21.06.2022
348

RAZOAT ORQALI HAROM BO’LADIGANLAR TOIFASI

 

Razoat lug`atda: Emizish degan ma`noni bildiradi.

Razoat istelohda: Bolani xos vaqtda emizishga razoat deyiladi.

Razoat nasabda harom bo`ladigan toifalarni harom qiladi. Nasabda harom bo`ladiganlarni Alloh taolo Qur’oni karimda zikr qilgan. Ammo razoatda harom bo`ladiganlarning barchasi Qur`oni karimda zikr qilinmagan bo`lsada, lekin Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislarida sobit bo`lgan.

Albatta,  nikoh muqaddas aloqadir. Albatta, bu aloqani to`g`ri holatda o`rnatish kerak. Buning uchun esa, uylanmoqchi bo`lgan inson o`ziga most juft tanlamog`i zarur. Tanlash jarayonida e`tibor berish farz bo`lgan shart - xotinlikka tanlayotgan ayolning nikohi, tanlovchi erkakka halol bo`lishi kerak. Islom shariati musulmon erkaklarga ayrim toifa ayollarga uylanishni harom qilgan. Mazkur toifalar ushbu oyatda, bundan oldingi va keyingi oyatlarda va Payg`ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadislarida bayon qilingan. Bu boradagi ilohiy ta`limot va amrlar shulardan iborat bo`ladi. Islomdan boshqa din va tuzumlarda ham ushbu masalada o`z ta`limotlari hukmlari bor. Ularning ba’zilari islomniki bilan to`g`ri kelsa, ko`plari noto`g`ridir. Ba`zi tuzumlarda Alloh harom qilgan toifadagi ayollarning nikohini halol qilishgan. Hatto,  onasiga uylanishga ham ruxsat berilgan. Boshqa bir tuzumlarda esa, qabilasi boshqa, tanasining rangi boshqa, tabaqasi boshqa yoki shunga o`xshash boshqa shartlar ila ayollarning nikohi harom qilingan. Islom esa, ulkan hikmatlarni e`tiborga olib, nasab aloqasi, emishlik aloqasi va qudachilik aloqasi tufayli ma`lum toifa ayollarning nikohini ma`lum toifa erkaklarga harom qilgan.

Sizlarga onalaringiz, qizlaringiz, opa-singillaringiz, ammalaringiz, xolalaringiz, aka-ukalaringizning qizlari, opa-singillaringizning qizlari, emizgan onalaringiz, emikdosh opa-singillaringiz, xotinlaringizning onalari, o`zingiz qovushgan xotinlaringizning qaramog`ingizdagi qizlari harom qilindi. Agar u (xotin) lar bilan qovushmagan bo`lsangiz, (qizlariga uylanishingizda) gunoh yo`q. Va pushtingizdan bo`lgan og`illaringizning xotinlari, opa-singilni qo`shib olmog`ingiz harom qilindi. Magar avval o`tgan bo`lsa mayli. Albatta, Alloh mag`firat qiluvchi va rahimli Zotdir. (Niso surasi, 23-oyat)

Nasab kimlarni harom qilsa, razoat ham o`shalarni harom qiladi. Emizuvchi ayolning eri tomonidan harom bo`lishligini sababi, albatta u ayolning suti eridandir. Barcha sahobalar, ulamolar nazdida haromlik sobit bo`ladi.

Oisha onamizdan rivoyat qilinadi: “Bir kuni emikdosh bo`lgan amakim kirishlik uchun mendan izn so`radi. Men Rosululloh sollollohu alayhi vasallamdan izn so`ramagunimcha izn berishlikdan bosh tortdim. Shu haqda Rosululloh sollallohu alayhi vasallamdan so`radim. Aytdilarki: “ Albatta u sening amakingdir”, dedilar. Men aytdimki: “Ey Rosululloh, meni ayol kishi emizgan, erkak kishi emas”. Rosululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilarki: “Albatta, u sening amakingdir”. Bu voqea hijob oyatidan keyin sodir bo`lgan edi.

Uqba ibn Horisdan rivoyat qilinadi: U Ihoba ibn Azizning qiziga uylandi. Bir xotin kelib aytdiki: “Uqbani ham xotinini ham men emizganman”,  dedi. “Siz xotinimni emizganingizni bilmayman, bu xabarni menga hech kim aytgani ham yo`q”. Shundan so`ng Uqba xotinining otasi Ihobaning uyiga bordi. Va ulardan so`radi. Ular aytdilarki: “Biz ham bilmaymiz”,  dedilar. Shundan so`ng Uqba Madinaga Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning yonlariga bordi va u Zotdan so`radilar. Rosululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar:  “Xotin aytadigan gapni aytib bo`libdi. Xotiningdan ajrashgin ey Uqba”. Uqba boshqa xotinga uylandi. Xotini ham boshqa erga tegdi.

Chunki Rosululloh sollallohu alayhi vasallamdan bir kuni emizishlikdagi guvohlik haqida so`raldilar. U zot: “Bitta odila ayol bo’ladi. Ayolga qasam ichirilmaydi. Unga guvoh keltir deyilmaydi. Albatta unga guvoh keltir deyishlik aybdir. Erkak bo`lmagan vaqtda ayolning guvohligi ham kifoya qiladi”,  dedilar.

 

 

“Xadichai Kubro” ayol-qizlar islom ta’lim muassasasi 3-kurs talabasi Abduqahhorova Nozima

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Другие новости

Sajdai sahvga bog‘liq bo‘lgan masalalar
11.01.2024 177
#Sahv sajdasi🔸Imomning adashishi bilan imomga ham, muqtadiyga ham sahv sajdasi vojib bo‘ladi. Agar imomga ergashgan muqtadiy adashsa, sajda vojib emas.🔸Muqtadiy namozga kechikib kelgan bo‘lsa, imom salom bergandan keyin qolgan rakatni...
Подробнее
Sahv sajdasini vojib qiladigan sabablar
09.01.2024 204
🔹Agar farz namozining avvalgi ikki rakatida yoki ikki rakatning birida adashib "Fotiha" surasini o‘qimasa🔹Shuningdek, nafl va vitr namozlarining biror bir rakatida adashib "Fotiha" surasini o‘qimasa🔹Farz namozining avvalgi ikki rakatida qiroat...
Подробнее
IMOM ABU HANIFANING FAQIH SIFATIDA SHAKLLANISHIDA KUFA FIQHIY MAKTABINING O’RNI
01.06.2023 382
Annotatsiya: Ushbu maqolada Hanafiylik mazhabi asoschisi Abu Hanifa rohimatullohi alayhining hayotlari, ilk ilmiy faoiliyatlari va mazkur faoliyatlarida sahobalar asos solgan Kufa fiqh maktabining o’rni va ahamiyati, sahobalar orasidan Abu Hanifa...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry