22.06.2022
294

Islomda naslni cheklash masalasi

 

     Bugungi kunimizda globallashuv zamonida musulmonlar orasida ham musulmon bo'lmaganlar orasida ham ayollarning homiladan saqlovchi, inson naslini cheklovchi vositalar ko'payib, insonlar orasida juda ham ommalashib ketdi. Shu sababli ayollardan ulamolarga beriladigan savollarning eng ko'pi shu mavzularda bo'ladi desak, mubolag'a qilmagan bo'lamiz. Olimlarimiz bu masalaga to'liq va mukammal javoblarni berganlar. Ularning keltirishicha, Islom shariati musulmonlar naslini ko‘paytirish va taratishga targ‘ib qiladi, naslni buyuk ne’mat va Allohning bandalariga bergan ulug' atosi deb e’tibor qiladi. Bu haqda Allohning kitobi va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlarida ko‘plab dalillar kelgandir.

O‘sha dalillar naslni cheklash va homilani man qilish Alloh yaratgan insoniy tabiatga hamda Alloh bandalariga rozi bo‘lgan islom shariatiga zid ekanini ta’kidlaydi.

Ma'qal ibn Yasar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Bir kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib:

«Ey Allohning Rasuli! Bir jamolli va hasabli ayol topdim. Ammo tug‘mas ekan. Unga uylanaveraymi?» dedi. «Yo‘q», dedilar. Keyin u zotga ikkinchi marta keldi. Yana qaytardilar. So‘ngra uchinchi marta kelganida: «Eriga muhabbat qiladigan va ko‘p tug‘adigan ayolga uylaninglar. Men boshqa ummatlarga sizlarning ko‘pligingizni ko‘z-ko‘z qiluvchiman», dedilar».

Abu Dovud, Nasoiy rivoyat qilganlar. Hokim sahih degan.

Yuqoridagi hadis musulmonlarni serfarzandlikka targ'ib qiladi, naslni cheklashdam qaytaradi.

Ushbu hadisning sharhida uylanishdan oldin ahli fazl, ilmli kishilardan maslahat so'rash yaxshi ekanligi, tug'mas ayol, agar u go'zal va aslzoda bo'lsa ham uylanmaslik yaxshi ekani, eriga muhabbat qiladigan va ko'p tug'adigan ayolga uylanish lozimligi tushuniladi.

Naslni cheklashga va homilani man qilishga targ'ib qilayotgan insonlar musulmonlarning sonini kamaytirishga harakat qilayotganlar bo'lib, Islom fiqhi akademiyasi bularning barchasini e'tiborga olib quyidagi qarorlarni ishlab chiqishdi:

Naslni cheklash mutlaqo mumkin emas. Agar ochlikdan xavfsirab yoki shariat e’tibor qilmagan sabablarga binoan qilinadigan bo‘lsa, homilani man qilish ham joiz emas. Chunki, Alloh taolo rizq beruvchi zotdir.  Yer yuzidagi barcha jonvorlarning rizqi Allohning zimmasidadir.

Naslni cheklash deganda ayolni homilador bo'lish layoqatini cheklash, uni tug'mas ayolga aylantirish tushuniladi. Bugungi kunda bunday amaliyotlarning bir necha xil ko'rinishlari mavjud. Ulardan ayol bachadonini bog'latish, bachadonni butunligacha olib tashlash va shunga o'xshash boshqa amaliyotlar kiradi. Bachadon naylarini bog'latish usuli nisbatan ommalshgan, bunda bachadon naylari jarrohlik yo'li bilan kesiladi, so'ng tikib qo'yiladi, ishbu amaliyot ayol umuman farzand jo'rishni istamagan paytda amalga oshiriladi. Bu amaliyot nojoiz ish bo'lib,  Alloh yaratgan hilqatni o‘zgartirish hisoblanadi. Alloh taolo «Niso» surasida marhamat qiladi:

«Allohning yaratganini o‘zgartirish» hayvonlarni va odamlarni bichish, kuydirish yoki boshqa yo‘llar bilan inson badaniga turli alomatlarni solishdir. Bunday ishlarni qilganlar ham shaytonning yo‘liga yurgan bo‘ladi.

«Kimki Allohni qo‘yib, shaytonni do‘st tutsa, batahqiq, ochiq-oydin ziyon ko‘ribdi» Ammo alohida, zarar aniq bo‘lgan holatlarda, ayolning oddiy holda tug‘a olmay uni qornini yorib bolasini olishga majbur bo‘linadigan holatlarda homilador bo‘lishni ortga suradigan omillarni ishlatishga mone’lik yo‘q.

Shuningdek, boshqa shar’iy va tibbiy sabablarga ko‘ra, onaning hayoti xavf ostida qoladigan bo‘lsa, ishonchli musulmon tabiblar qarori ila homilani man qiluvchi ishlatilishi joizdir.

 

 

Xadichai Kubro ayol-qizlar o'rta

maxsus islom ta'lim muassasasi

3-kurs talabasi Mamatova Omina

Другие новости

KONSTITUTSIYA – MAMLAKATIMIZDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN DEMOKRATIK YANGILANISHLAR POYDEVORI.
08.12.2023 69
Mustaqil O'zbekiston Konstitutsiyasining qabul qilinishi ayni milliy qadriyatlarimizni, adolatli fuqarolik jamiyati, demokratik huquqiy davlat qurish, bozor munosabatlariga o'tish yo'llarini belgilab berdi.O'zbekiston Konstitutsiyasi huquqiy tizimimizning tayanch poydevoridir. Uning barcha qonunlarimiz uchun...
Подробнее
Jaholatga qarshi ma’rifat
19.11.2023 116
Bugungi kunda muqaddas islom dinimizning insonparvarlik g‘oyalarini targ‘ib etish, “Jaholatga qarshi – ma’rifat” tamoyili asosida unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni sog‘lom e’tiqod ruhida tarbiyalash yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.Diniy bag‘rikenglik va millatlararo...
Подробнее
Bag'rikenglik millat tayanchi
08.11.2023 129
O'zbekiston zaminida qadim zamondan islom dini bilan boshqa dinlar yonma-yon yashab, rivojlanib va bu jamiyatning ma'naviy yuksalishiga muayyan hissa qo'shdi.Hozirgi kunga kelib, respublikamizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry