22.06.2022
377

Fiqhiy mazhablarga taqlid qilish

«Taqlid» soʻzi arab tilida bir narsani boʻyniga osib olishni anglatadi. Keyingi davrlarda bu so'zni koʻproq boshqaning amaliga oʻxshash amal qilish ma'nosida ishlatiladigan boʻlib qolgan. Usulul fiqh ulamolari ta’rifida: «Taqlid – soʻzi hujjat boʻlmagan shaxsning gapini hujjatini bilmasdan qabul qilib, amal qilishdir». Bunda «Taqlid qiluvchi kimsa oʻzi bilgan, ilmiga, taqvosiga oʻta ishongan olimning dindagi amali va gapini bo'yniga belgi alomati sifatida ilib oldi», degan ma'no bordir. Ta'rifdagi «soʻzi hujjat boʻlmagan shaxs» degan kalom ila Nabiy sollallohu alayhi vasallam bundan istisno boʻlmoqdalar. Chunki u zot alayhissalomning amallari va gaplari hujjatdir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga taqlid qilinmaydi, balki ergashiladi.

Avval aytib oʻtilganidek, ijtihod qilish darajasiga yetmagan shaxs mujtahidga  taqlid qiladi va mujtahidning  fatvosiga amal qiladi. Xuddi shu ishning hukmi haqida uch turli fikr aytilgan.

1. Ibn Hazm va unga o'xshash ba'zi kishilar: «Taqlid qilish mutlaqo joiz emas, balki har kim oʻzi ijtihod qilishi lozim», deydilar. Ulamolar bu gapni aql koʻtarmaydigan gap sifatida inkor qiladilar. Zotan, har bir odam mujtahid darajasiga yetishi mutlaqo mumkin emas.

         2. Taqlid qilish vojibdir. Barchaning ittifoqiga sazovor bo'lgan katta mujtahidlardan keyin ijtihod eshigi yopilgan va ijtihod qilish mumkin emas. Bu gapning egalari hijriy uchinchi asrdan keyin ijtihod eshigi yopilgani haqida ulamolarning qarori chiqqanini dalil qilib keltiradilar. Ushbu gap uzoq muddat hukm surgan qaror sifatida tanilgan va unda qattiq turilgan.

         3. Mutlaqo mujtahid bo'lmagan kishi uchun mujtahid olimlardan biriga taqlid qilish lozim boʻladi. Ba'zi fiqhiy masalalarda mujtahid bo'lsa ham, o'z ijtihodi ila aniqlayolmaydigan masalalarda taqlid qilish kerak boʻladi. Bu yoʻnalishning tarafdorlari quyidagi dalillarni keltiradilar:  Alloh taolo Nahl surasida aytadi: «Agar bilmaydigan bo'lsangiz, zikr ahillaridan so'ranglar» (43-oyat). Bu oyati karimada Alloh taolo bilmaganlarni bilganlardan so'rashga amr qildi. Bu esa odamlar ichida bilimlisi va bilimsizi boʻlishi muqarrarligiga dalolat qiladi. Bas, bilmagan kishi biladiganlardan oʻzi bilmagan masalani soʻrashi lozim boʻladi. Bu esa o'z navbatida bilimsiz kishi olimga taqlid qilishi vojibligini anglatadi. Ushbu oyatdan “hammaga taqlid vojib”, degan gap ham, “hammaga ijtihod vojib”, degan gap ham to'g'ri emasligi kelib chiqadi. 

         Sahoba va tobe’inlarning davrida mujtahid boʻlmagan kishilar oʻzlari bilmagan masalalarni mujtahid boʻlgan sahoba va tobe'inlardan soʻrar edilar. Mazkur mujtahid sahoba va tobe'inlar  soʻrovchilarga hech qanday inkor qilmasdan javob berar edilar. Agar ijtihod qilish hammaga lozim bo'lganida, soʻrovchilar savol bermas va so'ralganlar ularga “O’zingiz ijtihod qilinglar”, deb aytar edilar. Ushbu holat ijtihodga ilmi va qurbi yetmagan shaxs mujtahidga taqlid qilishi kerakligi haqida sahoba va tobe’inlarning ijmosi sobit bo'lganiga yaqqol dalildir. 

 Ijtihod qilishga har kim ham qodir boʻla olmaydi. Chunki bu ishni qilish uchun shar'iy dalillardan hukmlarni istinbot qilishga yetarli darajada aqliy quvvat lozim bo'ladi. Bu malakani Alloh taolo hammaga ham bergan emas. Agar qudrati yetmaydigan kishini ijtihod qilishga amr etilsa, uni qudrati yetmagan ishga taklif qilingan boʻladi. Shariatda esa bunday qilish joiz emas. Zotan, Alloh taolo “Baqara” surasida aytadi: “Alloh hech bir jonga imkoniyatidan tashqari narsa yuklamas”

 

         Xadichai Kubro ayol-qizlar

 islom ta’lim muassassi

4-kurs talabasi Yaxshiboyeva M.

 

Другие новости

Sajdai sahvga bog‘liq bo‘lgan masalalar
11.01.2024 177
#Sahv sajdasi🔸Imomning adashishi bilan imomga ham, muqtadiyga ham sahv sajdasi vojib bo‘ladi. Agar imomga ergashgan muqtadiy adashsa, sajda vojib emas.🔸Muqtadiy namozga kechikib kelgan bo‘lsa, imom salom bergandan keyin qolgan rakatni...
Подробнее
Sahv sajdasini vojib qiladigan sabablar
09.01.2024 204
🔹Agar farz namozining avvalgi ikki rakatida yoki ikki rakatning birida adashib "Fotiha" surasini o‘qimasa🔹Shuningdek, nafl va vitr namozlarining biror bir rakatida adashib "Fotiha" surasini o‘qimasa🔹Farz namozining avvalgi ikki rakatida qiroat...
Подробнее
IMOM ABU HANIFANING FAQIH SIFATIDA SHAKLLANISHIDA KUFA FIQHIY MAKTABINING O’RNI
01.06.2023 382
Annotatsiya: Ushbu maqolada Hanafiylik mazhabi asoschisi Abu Hanifa rohimatullohi alayhining hayotlari, ilk ilmiy faoiliyatlari va mazkur faoliyatlarida sahobalar asos solgan Kufa fiqh maktabining o’rni va ahamiyati, sahobalar orasidan Abu Hanifa...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry