va boshqa ibodatlarni qilib boʻlmaydi. Shuningdek Hanafiylarning “Oʻz zimmasidagi narsaga ijara haqqi olish joiz emas” degan qoidalari ham bor. Shuning uchun ayol oʻz uyi xizmatlari uchun eridan haq talab qilmaydi. Chunki, bu uning oʻz xizmatidir. 
D) Ijaraga ish qilgan odam oʻsha ishidan oʻzi manfaat olmasligi kerak. 
Shuning uchun ham toat-ibodatlarga ijara joiz emas. Chunki, ularni bajargan odam oʻzi birinchi oʻrinda manfaat oladi. Qur'on va diyniy bilimlar uchun ustoz yollash va unga haq berish mavzusi kelgusi maqolamizda batafsil yoritiladi.

 

Abdurahimova Muxlisa

Другие новости

KONSTITUTSIYA – MAMLAKATIMIZDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN DEMOKRATIK YANGILANISHLAR POYDEVORI.
08.12.2023 169
Mustaqil O'zbekiston Konstitutsiyasining qabul qilinishi ayni milliy qadriyatlarimizni, adolatli fuqarolik jamiyati, demokratik huquqiy davlat qurish, bozor munosabatlariga o'tish yo'llarini belgilab berdi.O'zbekiston Konstitutsiyasi huquqiy tizimimizning tayanch poydevoridir. Uning barcha qonunlarimiz uchun...
Подробнее
Jaholatga qarshi ma’rifat
19.11.2023 283
Bugungi kunda muqaddas islom dinimizning insonparvarlik g‘oyalarini targ‘ib etish, “Jaholatga qarshi – ma’rifat” tamoyili asosida unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni sog‘lom e’tiqod ruhida tarbiyalash yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.Diniy bag‘rikenglik va millatlararo...
Подробнее
Bag'rikenglik millat tayanchi
08.11.2023 274
O'zbekiston zaminida qadim zamondan islom dini bilan boshqa dinlar yonma-yon yashab, rivojlanib va bu jamiyatning ma'naviy yuksalishiga muayyan hissa qo'shdi.Hozirgi kunga kelib, respublikamizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry