19.01.2022
443

Qalbimga, xulqimga, hayotimga ta‘sir etgan hadis

 

 

             Buyuk islom olamida  Qur‘oni karimdan keyingi ikkinchi o‘rinda turuvchi muqaddas manbaa hisoblanuvchi hadisi sharifga hayotimizning har jabhasida ehtiyoj sezib boramiz. Chunki " Olamlarga rahmat bo‘lgan Rasulimiz Muhammad sollollohu alayhi vasallam islom ummatiga eng ulug‘ muallim bo‘lib, o‘zlarining xulqlari bilan, o‘tirib- turishlari bilan ham bizga ibrat bo‘ldilar. Zero, ilmlari to qiyomatgacha tugamaydigan, uslublari eskirmaydigan bunday ulug‘ Zot dunyo yaratilishiga sabab bo‘lgan edilar. Habibimiz Muhammad mustafo sollollohu alayhi vasallamning har bir hadisi shariflari qalbimizga, xulqimizga, hayotimizga ta‘sirlidir, albatta.

Biroq, shunday bo‘lsa-da, mening qalbimga, xulqimga, hayotimga quyidagi hadisi sharif o‘zgacha ta‘sir qilgan. Men bu hadisi sharifni o‘qiganimda birdan o‘tmishim ko‘z oldimda gavdalandi. Men bu hadisi sharifga qanchalik amal qildim? Degan savol miyamda aylanardi.

Hadisi sharif quyidagicha:

Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:" Rosululloh sallollohu alayhi vasallam:"  Komil musulmon, musulmonlar uning qo‘li va tilidan salomat bo‘lgan kishidir",- deganlar. Ushbu hadisi sharifni o‘qigan har bir odam beixtiyor o‘tmishiga nazar solsa kerak.

Bu hadisi sharif doim yodimda, tafakkurimda yuradi. Tilimdan, qo‘limdan ozor bermaslikka doim undaydi. Kimnidir bilib- bilmay xafa qilib qo‘ysam, mendan Rasululloh sallollohu alayhi vasallam ranjib, shu hadisi sharifni eslatayotgandek bo‘ladilar. 

   Zero, islom dini besh ta ustunga bino qilingan bo‘lsa, ularning birinchisi iymon hisoblanadi. Iymon keltirgan kishi musulmon, iymon keltirib, unga amal qilgan kishi esa mo‘min hisoblanadi. Vaholanki, har bir mo‘min komil mo‘min bo‘lishni xohlab, hayoti davomida komillikka intilib yashaydi. Demak, , komil mo‘min bo‘lishimiz uchun qo‘limiz bilan ham, tilimiz bilan ham ozor bermasligimiz lozim ekan. Negadir bu hadisi sharifni o‘qib uzoq xayolga cho‘mdim. Ko‘z oldimda shu kecha-kunduzda mo‘minlar orasida bo‘layotgan munosabatlar, bir-bir o‘tardi. Shu asnoda Yassaviyya tariqati asoschisi, hazrat Yassaviyning quyidagi so‘zlari tilimga keldi:

Sunnat ermish kofir bo‘lsa, berma ozor,

Ko‘ngli qattiq, dilozordin xudo bezor.

Alloh haqqi, ondog‘ qulg‘a Sijjin tayyor.

Donolardin eshitib, bu so‘z aydim mano.

Haa, darhaqiqat xulqlari Qur‘on bo‘lgan ikki olam sarvari hisoblangan Payg‘ambarimiz sollollohu alayhi vasallam hatto, kofirlarga ham ozor bermadilar. Shu o‘rinda har birimizni bir savol qiynaydi. Biz- chi, ummati Muhammadman deya da‘vo qilayotgan mo‘min va mo‘minalar atrofimizdagilarga qanday muomala qilyapmiz? O‘zimiz qilayotgan da‘voga qanchalik haqli bo‘lyapmiz? Bugungi kunda qaysi sunnatni tiriltirishga urinmoqdamiz?

          Aziz va muhatarama ustozalar, opa- singillar duo qilaylik, hayotimizda Yoo Rasululloh! Men sizning munosib ummatingizman deyaoladigan komil mo‘min va mo‘minalar ko‘paysin va buni Robbimiz taboraka va taolo barchamizga oson qilsin, omin!!!

Xadichai Kubro ayol-qizlar o’rta

 maxsus islom ta’lim muassasasi 

4-kurs talabasi Shamsiddinova Sarviniso

Другие новости

Muhammad ibn Ismoil Buxoriy (810-870)
20.07.2023 295
Muhammad ibn Ismoil Buxoriy (810-870)Hadis ilmining rivojida oltin davr hisoblangan IX asrda hadisshunoslikda katta muvaffaqiyatlar qo'lga kiritilgan. Chunonchi, butun islom dunyosidagi eng nufuzli manbalar deb tan olingan oltita ishonchli hadislar...
Подробнее
Qiyomat soati  oyat va hadislar  talqinida
23.05.2023 402
Alloh taolo qiyomat haqida kop bora Quroni karimda aytgan ,bazi oyatlardan uning korinishi ,daxshatli holati ,bazi oyatlarda Rosulullohdan sorab kelishganda javob olaroq zikr qilgan .Biz quyida bazi oyat va hadislarni...
Подробнее
Hadis o’rganuvchilarning odoblari
27.06.2022 470
Sunnat Islom uchun, musulmonlar uchun o’ta muhim manba. Chunki u Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalom, ya’ni Alloh taoloning oxirgi va mukammal dinini o’z hayotlarida to’liq tatbiq qilib ko’rsatgan muborak zotning gaplari, ishlari,...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry