23.06.2022
273

Sabr so'zining ma'nosi va istilohi

 

"Sabr" soʻzining maʼnolaridan biri "tanglik ila oʻzini tutib turish"dir. Ushbu maqomda biz uchun sabrning huddi shu maʼnosi zarur sabrning istilohiy ma'nosi haqida ulamolar bir-birini toʻldiruvchi bir necha ta'riflarni aytganlar:

     Rog'ib: "Sabr nafsni aql va shariat taqozo qilganidek tutib turishdir yoki ikkalasi taqozo qilgan narsadan tutib turishdir" degan.

Munoviy: “Sabr hissiy va aqliy ogʻirlik va alamlarga chidashdir" degan.

Sabrning taʼrifida aytilgan gaplardan: 

Sabr nafsni qayg'u va achchiqlanishdan,  tilini shikoyatdan va aʼzolarini tashvishdan tutib turishdir.

     Sabr nafsning fozil axloqlaridan biri boʻlib,qilinishi yaxshi go'zal boʻlmagan narsalardan saqlanishdan iboratdir.

 Sabr Qurʼon va Sunnat ahkomlarida sobit turishdir.

 Sabr etgan go'zal odob ila turishdir. Sabr iztirob paytida qalbning sobit turishidir.

Sabrning turlari

Xilmiy aytadi: "Sabr uch turlidir: Jabborning toatiga sabr qilish, Jabborning ma'siyatidan sabr qilish, Jabborning imtixoniga sabr qilish".

Ibni Qayyum aytadi: "Sabr o'zi bog'langan narsa e'tiboridan uch qismga bo'linadi: amr toatlarini ado etishga sabr, nahyu va xiloflarini qilmaslikka sabr, qazoi qadarlarga  rozi boʻlishga sabr".

Feruzobodiy aytadi: "Sabr uch turlidir:Allohga sabr,Alloh bilan sabr.Alloh uchun sabr". Alloh taolo sabrni Qur'oni Karimda bir yuz uchta oyatda zikr qilgan. Quyida o'sha oyatlardan ba'zilarini na'muna uchun qisqacha o'rganamiz.

Toatga sabr qilish haqidagi oyatlardan:

Alloh taolo shunday deb marhamat qiladi:

وَاسْتَعِينُوا بِالصَّبْرِ وَالصَّلَاةِ ۚ وَإِنَّهَا لَكَبِيرَةٌ إِلَّا عَلَى الْخَاشِعِين

"Sabr va namoz ila yordam so'rang.Va albatta, u nafsi siniqlardan boshqalarga juda katta ishdir"("Baqara"surasi, 45- oyatlar).

Demak musulmon har bir ishga astoydil urunadi va shu bilan birga, Alloh taolodan yordam so'raydi.Sabr ko'pincha hayol qilinganday salbiy ma'nodagi tushuncha emas. Aksincha, sabr -Alloh taoloning aytganini bajarish jarayonida duch keladigan mashaqqatlarni yengishdan iboratdir.

Eng bosh sabr havoyi nafsni,rohat-farog'atni,mansabni tark qilib,Alloh taoloning aytganiga yurishga chidamdir.

Namoz esa, bandani Alloh taologa bog'lab turuvchi narsa bo'lib, inson namoz orqali quvvat,matonat,chidam va bardoshga erishadi.Rosululloh alayhissalom qachon boshlariga qiyin ish tushsa, namoz o'qishga shoshilar edilar.

Alloh taolo mo'min bandalariga shunday deb buyuradi:

وَأْمُرْ أَهْلَكَ بِالصَّلَاةِ وَاصْطَبِرْ عَلَيْهَا ۖ لَا نَسْأَلُكَ رِزْقًا ۖ نَّحْنُ نَرْزُقُكَ ۗ وَالْعَاقِبَةُ لِلتَّقْوَىٰ

"Ahlingni namozga amr et va o'zing unga sabr qil.Biz sendan rizq so'ramasmiz. Biz senga rizq beramiz. Oqibat taqvonikidir" ("Toha"surasi,132-oyat).

Musulmonning burchi ahlini, oilasini musulmon qilishdir.Bu ishda namoz muhim o'rin tutadi.Shuning uchun, ahlingni,oila a'zolaringni namoz o'qishga buyur. O'zing ham sabr ila namozda bardavom bo'l va ahlingni namozga undashda davom et.

Balo-sinovlarga sabr qilish haqidagi oyatlardan:

Sabr haqida Alloh taolo quydagi oyati karimada shunday deb marhamat qiladi:

يَا بُنَيَّ أَقِمِ الصَّلَاةَ وَأْمُرْ بِالْمَعْرُوفِ وَانْهَ عَنِ الْمُنكَرِ وَاصْبِرْ عَلَىٰ مَا أَصَابَكَ ۖ إِنَّ ذَٰلِكَ مِنْ عَزْمِ الْأُمُورِ

"Ey o'g'ilcham,namozni to'kis ado qil,yaxshilikka buyurib,yomonlikdan qaytar va o'zingga yetgan musiybatga sabr qil.Albatta,bular azm etilajak ishlardandir"(" Luqmon"surasi,17-oyat).

Mo'min-musulmon odam gohida qarshilikka uchraydi.Odamlardan unga turli ozorlar yetadi.Shunday xol ro'y bersa: "…o'zingga yetgan musibatga sabr qil".

Sabr qilmasang, ish bitmaydi.

Mo'min bandaga amr qilingan ishlar azmu qaror bilan ado etilishi lozim bo'lgan ahamiyatli ishlardir.Shuning uchun ham,ularni ado etishda sabr kerak bo'ladi.

Alloh taolo sabr bilan taqvoni birga  zikr qiladi va sabrning ajri ulug' ekanini alohida ta'kidalaydi:

قُلْ يَا عِبَادِ الَّذِينَ آمَنُوا اتَّقُوا رَبَّكُمْ ۚ لِلَّذِينَ أَحْسَنُوا فِي هَٰذِهِ الدُّنْيَا حَسَنَةٌ ۗ وَأَرْضُ اللَّهِ وَاسِعَةٌ ۗ إِنَّمَا يُوَفَّى الصَّابِرُونَ أَجْرَهُم بِغَيْرِ حِسَابٍ

"Sen (Mening tarafimdan): "Ey, iymon keltirgan bandalarim, Robbingizga taqvo qiling.Bu dunyo go'zal amal qilganlarga go'zallik bordir. Allohning yeri kengdir. Albatta,sabr qiluvchilarga ajrlari hisobsiz,to'liq berilur" ("Zumar" surasi,10-oyat).

Ba'zi ulamolarimiz, sabr qiluvchilarga ajrlari berilayotganda xisoblab o'tirmasdan,ulgurji berib yuboriladi, deb ta'viyl qilganlar.

Sabr haqida kelgan hadislardan na'munalar:

Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Nabiy sollallohu alayhi vassalam: "O'zi eshitgan ozorga sabr qilishda Alloh taologa teng keladigan biror zot yo'q.Ular U zotga tengdosh qilurlar.Shunday bo'lsa ham U zot ularni rizqlantirur va afv qilur",-dedilar". (Ikki shayh rivoyat qilishgan.)

O'ziga ozor berganlarning qilmishlariga sabr qilish va ularni afv qilib yuborish Alloh Taoloning sifatlaridan biri ekan.

Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Nabiy sollallohu alayhi vasallam taqsim qildilar. Ul zot ba'zi taqsimlarga o'xshatib taqsim qildilar. Shunda ansorlardan bir kishi: Allohga qasamki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga xabar beraman",-dedim-da, u zotning huzurlariga bordim. Ul zot sahobalari bilan ekanlar. Men ul zotga u aytgan gap haqida sir ravishda xabar berdim. Bu u zotga og'ir botdi. Yuzlari o'zgarib,g'azablari chiqib ketdi.Xatto men: "Ul zotga xabar bermasam bo'lar ekan",deb o'yladim.

So'gra u zot: "Alloh Musoni rahmat qilsin! U bundan ham ko'proq ozor yeb,sabr qilgan edi",-dedilar" (Ikki shayh va Termiziy rivoyat qilishgan.)

Bu rivoyatda nomi zikr qilinmaga,Rosululloh sollallohu alayhi vasallamga qattiq ozor bergan odam Me'tab ibn Kushayr nomli munofiq edi.

Abu Sa'id roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Ansoriylardan bir qancha odamlar Rosululloh sollallohu alayhi vasallamdan (mol) so'radilar.Bas, u zot ularga berdilar.So'ngra yana so'radilar, yana berdilar.So'ngra yana so'radilar,yana berdilar. Xatto,huzurlaridagi narsa qolmadi.Shunda u zot:

"Huzurimda nima yaxshilik bo'lsa,sizlarga bermay olib qolmasman.Kim iffat talab bo'lsa, Alloh uni iffatli qilur. Kim bexojatlik talab qilsa,Alloh uni bexojat qilur.Kim sabr talab qilsa,Alloh uni sabrlu qilur.Xech kimga sabrdan ko'ra yaxshiroq va kengroq ato berilamagan".-dedilar". (Beshovlari rivoyat qilishgan.)

Ushbu hadisi sharifda musulmon inson o'ziga berilgan rizq qancha boʻlsa, oʻshanga chidab, qanoat hosil qilib yurishi yaxshi ekani targʻib qilingan. Musulmon inson turmushini yaxshi taʼmin qilish uchun imkoniyatidagi barcha halol vositalarni ishga solib, harakat qilaveradi. Ammo rizq berish Alloh taolodan ekanini hech qachon unutmaydi. Shuning uchun, o'ziga berilgan rizq-nasibani Alloh taoloning irodasidan, deb biladi.Oz bo'lsa, norozi boʻlmaydi,ko'p boʻlsa, xovliqib  ketmaydi. Chunki Alloh taoloning irodasiga qarshi chiqish musulmon odam uchun toʻgri emas.

Mazkur rivoyatlarda musulmon inson oʻziga berilgan va  berilmagan rizqqa nisbatan  qanday munosabatda boʻlishi lozimligi haqida bir necha  koʻrsatmalar berilmoqda:

 -Iffatli boʻlish.

Birovning molidan umidvor boʻlishni or deb bilish.Kim o'zini iffatli tutishga urinsa,Alloh Taolo uni iffatli qilib qo'yishi turgan gap.

-O'zida  birovning sariq chaqasiga ham ham extiyoji yo'qligini izhor qilish. 

Alloh taolo bunday odamning koʻzini to'q qilib qoʻygani uchun, undan hech bir ochkoʻzlik sodir boʻlmas ekan.

-Kam bo'lsa ham, o'ziga berilgan rizqqa sabr qilish.

Sabr Alloh taolo tomonidan bandaga inʼom etilgan eng katta va eng keng ato hisoblanadi. Sabrli kishi rizqining oziga ham,yo'qchilikka ham chidab, o'zini  xor qilmay, boshini tik tutib kun ko'radi.

Sabr ne'matdan bebaxra banda esa, dunyoning yarmiga ega bo'lsa ham,ochko'zligini bildirib qo'yadi.

Musulmon odam Alloh taolo tomonidan berilgan yetarli rizqqa sabr qilib qanoatli bo'lib o'tsa,dunyodagi eng katta najotga erishgan shaxs bo'ladi.

Haqiyqiy boylik mol dunyoning ko'pligida emas, nasfsning to'qligidadir.

Ushbu ta'limotlarni har bir musulmon yaxshilab o'rganib, o'ziga singdirib olishi va hayotga tatbiq qilishi lozim.Ana shundagina oramizda besh tanga pul qo'yishga tushib odam o'ldirganlar,o'g'rilik ,poraxo'rlik,riboxo'rlik qiladiganlar,firibgarlik aldamchilik,yolg'onchilik va boshqa razoatlarni qiladiganlar qolmaydi.

Rosululloh sollallohu alayhi vasallam:

"Odamlarga aralashib,ularni ozorlariga sabr qilgan musulmon ularga aralashmaydigan va ozorlariga sabr qilmaydigan musulmondan yaxshidir",-dedilar". ( Termiziy rivoyat qilgan.)

Bu hadisdan odamlarning ozoridan qo'rqib ularga aralshmay qo'yish durust emasligi ma'lum bo'ladi.Odamlarga aralshib ularning ozorlariga sabr qilgan odam savob oladi. U o'sha aralashishi davomida ularga yaxshilik ham qilib yurgan bo'ladi. Odamlarga aralashmagan kishi esa, ko'pchilikka foyda yetkazishdan bosh tortgan bo'lishi mumkin.

Abdulloh roziyallohu anhu autadilar: "Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kirsam, u zot bemorlikda qiynalayotgan ekanlar.

"Yo Rosululloh, siz bemorlikdan qattiq qiynalmoqdasiz-ku?!"-dedim.

"Shunday. Albatta, men bemorlikdan sizlardan ikki kishining qiynalganich qiynalurman",-dedilar.

"Shunday. Xuddi shunday. Qay bir musulmonga biror musibat yetsa, biror tikon kirsa ham, albatta, Alloh uning sababidan o'sha bandaning yomonliklarini huddi daraxt o'z barglarini to'kkanidek to'kadir",-dedilar u zot".

Ikki shayx rivoyat qilishgan.

Abu Molik al-ashʼariy roziyallohu anhudan rivoyat qilingan uzun hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam, jumladan:

 "...sabr ziyyodir",-dedilar.

 Muslim, Termiziy va Nasaiy rivoyat qilishgan. "Ziyo" bir jismning oʻzidan chiqqan yorugʻlikdir.Misol uchun, quyoshdan chiqqan yorugʻlik "ziyo" deyiladi. 

Bir jism oʻzidan boshqadan olgan yorugʻlikni qaytarib chiqarsa, "nur" deyiladi. Misol uchun, oy quyoshdan olgan yorugʻlikni qaytarib taratgani uchun "oy nuri" deyiladi. 

Alloh taolo Qurʼoni Karimda: U, quyoshni ziyo, oyni nur qilgan zotdir",degan.Ziyyo nurdan kuchli bo'ladi.

     Sabrning  ziyo bo'lishi shundaki , avvalo, inson sabr ila ma'siyatlar zulmatidan chiqadi. Qolaversa sabr bora-bora mo'min inson qalbidagi ziyyoga  aylanadi. Chunki, Alloh taoloning dini va toati yo'lidagi qiyinchiliklarga sabr qiladigan odamning qalbida ziyo paydo bo'ladi. O'sha ziyo ibodatlar va turli mashaqqatlarni yangilash yangilash yoʻlini yoritib, toʻgʻri yo'l  tanlashga yordam beradi. 

Shuningdek, sabrning ziyosi mo'min kishiga qabrida ham, qiyomat kunida ham foyda beradi.

Koʻpchilik orasida "sabr" tushunchasi notoʻgʻri talqin qilinadi. "Sabr" deganda, birov tomonidan qilingan zulimga javob bermay, jim turish tushuniladi. Aslida esa, bu sabr emas,  qoʻrqoqlikdir. Sabr esa, ijobiy tushunchadir.

 Islomda "sabr" deyilganda, avvalo , iymon-eʼtiqod, diyn-u diyonat yoʻlidagi qiyinchiliklarga sabr qilish tushuniladi.Alloh taoloning amrini bajarish, qaytarganlaridan qaytishga nafsini majbur qilib, chidatish tushuniladi.

 "Sabr" deganda,  Alloh taoloning kalimasini yer yuzida hamma kalimalarni ustun boʻlish uchun kurash, qiyinchliklarga dosh berish nazarda tutiladi. Islom dini adolatidan butun dunyoni bahramand qilish uchun olib boriladigan da'vat mashaqqatlarga chidash, halol, pok yurish, yashash va ishlash  qiyinchligiga chidashni "sabr" deyiladi.

Sabrni foydalaridan: 

1.Sabr og'ir vaziyatlarda nafsni tutishga yordam beradi.

2.Sabr moddiy va ma'naviy talablarni shoshqaloqlik va qo'pollikning oldini olishga yordam beradi.

3.Sabr g'azabni qo'zg'aydigan narsalar sodir bo'lganida o'zini tutib olishga yordam beradi.

4.Sabr xavf tug'ilganda o'zini o'nglab olishga yordam beradi.

5.Sabr tamagirlik  vaziyatlarda o'zini o'nglab olishda asqotadi.

6.Sabr moddiy va ma'naviy yaxshiliklarga erishish yo'lidagi jismoniy va ruhiy alamlarga chidashdi yordam beradi.

7.Sabr iymon barkamolligi va Islom go'zalligi dalildir.

8. Sabr qalbda hidoyat hosil qilishga yordam beradi.

9.Sabrning samarasi Alloh taoloning va odamlarning muhabbatidir.

10. Sabr yer yuzida tamkin topish sababchusidir.

11.Sabr jannatga erishish va do'zoxdan qutilishdir.

12. Sabr Alloh taolo bilan birga bo'lishdir.

13. Sabr qiyomat kunidagi katta qo'rqinchdan omonlikdir.

14.Sabr mardlik va yaxshilik oqibatining alomatlaridir.

15. Sabr Alloh taoloning rahmati va barokatidir.

Asatullayeva Ezoza

Другие новости

Bidʼat xurofotlar
30.01.2024 43
Bidʼat (arabcha yangilik) – anʼanaviy diniy aqidalarga biror yangilik kiritilishini anglatuvchi tushuncha. Qadimda u dinlarning vujudga kelishi va taraqqiyoti jarayonida qoʻshilgan urf-odat va marosimlar, turli oʻzgartirishlar kiritish, dinni isloh etish...
Подробнее
OMMАVIY MАDАNIYATNING MILLIY MENTАLITETIMIZGА TАHDIDI   
29.01.2024 49
#EQKMMA#maqola XXI asrning katta muammolaridan biri «mafkuraviy tazyiq»dir. Uning yoshlarga yetkazayotgan taʼsirlari koʼpgina davlatlar qatori mamlakatimizni ham chetlab oʼtmadi. Fan va texnika taraqqiy etgan ushbu asrda, ayniqsa, axborot texnologiyalari aql...
Подробнее
BOLALAR ORASIDA ADOLAT QILISH
24.01.2024 47
Bolalar orasida adolat qilish ham ota-ona- ning vazifasi va bolalarning haqqidir.Islom adolat dinidir. U doimo barcha narsada, barcha yerda, barcha uchun adolat bo‘lishining tarafdoridir. Ayniqsa, yosh bolalar uchun. Shuning uchun...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry