21.06.2022
335

Razoat sobit bo’lish muddati

 

Harom qiladigan razoat kichiklik holatda durust bo`ladi, ammo yoshi katta holatdagisi esa barcha sahobalar va ulomalar nazdida harom qilmaydi. Magar hamki Oisha onamizdan: “U kichikligida ham kattaligida ham harom qiladi”, degan so`zlari rivoyat qilingan. 

Ummu Salama roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: Payg`ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Emizishlik go`shtni o`stirsa va suyaklarni ajratsa, razoat sobit bo`ladi”. Bu narsa kattalikda emas, balki kichiklikda bo`ladi. Chunki kattalikdagi emizishlikdagi razoat go`shtni o`stirmaydi suyakni ajratmaydi ham. Yana boshqa bir hadisda esa. Payg`ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Razoat ichaklarni ajratgan narsadan sobit bo`ladi”. Kichiklikdagi razoat ichaklarni ajratadi, kattalikdagi razoat esa ichaklarni ajratmaydi. 

Ali, Abdulloh ibn Mas`ud va Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhulardan rivoyat qilinadiki. Ular aytdilar: “Razoatni ozi ham ko`pi barobardir”. 

Abdulloh ibn Umardan rivoyat qilinadiki. Abdulloh ibn Zubayrnining 1 bor emishlik harom qilmaydi degan so`zlari Addulloh ibn Umarga yetib borganda aytgan ekanlarki: “Allohning qazosi Abdulloh ibn Zubayrning qazosidan yaxshiroqdir”, deb bu oyatni o`qigan ekanlar: 

وَأُمَّهَاتُكُمُ اللاَّتِي أَرْضَعْنَكُمْ وَأَخَوَاتُكُم مِّنَ الرَّضَاعَةِ

Emizgan onalaringiz, emikdosh opa-singillaringiz harom qilindi”. (Niso, 23)

Endi razoat katta yoshdagini harom qilmasligi, kichkinanj  harom qilishligi sobit bo`lgan bo`lsa, razoat hukmida kichkina bilan kattani o`rtasini ajratuvchi chegaralarni bayon qilmoqlik lozimdir. Bunda ko`p ixtiloflar bordir.

Jumhur faqihlar (Molik, Shofi’iy va Ahmad) rahmatullohi alayhlar harom qilish hukmi unga taalluqli bo‘lgan va Payg‘ambarimiz alayhissalomning “nasabdan harom bo‘lganlar emizishdan ham harom bo‘ladi”, degan so‘zlarining dalili bilan nasabning o‘rniga joriy bo‘ladigan razo’at bu ikki yilning ichida bo‘ladigan narsadir deb fikr bildirganlar. Ular bunga Alloh taoloning “onalar farzandlarni to‘liq ikki yil emizadilar” so‘zi bilan va Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning Ibni Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilingan ushbu “razo’at faqat ikki yilda bo‘ladi” hadislari bilan dalillandilar.

Imomi Abu Hanifa rahimahulloh Alloh taoloning ushbu “uning homilani ko‘tarishi va sutdan ajrashi o‘ttiz oydir” so‘zining dalili bilan harom qiluvchi emizishning muddati ikki yarim yil deb fikr bildirdilar.

Alloma Qurtubiy rahmatullohi alayh aytdilar: “Sahih gap Alloh taoloning “onalar farzandlarni to‘liq ikki yil emizadilar” so‘zining dalili bilan birinchi gapdir. Bu ikki yildan keyin bola emishligi uchun hukm yo‘qligiga dalolat qiladi. Shuningdek, Payg‘ambarimiz alayhissalomning “razo’at faqat ikki yilda bo‘ladi” degan so‘zlarining dalili bilan birinchi gap sahihdir. Oyat bilan bu xabar va ma’no katta (ikki yoshdan keyin) kishining emishini hamda u uchun haromlik yo‘q (u narsa bola uchun mahramlikni sobit qilmas)ligini nafiy qiladi. Batahqiq, bunga Oisha raziyallohu anhodan hukm rivoyat qilindi. Bunga Lays ibn Sa’d roziyallohu anhu hukm qildilar. Abu Muso al- Ash’ariydan “kattaning (ikki yoshdan keyin) emishini ko‘rganliklari” va bu gapdan qaytganligi ham rivoyat qilindi.

 

Xadichai Kubro ayol qizlar islom ta’lim muassasasi 3-kurs talabasi Abduqahhorova Nozima

 

 

Другие новости

Sajdai sahvga bog‘liq bo‘lgan masalalar
11.01.2024 177
#Sahv sajdasi🔸Imomning adashishi bilan imomga ham, muqtadiyga ham sahv sajdasi vojib bo‘ladi. Agar imomga ergashgan muqtadiy adashsa, sajda vojib emas.🔸Muqtadiy namozga kechikib kelgan bo‘lsa, imom salom bergandan keyin qolgan rakatni...
Подробнее
Sahv sajdasini vojib qiladigan sabablar
09.01.2024 204
🔹Agar farz namozining avvalgi ikki rakatida yoki ikki rakatning birida adashib "Fotiha" surasini o‘qimasa🔹Shuningdek, nafl va vitr namozlarining biror bir rakatida adashib "Fotiha" surasini o‘qimasa🔹Farz namozining avvalgi ikki rakatida qiroat...
Подробнее
IMOM ABU HANIFANING FAQIH SIFATIDA SHAKLLANISHIDA KUFA FIQHIY MAKTABINING O’RNI
01.06.2023 382
Annotatsiya: Ushbu maqolada Hanafiylik mazhabi asoschisi Abu Hanifa rohimatullohi alayhining hayotlari, ilk ilmiy faoiliyatlari va mazkur faoliyatlarida sahobalar asos solgan Kufa fiqh maktabining o’rni va ahamiyati, sahobalar orasidan Abu Hanifa...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry