23.05.2023
402

Qiyomat soati  oyat va hadislar  talqinida



Alloh taolo qiyomat haqida kop bora Quroni karimda aytgan ,bazi oyatlardan uning korinishi ,daxshatli holati ,bazi oyatlarda Rosulullohdan sorab kelishganda javob olaroq zikr qilgan .Biz quyida bazi oyat va hadislarni va ularni tafsirini aytib otamiz.Alloh taolo Arof surasida shunday marhamat qiladi:

{یَسۡـَٔلُونَكَ عَنِ ٱلسَّاعَةِ أَیَّانَ مُرۡسَىٰهَاۖ قُلۡ إِنَّمَا عِلۡمُهَا عِندَ رَبِّیۖ لَا یُجَلِّیهَا لِوَقۡتِهَاۤ إِلَّا هُوَۚ ثَقُلَتۡ فِی ٱلسَّمَـٰوَ ⁠تِ وَٱلۡأَرۡضِۚ
لَا تَأۡتِیكُمۡ إِلَّا بَغۡتَةࣰۗ یَسۡـَٔلُونَكَ كَأَنَّكَ حَفِیٌّ عَنۡهَاۖ قُلۡ إِنَّمَا عِلۡمُهَا عِندَ ٱللَّهِ وَلَـٰكِنَّ أَكۡثَرَ ٱلنَّاسِ لَا یَعۡلَمُونَ} 
«Sendan soat (qiyomat) qachon sobit bo‘lishi haqida so‘rarlar. Sen: «Uning ilmi faqat Robbim huzuridadir. Uni faqat O’zigina zohir qiladir. u osmonlaru yerda og‘ir ish bo‘ladi. Sizlarga faqat to‘satdan keladir», deb ayt. Xuddi sen uni bilishing kerak dek, sendan so‘rarlar. Sen:«Uning ilmi faqat Allohning huzuridadir. Lekin ko‘p odamlar bilmaslar», deb ayt», degan. 

O’limni, oxirat kunini, ul kun har bir odam bu dunyodagi qilmishlari yuzasidan so‘roq-savol qilinishini o‘ylash har qanday shakkok, kofirni ham o‘ylantirib qo‘yadi. Shunday lahzadarda ular oxirat haqida savol bera boshlaydilar. Ba’zi hollarda qiyomat bo‘lishiga shak keltirganlaridan, o‘z fikrlarini tasdiqlash, qiyomat bo‘ladi, degan aqiydadagilarni ojiz qoldirish uchun so‘raydilar. Ba’zi vaqtlarda sinash uchun so‘raydilar va hokazo.
     Quraysh mushriklari ham vaqti-vaqti bilan Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan qiyomat haqida, ayniqsa, uning qachon sobit bo‘lishi va kelishi haqida so‘rar edilar.
«Sendan soat (qiyomat) qachon sobit bo‘lishi haqida so‘rarlar.»
Ya’ni, bo‘ladigan bo‘lsa, qachon bo‘lishini aytib ber, deb da’vo 
qilardilar. Bu savoldan qachon bo‘lishini aytib bera olmasang, qanday Payg‘abarsan, shuni ham bilmaysanmi, degan g‘arazgo‘ylikning hidi keladi.
Aslida, qiyomat Allohdan boshqa hech kim bilishi mumkin bo‘lmagan hodisadir. Uning qachon ro‘y berishini faqat Allohning O’zigina biladi.
    Lekin mushriklar Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni sinash, ul zotni xijolat qilish uchun, qiyomat qachon bo‘ladi, deb so‘roq qiladilar. Agar har bir so‘zni Allohdan qabul qilib oladigan haqiqiy Payg‘ambar bo‘lmasa, bunga turli javoblar berish mumkin. Xususan, Payg‘ambarlikni da’vo qiluvchi tabiatan telba va buzuqlar odamlar e’tiborini jalb qilish uchun ularning qiyomatga nisbatan bo‘lgan ehtirosli qiziqishidan foydalanishga harakat qilishlari keyingi paytlarda oshkor bo‘ldi. Qiyomat falon vaqtda bo‘ladi, deb qo‘yib, so‘ng sharmanda bo‘lganlari ham juda ko‘p.
Lekin Muhammad sollallohu alayhi vasallamga bu savolga qanday javob berishni Allohning O’zi so‘zma-so‘z uqtiryapti:
      «Uning ilmi faqat Robbim huzuridadir. Uni faqat O’zigina zohir qiladir. U osmonlaru yerda og‘ir ish bo‘ladi. Sizlarga faqat to‘satdan kela-dir», deb ayt.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ham odam, u kishi hech qachon g‘ayb ilmini bilaman, deb da’vo qilmaganlar. U zot:
«Uning ilmi faqat Allohning huzurida-dir», deydilar. Ya’ni, qiyomatning qachon bo‘li-shini faqat bir zot —Robbim biladi, xolos. Bosh-qa hech kim bilmaydi. Men ham bilmayman. «Uni faqat O’zigina zohir qiladir.» Qiyomatni yuzaga keltiruvchi Zot ham yagona Alloh taoloning O’zidir. Boshqa hech kim bu ishga aralasha olmaydi.
     «U osmonlaru yerda og‘ir ish bo‘ladir.» Uning haqida bilganim shu: Qiyomat, osmonlar va yer qancha ulkan bo‘lmasin, ularga ham og‘ir keladigan darajada ulug‘ hodisadir. Shuning uchun, o‘sha kunga tayyorlanish kerak.
«Sizlarga faqat to‘satdan keladir.» Bilmay qolasizlar. Avval e’lon qilib, vaqtini tayinlab kelmaydi. U sodir bo‘lmasdan biroz oldin o‘zini o‘nglab, u yer-bu yerini tozalab, hech narsani ko‘rmagandek mo‘min-qobil bo‘lib turishga imkon yo‘q. Uning kelishiga doim tayyor turish kerak. Uning qachon sodir bo‘lishini so‘rab yurishdan samara yo‘q. Buning ustiga, bu savolga javob beradigan odamning o‘zi yo‘q. Mushriklarning savoli esa, noo‘rin. 

Xuddi sen uni bilishing kerakdek, sendan so‘rarlar.»   Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘zlarining dahllari yo‘q narsalarni Allohdan so‘ramaydilar.
«Uning ilmi faqat Allohning huzuridadir. Lekin ko‘p odamlar bilmaslar», deb ayt.
Qiyomatning qachon bo‘lish ilmi Allohning O’ziga xos ilmidir. Uni hech kimga, hatto Muhammad sollallohu alayhi vasallamga ham bildir-magan. U zot faqat qiyomatning qachon bo‘lishinigina emas, boshqa g‘ayb ilmlarini ham bilmaydilar. Bu bilmasliklari esa, ayb emas.
Shuningdek, Alloh taolo «Ahzob» surasida:
{ یَسۡـَٔلُكَ ٱلنَّاسُ عَنِ ٱلسَّاعَةِۖ قُلۡ إِنَّمَا عِلۡمُهَا عِندَ ٱللَّهِۚ وَمَا یُدۡرِیكَ لَعَلَّ ٱلسَّاعَةَ تَكُونُ قَرِیبًا }
«Odamlar sendan soat (qiyomat) haqida so‘rarlar. Sen: «Uning ilmi faqat Allohning huzuridadir», deb ayt. Nedan bilursan, ehtimol o‘sha soat yaqindir»  degan.
Muhammad sollallohu alayhi vasallam odamlarni qiyomat soati bilan qo‘rqitar, bu dunyoda qilgan ishlarining jazosini qiyomatda tortish-larini qayta-qayta takrorlar edilar. Qur’oni Karimda ham qiyomat va uning vasfi, undagi dahshatlar haqida ko‘plab oyatlar kelgani ma’lum. Kofirlar doimo, qiyomat qachon bo‘ladi, deb so‘rar edilar. Ular qiyomat qoim bo‘lishiga shak-shubha qilganlari uchun ham, u haqda ko‘p so‘rardilar. Qani, bo‘lsa, bo‘lmaydimi? deb shoshilar edilar. Lekin qiyomatning ilmi Alloh taoloning O’ziga xosdir. Alloh taolo uning qachon bo‘lishini boshqaga bildirishni istamadi. Hatto Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga ham, farishtalarga ham bu ilmdan xabar bergani yo‘q. 
Shu bilan birga, oyati karimada qiyomat qachon qoim bo‘lishini faqat Alloh taoloning O’zigina bilishining, boshqalarga bildirilmaganining hikmatlaridan biri ham bayon qilinadi:
«Nedan bilursan, ehtimol, o‘sha soat yaqindir».
Qiyomat soati yaqindir, sen buni bilmaysan, sendan boshqa ham bilmaydi. Shuning uchun, hamma doimo hushyor bo‘lib, tayyorgarligini 
ko‘rib turadi. Hozir yoki ertaga qiyomat qoim bo‘lib qolsa, nima qilaman, deb yaxshi ishlarni ko‘proq qiladi, yomonlikdan qochadi.
Qachon qiyomat qoim bo‘lishini Alloh taolodan boshqa hech bir zot bilmasligi haqidagi haqiqatni Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning hadisi shariflarida ham qayta-qayta ta’kidlangan. Birgina misol keltiramiz.
عَن عُمَر رضي الله عنه أَيْضًا قال: "بَيْنَما نَحْنُ جُلْوسٌ عِنْدَ رسُولِ الله صلى الله عليه وسلم إذْ طَلَعَ عَلَيْنَا رَجُلٌ شَدِيدُ بَياضِ الثِّيَاِب شَديدُ سَوَادِ الشَّعَرِ، لا يُرَى عليه أَثَرُ السَّفَرِ ولا يَعْرِفُهُ مِنَّا أَحَدٌ، حَتى جَلَسَ إلى النَّبِّي صلى الله عليه وسلم، فأسْنَدَ رُكْبَتَيْهِ إلى رُكْبَتَيْهِ ووَضَعَ كَفَّيْهِ على فَخِذَيْهِ، وقال: يا محمَّدُ أَخْبرني عَن الإسلامِ، فقالَ رسُولُ الله صلى الله عليه وسلم: الإسلامُ أَنْ تَشْهَدَ  أَنْ لا إلهَ إلا اللهُ وأَنَّ محمِّدًا رسولُ الله، وتُقِيمَ الصَّلاةَ، وتُؤتيَ الزَّكاةَ، وتَصُومَ رَمَضان، وتَحُجَّ الْبَيْتَ إن اسْتَطَعتَ إليه سَبيلًا. قالَ صَدَقْتَ. فَعَجِبْنا لهُ يَسْأَلُهُ ويُصَدِّقُهُ، قال: فَأَخْبرني عن الإِيمان، قال: أَن تُؤمِنَ باللهِ، وملائِكَتِهِ وكُتُبِهِ، ورسُلِهِ، واليَوْمِ الآخِرِ، وتُؤمِنَ بالْقَدَرِ خَيْرِهِ وشَرِّهِ، قال: صدقت؛ قال: فأخْبرني عَنِ الإحْسانِ. قال: أنْ تَعْبُدَ الله كَأَنَّكَ تَرَاهُ فإنْ لَمْ تَكُنْ تَرَاهُ فإنَّهُ يَرَاك، قال: فأَخبرني عَنِ السَّاعةِ، قال: ما المَسْؤولُ عنها بأَعْلَمَ من السَّائِلِ، قال: فأخبرني عَنْ أَمَارَتِها، قال: أن تَلِدَ الأمَةُ رَبَّتَها، وأَنْ تَرَى الحُفاةَ العُراةَ العالَةَ رِعاءَ الشَّاءِ يَتَطَاوَلُون في الْبُنْيانِ، ثُمَّ انْطَلَقَ، فَلَبثْتُ مَلِيًّا، ثُمَّ قال: يا عُمَرُ، أَتَدْرِي مَنِ السَّائِلُ؟ قُلْتُ: اللهُ ورسُولُهُ أَعلَمُ، قال: فإِنَّهُ جِبْرِيلُ أَتاكُمْ يُعَلِّمُكُمْ دِينَكُمْ" .
Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan qilgan rivoyatda quyidagilar aytiladi:
«Menga otam Umar ibn Xattob roziyallohu anhu aytdiki:
«Biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlarida o‘tirar edik. Birdan huzurimizda oppoq kiyimli va qop-qora sochli odam paydo bo‘ldi.

Unda safarning asari ko‘rinmas edi. Uni bizdan biror kishi tanimas 
ham edi. U kelib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning tizzalariga tizzasini tekkizib o‘tirdi. Ikki kaftini ikki sonlariga qo‘ydi va:
«Ey, Muhammad, menga Islom haqida xabar ber!»—dedi.
U zot sollallohu alayhi vasallam:

«Islom - La ilaha illalloh, Muhammadun rasululloh», deb shahodat keltirmog‘ing, namozni to‘kis ado etmog‘ing, zakotni bermog‘ing, Ramazon ro‘zasini tutmog‘ing, agar imkoning bo‘lsa, Baytullohga haj qilmog‘ing»,—dedilar.
Haligi odam:
« To‘g‘ri aytding!» — dedi.
Biz undan ajablandik. O’zi savol berib, o‘zi, to‘g‘ri aytding, deydi. Keyin u:
«Menga iymondan xabar ber»,—dedi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Allohga, Uning farishtalariga, kitoblariga, Payg‘ambarlariga va oxirat kuniga iymon keltirmog‘ing va yaxshi-yomon qadarga iymon keltirmog‘ing», — dedilar.
U odam:
«To‘g‘ri aytding. Ehson haqida xabar ber!» dedi.
U zot sollallohu alayhi vasallam:
«Allohga xuddi sen Uni ko‘rayotgandek ibodat qilishing. Agar sen Uni ko‘rmayotgan bo‘lsang, U seni ko‘rayotgandek ibodat qilishing», — dedilar.
«Menga soat (qiyomat) haqida xabar ber!» — Dedi u.
U zot sollallohu alayhi vasallam:
«U haqda so‘ralayotgan odam so‘rovchidan ko‘ra bilimli emas»,—dedilar.
U odam chiqib ketganidan so‘ng, Rasuli akram sollallohu alayhi vasallam sahobai kiromlar-dan bu odamning kimligini so‘radilar. Sahobalar, tanimaymiz, deb javob berdilar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Jabroil sizga diningizni o‘rgatgani kelgan edi», — dedilar ».
Ushbu hadisi sharifdan so‘raluvchi shaxs Muhammad sollallohu alayhi vasallam ham, so‘rovchi Jabroil alayhissalom ham qiyomat qachon bo‘lishini bilmaganlari ko‘rinib turibdi.

3-kurs talabasi Abdumutalova Muxlisa

Другие новости

Muhammad ibn Ismoil Buxoriy (810-870)
20.07.2023 295
Muhammad ibn Ismoil Buxoriy (810-870)Hadis ilmining rivojida oltin davr hisoblangan IX asrda hadisshunoslikda katta muvaffaqiyatlar qo'lga kiritilgan. Chunonchi, butun islom dunyosidagi eng nufuzli manbalar deb tan olingan oltita ishonchli hadislar...
Подробнее
Hadis o’rganuvchilarning odoblari
27.06.2022 470
Sunnat Islom uchun, musulmonlar uchun o’ta muhim manba. Chunki u Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalom, ya’ni Alloh taoloning oxirgi va mukammal dinini o’z hayotlarida to’liq tatbiq qilib ko’rsatgan muborak zotning gaplari, ishlari,...
Подробнее
Yosh bolalarga xadisi sharifni o‘rgatish usullari
07.03.2022 477
Har bir musulmon ota yoki ona o‘z farzandini amalli, e’tiqodli musulmon bo‘lib etishini xohlaydi. Albatta ilmlarni boshi bo‘lgan Qur’oni karimni yod oldirishdan boshlaydi. Biz bilamizki, Qur’on musulmonlarning muqaddas kitobi shu...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry