Qalblarni nurafshon aylagan hadis
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak umrlarining boshidan oxirigacha har bir lahzasi biz uchun o’rnak, beqiyos namunadir. Shu boisdan ham biz u zotning ummatlari o’laroq hayotlarining har bir lahzasini o’rganishga, bu bitmas xazinadan bahramand bo’lishga harakat qilamiz. Sunnat Islom uchun, musulmonlar uchun o’ta muhim manba. Chunki u Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalom, ya’ni Alloh taoloning oxirgi va mukammal dinini o’z hayotlarida to’liq tatbiq qilib ko’rsatgan muborak zotning gaplari, ishlari, ma’qullashlari, xalqiy, xulqiy sifatlari va tarjimai hollari majmuasidan iboratdir.
Joriy yilning aprel oyida Hadis fani oyligi munosabati bilan fan ustozalari Mahmudova. D va Gaipova. J boshchiligida Xadichai Kubro ayol-qizlar ta’lim muassasasi talabalari orasida musobaqa tashkil etildi. Oy so’ngida musobaqa g’oliblarini taqdirlash maqsadida “Ko’ngillarni nurafshon aylagan hadis” nomli tadbir o’tkazildi. Musobaqa ikki yo’nalishdan iborat bo’lib: 1- Ilmiy yo’nalish: Unda har haftada talabalarga hadis faniga oid savollar va krasvordlar berib borildi.
2- Ijodiy yo’nalish bo’lib unda turli shartlar berildi. Talabalar she’r, maktub, bir hadisni rasm orqali ifoda etish kabi shartlar bo’yicha qatnashdilar. “Qalbimga, hayotimga, xulqimga ta’sir etgan hadis” nomi ostida maqola yozish sharti ham bo’lib bunda talabalar qalblariga, hayotlariga, xulqlariga ta’sir etgan hadislarni yozma tarzda bayon etdilar. “Rosulloh sollahu alayhi vasallamdan nimani so’rab duo qilishni istar edingiz?” deb nomlangan shartda esa talabalar o’zlarining qalblaridagi go’zal duolarni qog’ozga tushirib berdilar. Kim ko’p hadis yetkazish sharti bo’yicha talabalar o’zlari dars davomida yod olgan hadislarni boshqa guruhdagi talabalarga, dargohimiz ustoz va hodimalariga yetkazdilar. Yuqoridagi shartlar bo’yicha talabalar juda faol ishtirok etdilar. Ishtirokchilar orasidan g’oliblar aniqlandi va ular tashakkurnoma va esdalik sovg’alar bilan taqdirlandilar.
Xadichai Kubro ayol qizlar ta’lim muassasasi
hadis fani o’qituvchisi
Joziba Jamol qizi