22.06.2022
328

Fiqhiy dalillar

 

Har bir narsaning oʻz tayanchlari bo‘lgani kabi bizlarning muqaddas islom dinimizning asosiy tayanchlaridan biri bu fiqh ilmi xisoblanadi. Alloh taollo O‘zining ilohiy manhaji bo‘lgan Qur’oni Karimda shunday marhamat qiladi: 

هل يستوي الّذين يعلمون والّذين لا يعلمون

"Biladiganlar bilan bilmaydiganlar teng bo‘la oladilarmi.?"(“Zumar”surasi 9-oyat) 

Yuqoridagi oyatdan shu narsa ma’lum bo‘ladiki islom dinida boshqa dinlardan farqli ravishda ilm olishga targ‘ib qilinadi va shu bilan bir qatorda islom dini ilm dini ekanligi bayon etiladi. Islomiy ilm deganda kishini ko‘z oldiga Qur’on o‘qishni va ibodatlar tartibini o‘rgatadigan ilm keladi. Aslida esa bu islomdagi ilk saboqlardir. Islomiy ilmlarning biri  bu fiqh ilmidir. Sharʻiy istelohda fiqhning ma’nosi : "Alloh taollo O‘zini payg‘ambari Muhammad (s.a.v) orqali nozil qilgan shariatni teran fahmlamoqdir". Ibn  Haldun fiqhning ta’rifida bunday deydilar: "Fiqh - mukallaf bandalarning amallariga taalluqli bo‘lgan, Alloh taolloning vojib, mamnu’ (ya’ni harom), mustahab, makruh va muboh kabi hukmlarini bilmoqlikdir".  Fiqhning istelohiy maʼnosi to‘g‘risida juda ko‘p  taʼriflar mavjud .Jumladan, "Fiqh shar’iy va amaliy masalalar to‘g‘risidagi ilmdir" - deyilgan.  Fiqhning shariat istelohidagi ma’nosi haqidagi boshqa bir ta’rifda: "Fiqh –shar’iy dalillardan far’iy xukumlarni chiqarishdir", deyiladi.

 "Dalil" soʻzi lugʻatda har qanday hissiy yoki maʼnaviy, yaxshi yoki yomon narsani koʻrsatuvchi va uning yoʻliga boshlovchi degan maʼnolarni anglatadi.

  Usulul fiqh ilmi olimlari: "Hukm chiqarish maqsadida toʻgʻri yondashuv vositasi bilan xabarga (yaʼni oyat yoki hadisga) olib boradigan narsa dalildir", deydilar. Usuliy ulamolarning istilohida  sharʼiy dalil deb sharʼiy-amaliy hukmni chiqarish uchun dastak qilinadigan narsaga aytiladi. 

   Ulamolar jumhuri ittifoq qilgan dalillar: Kitob, Sunnat, Ijmo, va Qiyos boʻlib, bu dalillarga ergashish vojibdir. Bu dalillarga ergashish vojibligiga Alloh taoloning quyidagi oyati karimasi dalil boʻladi: 

يا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ أَطِيعُواْ اللّهَ وَأَطِيعُواْ الرَّسُولَ وَأُوْلِي الأَمْرِ مِنكُمْ فَإِن تَنَازَعْتُمْ فِي شَيْءٍ فَرُدُّوهُ إِلَى اللّهِ وَالرَّسُولِ إِن كُنتُمْ تُؤْمِنُونَ بِاللّهِ وَالْيَوْمِ الآخِرِ ذَلِكَ خَيْرٌ وَأَحْسَنُ تَأْوِيلاً 

   "Ey  iymon keltirganlar! Allohga itoat qiling, Rosulga va o'zingizdan bo'lgan ishboshilarga itoat qiling. Biror narsa haqida tortishib qolsangiz - agar Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan bo'lsangiz - uni Allohga va Rosulga qaytaring. Ana shu xayrli va oqibati yaxshidir". ("Niso" surasi 59-oyat) 

Shariati islomiyada biror hukm chiqarilar ekan, eng avvalo, Alloh taoloning so‘zi – Qur’oni karimga murojaat qilish vojib bo‘ladi. Qur’on shubhasiz shar’iy hujjatlarning eng avvalidir. Mujtahid ulamolar bir ishda shariati islomiyaning hukmi nima ekanini bilish uchun uning hukmini avvalo Qurʼoni Karimdan izlaydilar, agar u ishning hukmi Qurʼonda mavjud boʻlsa unga amal qiladilar. Chunki yuqorida keltirilgan oyatning avvalida: "Ey iymon keltirganlar! Allohga itoat qiling" deyilgandir. Allohga itoat qilish Uning oxirgi ilohiy Kitobi - Qurʼoni Karimga amal qilish bilan boʻladi. Agar mazkur ishning hukmi Qur'oni Karimda zikr qilinmagan boʻlsa, u holda Rosululloh sollallohu alayhi va sallamning sunnatlariga murojaat etiladi. Sunnat hujjatlar ichida Allohning kalomidan keyin ikkinchi hujjat hisoblanadi. Bu yerda hadis deyilmasdan sunnat deyilganining sababi barcha hadislar ham sunnat bo‘lavermaganidandir. Aksincha, barcha sunnatlar esa hadis bo‘ladi. Izlangan hukm u yerdan topilsa unga amal qilinadi. Chunki oyati karimada ikkinchi manba sifatida Rosululloh sollallohu alayhi va sallamga itoat qilishga amr etilgandir: "...Rosulga... itoat qiling". Alloh taolo Qurʼoni karimda asosiy hukmlarini bayon etgan va umumiy hukm chiqarish qoidalariga oʻshalarni asos qilgan. Rosululloh sollallohu alayhi va sallamning sunnatlarida esa Qur'ondagi umumiy hukmlar batafsil bayon qilingan hamda baʼzi zikr etilmaganlari aytilgan. 

    Zamon, sharoit oʻzgarishi bilan oʻzgarib turadigan maʼlum bir hukmlar esa musulmon jamoasi ijtihod qilib yechishlari uchun qoldirilgan. Buning hikmatlari koʻp. Avvalo bu holat musulmonlarni doimo izlanuvchan, harakatchan boʻlishga undaydi. Ikkinchidan, shariati islomiyaning har zamon, har makonga salohiyati borligini taʼminlaydi.

   Agar Qurʼonda ham, Sunnatda ham zikri kelmagan masala koʻndalang boʻlib qolsa, bu masalaning yechilishi musulmonlarning ishboshilarga havola qilinadi. Ya’ni, ahli sunnat val jamoat faqihlarining kengashi, bir qarorga kelishuvlari bilan hukm chiqariladi. Ijtihod maqomiga yetgan ishboshi ulamolar mazkur masalani Qurʼon va sunnat qoidalari asosida hal etadilar. Musulmon ummati eʼtirof etgan mujtahidlar birgalikda hal etgan yechim fiqhda "ijmo" deb nomlanadi. Ijmo ilk bor Rosululloh sollallohu alayhi va sallam vafotlaridan keyin sahobai kiromlar orasida yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, shar’iy dalillardan uchinchisi o‘laroq, musulmon ummati faqihlari tomonidan birdamlik ila tan olingan. Abu Bakr roziyallohu anhu xalifalik davrlarida, biron masalada hukm qilmoqchi bo‘lsalar-u, uning hukmini kitob va sunnatdan topa olmasa, sahobalarning kattalarini to‘plab, ular bilan kengashar edilar. Ular biror to‘xtamga kelishsa, shu buyicha qaror qabul qilinardi. Hazrati Umar raziyallohu anhuning odatlari ham shunday bo‘lgan. Huddi shu mashvarat – maslahat va kengashni faqihlar "IJMO" deb atadilar. Bunga amal qilish har bir musulmon uchun vojibdir. Chunki mazkur oyatda: "...Rosulga va oʻzingizdan boʻlgan ishboshilarga itoat qiling", degan amr bor. Alloh taoloning amriga boʻysunish esa vojibdir. Ammo ishboshilarga boʻysunishda bir nechta shartlar bor. Avvalo oyatda "oʻzingizdan boʻlgan", deyilyapti. Fiqh ilmi ulamolarimiz bu oyatdagi "ishboshi"larni shunday tushuntirganlar: fiqhda ijtihod darajasiga yetgan ulamolar jamlanib, biror masala boʻyicha ittifoq qilib qaror qilishlari ishboshilikdir. 

   Oyati karimadagi " Biror narsa haqida tortishib qolsangiz, agar Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan boʻlsangiz, uni Allohga va Rosuliga qaytaring", degan jumla shariatda hukm chiqarish uchun Qurʼon, Sunnat va Ijmodan keyingi toʻrtinchi masdarga - Qiyosga asos boʻlgan. Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, Allohga va Uning Rosuliga itoat qilishga boʻlgan buyruq Kitob va Sunnatga ergashishni anglatadi. Ilmiy va sharʼiy oʻrinlarda musulmonlardan chiqqan ishboshiga itoat qilishga boʻlgan buyruq mujtahidlar ittifoq qilgan hulmlarga ergashishga boʻlgan buyruqdir. Tortishilgan narsalarni Allohga va Uning Rosuliga qaytarishga boʻlgan buyruq sharʼiy matnlar va ijmoda sobit boʻlmagan masalalarda qiyosga ergashishga boʻlgan buyruqlarni taqozo etadi.

Nasimxonova Kamola

Другие новости

Sajdai sahvga bog‘liq bo‘lgan masalalar
11.01.2024 177
#Sahv sajdasi🔸Imomning adashishi bilan imomga ham, muqtadiyga ham sahv sajdasi vojib bo‘ladi. Agar imomga ergashgan muqtadiy adashsa, sajda vojib emas.🔸Muqtadiy namozga kechikib kelgan bo‘lsa, imom salom bergandan keyin qolgan rakatni...
Подробнее
Sahv sajdasini vojib qiladigan sabablar
09.01.2024 204
🔹Agar farz namozining avvalgi ikki rakatida yoki ikki rakatning birida adashib "Fotiha" surasini o‘qimasa🔹Shuningdek, nafl va vitr namozlarining biror bir rakatida adashib "Fotiha" surasini o‘qimasa🔹Farz namozining avvalgi ikki rakatida qiroat...
Подробнее
IMOM ABU HANIFANING FAQIH SIFATIDA SHAKLLANISHIDA KUFA FIQHIY MAKTABINING O’RNI
01.06.2023 382
Annotatsiya: Ushbu maqolada Hanafiylik mazhabi asoschisi Abu Hanifa rohimatullohi alayhining hayotlari, ilk ilmiy faoiliyatlari va mazkur faoliyatlarida sahobalar asos solgan Kufa fiqh maktabining o’rni va ahamiyati, sahobalar orasidan Abu Hanifa...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry