23.06.2022
307

G'iybat

 

Bugun axborot almashinuvi shiddat bilan rivojlanayotgan bir paytda axborot tarqatuvchining o‘z vazifasiga xolisona va haqqoniy yondashuv mezonlariga rioya etishi ham zarur. Har qanday ma’lumotlarni tekshirish bilib bilmay tarqatish inoniylikka xos emas. Dinimizda ham bu haqda alohida to’xtab o’tilgan.  Dinimiz ta’limotlarida notanish odam yoki xabari sinab ko‘rilmagan kimsaning axboroti tekshirilmay turib qabul qilinmaydi. Boshqa ishonchli manbalardan xabarning to‘g‘riligi sobit bo‘lsagina u ishonchli sanaladi. Alloh taolo Qur’oni Karimda: Ey iymon keltirganlar! Agar fosiq xabar keltirsa, aniqlab ko’ringlar, bilmay bir qavmga musibat yetkazib qo’yib, qilganingizga nadomat chekuvchi bo’lmanglar (Hujurot surasi, 6-oyat). Bu oyati karima musulmonlar hayotidagi eng muhim masalani muolaja qiladi. U ham bo’lsa, xabarni qabul qilish masalasi. Agar xabar Allohdan va Nabiy alayhissalomdan bo’lsa, so’zsiz qabul qilish vojibdir. Qabul qilmaganlar gunohkori azim, kofir bo’lishadi. Endi odamlardan xabar qabul qilishga kelsak, bu bir necha turga bo’linadi.  Avvalo, xabarchi dinda, so’zida o’ta ishonchli kishi bo’lsa, uning xabari qabul qilinadi. Xabarchi fosiq bo’lsa, ya’ni umrida biror marta yolg’on gapirgan, shariat hukmlaridan birortasiga biror marta amal qilmagan bo’lsa yoki uning ishonchli-ishonchsizligi ma’lum bo’lmasa, deylikki, notanish odam yoki xabari sinab ko’rilmagan kimsa bo’lsa va hokazo, uning xabari tekshirilmay turib, qabul qilinmaydi. Boshqa ishonchli manbalardan xabarning to’g’riligi sobit bo’lsagina, qabul qilinadi.  Bu haqda ko’plab hadisi shariflarda ham ta’kidlangan: Abu Barza Aslamiydan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey tili bilan iymon keltirib, dilida iymon keltirmaganlar, musulmonlarni g’iybat qilmang va ularning kamchiliklarini qidirmang. Kimki ularning kamchiligini qidirsa, Alloh taolo o’zining kamchiligini qidiradi. Alloh kimning kamchiligini qidirsa, uni uyida sharmanda qiladi», dedilar» (Abu Dovud rivoyat qilgan). G’iybatchilar oxiratda ham jazosiz qolmaydilar. Rasuli Akram alayhissolatu vassalom: «Merojga chiqqanimda misdan bo’lgan tirnoqlar bilan yuzlariyu ko’ksilarini tirnayotgan bir qavmning oldidan o’tdim. Men: – Ey Jabroil, ular kim? – deb so’radim. U: – Bular u dunyoda odamlarning go’shtini yeb, obro’larini to’kkanlar, – deb javob berdi, – deya ko’rganlarini hikoya qilib berganlar. Oyatning oxirida Alloh taolo mo’minlarning barchasini, xususan, yuqorida zikr qilingan gunohlarni qilganlarni Allohdan qo’rqishga da’vat qilib, «Allohdan qo’rqinglar!» deydi. Shu bilan birga, avval bilmay, gunoh sodir etilgan bo’lsa, tavba qilib, gunohini yuvish mumkinligini eslatib, Allohning fazlu karamidan noumid bo’lmaslikka chaqiradi. Albatta, Alloh tavbani ko’p qabul qiluvchi va rahmlidir. Har qanday gunohdan qay tarzda tavba qilinsa, mazkur gunohlardan tavba qilishda ham o’shanday holat, ya’ni o’tgan ishga qattiq afsus qilib, dilidan nadomat chekib, ikkinchi bor bu ishni qilmaslikka ahd qilish va ahdiga vafo qilish bilan vujudga keladi. Ammo g’iybatchining tavbasi bu bilan tugamaydi. Ulamolar uning tavbasi to’liq bo’lishi uchun yana bir muhim shartni qo’yishgan. U ham bo’lsa, qaerda, qaysi majlisda g’iybat qilgan bo’lsa, o’sha yerda, o’sha majlisda g’iybat qilingan kishi haqida yaxshi gaplarni gapirishi kerak. Mo’min-musulmonlar g’iybatdan chetlanibgina qolmasdan, boshqa g’iybatchilarning og’ziga urib, g’iybatga yo’l qo’ymaslikka harakat qilishlari matlubdir.

Usmonova Sarvinoz

Другие новости

Bidʼat xurofotlar
30.01.2024 144
Bidʼat (arabcha yangilik) – anʼanaviy diniy aqidalarga biror yangilik kiritilishini anglatuvchi tushuncha. Qadimda u dinlarning vujudga kelishi va taraqqiyoti jarayonida qoʻshilgan urf-odat va marosimlar, turli oʻzgartirishlar kiritish, dinni isloh etish...
Подробнее
OMMАVIY MАDАNIYATNING MILLIY MENTАLITETIMIZGА TАHDIDI   
29.01.2024 165
#EQKMMA#maqola XXI asrning katta muammolaridan biri «mafkuraviy tazyiq»dir. Uning yoshlarga yetkazayotgan taʼsirlari koʼpgina davlatlar qatori mamlakatimizni ham chetlab oʼtmadi. Fan va texnika taraqqiy etgan ushbu asrda, ayniqsa, axborot texnologiyalari aql...
Подробнее
BOLALAR ORASIDA ADOLAT QILISH
24.01.2024 177
Bolalar orasida adolat qilish ham ota-ona- ning vazifasi va bolalarning haqqidir.Islom adolat dinidir. U doimo barcha narsada, barcha yerda, barcha uchun adolat bo‘lishining tarafdoridir. Ayniqsa, yosh bolalar uchun. Shuning uchun...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry