23.06.2022
392

Yomon gumon qilishning oqibatlari

Yomon gumon qilishning oqibatlari  

Odamzod tug‘ilganidan to umrining nihoyasigacha bilim olishga, o‘rganishga, tajriba orttirishga, anglashga muhtoj. U ana shu yo‘lda Alloh taolo Qur’oni karim orqali ato etgan ilmlarni o‘rganishga kirishadi. Uning Rasuli Muhammad (s.a.v.) keltirgan ilmlar ummonidan bahramand bo‘lmoqqa intiladi. U ana shu yo‘lda solih salaflar, ulug‘ allomalarning izidan borishga rag‘bat ko‘rsatadi. Insoniyat Alloh taoloning so‘nggi, komil, haq dini – Islomga doir, uning asoslari, arkonlari, ibodatlariga oid ilmlardan yaxshi xabardor bo‘lishga ko‘proq muhtoj. Chunki Islomning tub mohiyatini, uning shariatini anglamay, bilmay saodatga erishib bo‘lmaydi. Shu boisdan dinimizda ilm olishga, bilmagan narsalarini so‘rab, din asoslarini va ibodat tartiblarini o‘rganishga katta e’tibor bilan qaralgan. Dinimizda musulmon insonning asosiy sifatlaridan biri insonlarga ozor yetkazmaslik, birovni diliga ozor bermaslik, g’iybatdan yiroqda bo’lish, fitna tarqatmaslik va shu kabilardir. Bu haqida Qur’oni karim oyatlarida ham bayon qilinadi. Alloh taolo Hujurot surasida shunday marhamat qiladi: «Ey iymon keltirganlar! Ko’p gumonlardan chetda bo’linglar, chunki ba’zi gumonlar gunohdir. Josuslik qilmanglar. Ba’zilaringiz ba’zilaringizni g’iybat qilmasin. Sizlardan birortangiz o’lgan birodarining go’shtini yeyishni yaxshi ko’radimi? Ha, yomon ko’rasizlar. Allohdan qo’rqinglar! Albatta, Alloh tavbani ko’plab qabul qiluvchidir, rahmlidir». (Hujurot surasi, 12-oyat). Ushbu oyatda Alloh taolo mo’min-musulmon bandalarini bir necha yomon sifatlardan, axloqiy kasalliklardan, halokatga eltuvchi dardlardan qaytarmoqda. Ulardan birinchisi: «Ko’p gumonlardan chetda bo’linglar, chunki ba’zi gumonlar gunohdir». Gunohga olib boruvchi illatlardan biri badgumonlikdir. Badgumonlik kishilar haqida bo’lar-bo’lmasga yomon shubhalar qilish, ularga nisbatan tuhmat va hadik ma’nosida fikr yuritishdir. Odatda, bunday gumonlarning ko’pi asossiz, behuda bo’ladi. Shu boisdan ham: «Ko’p gumonlardan chetda bo’linglar…» deyilyapti. O’tgan ulamolardan Zajjoj rahmatullohi alayhi: «Badgumonlik yaxshi kishilar haqida yomon gumon qilishdir. Ammo ahli fisq bo’lsa, undan nima fosiqlik zohir bo’lgan bo’lsa, shuni gumon qilishga haqqimiz bor», deganlar. O’ylab ko’rilsa, o’zaro nizolar va kelishmovchiliklar ko’proq bir-biridan yomon gumonda bo’lishdan ham kelib chiqadi. Yomon gumondan chetda bo’lish uchun doimo kishilar haqida yaxshi gumonda bo’lish, ular haqida yetgan xabarlarni yaxshilikka yo’yish kerak. Bu haqda hazrati Umar roziyallohu anhu: «Agar yaxshilikka burishning birorta yo’li bo’lsa ham, mo’min birodaringdan chiqqan so’z haqida faqat yaxshi gumon qil», deganlar. Imom Buxoriy rahmatullohi alayhi Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Nabiy alayhissalom: «Zinhor va zinhor badgumon bo’lmanglar, chunki badgumonlik so’zning eng yolg’onidir», deganlar. Boshqa bir hadisda esa: «Agar odamlarning aybini axtaradigan bo’lsang, ularni buzasan», deganlar. Chin musulmon kishining qalbi bu kabi jirkanch odatlardan pok bo’lmog’i zarur. Boz ustiga, bu ish Islom dinining asosiy g’oyalaridan biri bo’lmish insonning karomati, hurmati, izzati va obro’sini himoya qilish masalasiga chambarchas bog’liqdir. Islom mazkur huquqlarning muqaddasligini e’tirof etadi, ularning hech bir holda poymol bo’lmasligining chorasini ko'radi.

Usmonova Sarvinoz

Другие новости

Bidʼat xurofotlar
30.01.2024 144
Bidʼat (arabcha yangilik) – anʼanaviy diniy aqidalarga biror yangilik kiritilishini anglatuvchi tushuncha. Qadimda u dinlarning vujudga kelishi va taraqqiyoti jarayonida qoʻshilgan urf-odat va marosimlar, turli oʻzgartirishlar kiritish, dinni isloh etish...
Подробнее
OMMАVIY MАDАNIYATNING MILLIY MENTАLITETIMIZGА TАHDIDI   
29.01.2024 165
#EQKMMA#maqola XXI asrning katta muammolaridan biri «mafkuraviy tazyiq»dir. Uning yoshlarga yetkazayotgan taʼsirlari koʼpgina davlatlar qatori mamlakatimizni ham chetlab oʼtmadi. Fan va texnika taraqqiy etgan ushbu asrda, ayniqsa, axborot texnologiyalari aql...
Подробнее
BOLALAR ORASIDA ADOLAT QILISH
24.01.2024 177
Bolalar orasida adolat qilish ham ota-ona- ning vazifasi va bolalarning haqqidir.Islom adolat dinidir. U doimo barcha narsada, barcha yerda, barcha uchun adolat bo‘lishining tarafdoridir. Ayniqsa, yosh bolalar uchun. Shuning uchun...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry