23.06.2022
230

Sabrning turlari va qismlari

 

Sabr ikki xil bo'ladi:

Birinchisi badaniy sabr. Bundan qiyinchiliklarga badan ila chidaladi. U fe'liy, ya'ni amaliy bo'lishi mumkin. Misol uchun, og'ir va mashaqqatli ishlarni va ibodatlarini chidam hamda sabr bilan ado etish.

Ya’ni, badanga yetgan og'irlikni ko'tarish bilan hamda sabr bilan ado etish.

Misol uchun, kaltakka, og'ir bemorlikka yoki jarohatga chidash.

Mazkur turdagi sabr shariatga muvofiq bo'lsa, maqtalgan ish bo'ladi.

Ikkinchisi ma'naviy sabr. Bunda tabiati tortgan va havoyi nafs ishtaha qilgan narsalarga sabr qilinadi. Mana shu sabr eng kuchlisidir.

Xuddi shu sabr o'zi bog'liq bo'lgan narsaga qarab turli ismlar bilan ataladi:

-Agar qorin va farj shahvatiga sabr qilish bo'lsa “iffat” deb nomlanadi.

-Agar dod-voy qilmasdan musiybatga chidash bo'lsa; “sabr”deyiladi.

-Agar boylikni ko'tarish bo'lsa,»o'zini tutib olish»deyiladi.

-Agar zamon qiyinchiligiga injiqlik qilmaslik bo'lsa, “bag'rikenglik”deyiladi.

-Agar maishatparaslikdan yuz o'girish bo'lsa, ”zuxd”deyiladi.

-Agar oz nasiybaga sabr qilish bo'lsa, ” qanoa»deyiladi.

Ba'zi oriflar, sabrning maqomi uchtadir,demishlar:

-Birinchi maqom shaxvatni tark qilishdan iborat bo'lib, uni “tavba qiluvchilar dahasi”deyiladi.

-Ikkinchi maqom taqdir qilingan narsaga rozi bo'lishdan iborat bo'lib, uni “zohidlar darajasi” deyiladi.

-Uchinchi maqom Robbining ravo ko'rgan narsasiga muhabbat qilishdan iborat bo'lib uni «siddiqlar darajasi»deyiladi.

Shuningdek, sabr quydagi turlarda bo’ladi:

1.Farz Shariatda harom va man qilingan narsalarga sabr qilish farzdir.

2.Nafl. Makruh-yoqimsiz narslarga sabr qilish nafldir.

3.Harom. Shariat man qilgan sabrni qilish haromdir. Misol uchun, bir kishining qoʻlini boshqasi zulim yuzasidan kessa, uning sabr qilib turishi haromdir. Balki oʻzini himoya qilish farzdir. Shuningdek, mahram ayollariga tajovuz qilganlarga rashq qilmay, sabr qilib turish ham harom.

4.Makruh. Shariat makruh sanalgan tomondan yetgan ozorga sabr qilib turish makruhdir. 

Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, sabrning oʻlchov shariatga muvofiq boʻlishi kerak.

Sabrning darajalari:

-Avomning darajasi: Qalbni toatlarni qilishga va gunohlardan qaytishga tutib turish.

-Xoslarning darajasi: Nafsni riyozot va mujaxadotlarda ushlash,hollarning yo'lida qiyinchiliklarga solish va pardani ko'tarishga harakat qilish.

-Xoslarning xosining darajasi: Ruhni mushohada va muoyana huzurida tutish.

Bandaga bu dunyoda uchraydigan barcha narsalar uning havoi nafsiga muvofiq keladigan yoki muvofiq kelmaydigan ikki turga boʻlinadi. Banda ularning ikkisida ham sabrga muxtoj boladi. Demak, banda barcha holatlarda sabrga hojatmanddir.

1. Havoyi nafsga muvofiq keladigan sabr haqida soʻz yuritadigan boʻlsak, sihat-salomatlik, mol-u dunyo, obro' va mansab, yor-u do'stkarning koʻpligi kabi narsalarda boladi.

Ma'lumki, mazkur narsalarning barchasi dunyoning lazzatbaxsh matohlaridan hisoblanadi. Agar banda bu narsalardan oʻzini tiymasa, yoʻldan urilishi va tugʻyonga ketishi turgan gap.

     Bu haqida Alloh taolo shunday deb marhamat qiladi:

لَّا إِنَّ الْإِنسَانَ لَيَطْغَىٰ

«Yo'q! Inson,albatta,tug'yonga ketur.

أَن رَّآهُ اسْتَغْنَ

Gar o'zini boy ko'rsa».(«Alaq»surasi,6-7-oyatlar).

Ba'zi oriflar:

“Baloga mo'min sabr qiladi. Ofiyatlarga faqatgina siddiq sabr qiladi”, deydilar.

Sahobalar roziyallohu anhum: «Qiyinchilik sinovlarga uchraganmizda sabr qildik. Osonlik sinovga uchraganmizsa sabr qila olmadik «, deganlar. 

Shuning uchun ham, Alloh taolo bandalarni mol, ahli ayol va bolalar fitnasidan hazir boʻlishga chaqirgan. Eng yaxshi odam mazkur dunyo matohlariga berilib ketishdan oʻzini tiyib sabr qilgan kishidir. U, dunyo matohlaridan o'ta xursand boʻlib ketmaydi, ularga ruju qoʻymaydi, maishatparastlikka berilmaydi, oʻyin-kulgi, ketidan quvmaydi,havoyi nafsi ishtaha qilgan narsalarda sabr qiladi. Oʻziga berilgan barcha neʼmatlarda Alloh taoloning haqqini rioya qiladi. Molidan infoq qiladi, badani ila xaloyiqqa yordam beradi. Tili ila rostgo'ylikni tarqatadi va hakazo. Ushbu turdagi sabr shukr bilan chambarchas bog'liqdir.

2. Havoyi nafsga muvofiq kelmaydigan narsalarga sabr qilish.

 Bu xildagi sabir uch qismga boʻlinadi: Birinchi qism.

     Toat va maʼsiyat kabi bandalarini ixtiyoriga bogliq narsalarga sabr qilish. Toatga sabr qilish ogʻir kechadi. Chunki odatda nafs ubudiyat-bandalikni emas, rububiyat- xojalikni ishtaha qiladi. Shuning uchun ham, har bir bandaning oʻz qoʻl ostida shaxslarga nisbatan oʻzini katta olishning ko'ramiz. Bas, ubudiyat nafs uchun mutlaqo mashakkatli koʻrinadi. So'ngra ibodatlardan ba'zalari, namozga o'xshab dangasalik sababidan yoqmaydi.Ba'zilari, zakotga oʻxshab baxtlik tufayli yoqmaydi. Ba'zalari, hajga oʻxshab, mazkur ikki narsa sababidan yoqmaydi. Bas, toatlarga sabr qilish qiyinchiliklarga sabr qilishdir.

Toat qiluvchi banda toatiga sabr qilish uchun uch holatga hojati tushadi. b Birinchisi toatdan oldingi holat boʻlib, unda niyyat va ixlosni to'grilash, riyokorlik va boshqa ovfatlardan hazir bo'lishda sabr qilish kerak bo'ladi. Niyat va ixlosning haqiyqatini  bilganlar uchun sabr eng qiyin sabrlardan biridir.

Shuning uchun ham, Alloh taolo Qur'oni Karimning «Xud»surasida sabrni amaldan oldin keltirib:

إِلَّا الَّذِينَ صَبَرُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ أُولَٰئِكَ لَهُم مَّغْفِرَةٌ وَأَجْرٌ كَبِيرٌ

“Magar sabr etgan va yaxshi amallar qilganlar»degan (11-oyat). 

Ikkinchisi amal paytidagi xolat bo'lib, unda banda amalini bajarish davomida Alloh taolodan g'ofil bo'lmasdan oxirgacha sunnat va odoblarni o'rniga qo'yib, sabr qilishi kerak bo'ladi. Bu sabr ham qiyinchilik bilan yuzaga keladigan sabrdandir. 

Alloh taolo bu haqda shunday deb marhamat qiladi:

ۚ نِعْمَ أَجْرُ الْعَامِلِينَ

“Amal qiluvchilarning ajri qanday ham yaxshi! Ular sabr qilgan va Robbilarigagina tavakkul qiladigan zotlardir»(«Ankabut»surasi, 58-59 oyatlar). 

Uchinchisi amaldan keyingi xolat bo'lib, unda maqtanchoqlik va riyyodan hamda amaliga manmanlik va minnatni aralashtirishdan tiyilishga sabr qilish kerak bo'ladi. Bu ham qiyin hisoblanadi.

Alloh taolo shunday deb buyuradi:

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا لَا تُبْطِلُوا صَدَقَاتِكُم بِالْمَنِّ وَالْأَذَىٰ كَالَّذِي يُنفِقُ مَالَهُ رِئَاءَ النَّاسِ وَلَا يُؤْمِنُ بِاللَّهِ وَالْيَوْمِ الْآخِرِ ۖ فَمَثَلُهُ كَمَثَلِ صَفْوَانٍ عَلَيْهِ تُرَابٌ فَأَصَابَهُ وَابِلٌ فَتَرَكَهُ صَلْدًا ۖ لَّا يَقْدِرُونَ عَلَىٰ شَيْءٍ مِّمَّا كَسَبُوا ۗ وَاللَّهُ لَا يَهْدِي الْقَوْمَ الْكَافِرِينَ

“Ey iymon keltirganlar! Sadaqalaringizni minnat va ozor berish bilan, Allohga va oxirat kuniga iymon keltirmasa ham, kishilarga riyo uchun molini nafaqa qilganga o'xshab, bekorga ketkazmang”  («Baqara»surasi, 264- oyat).

     Ma'siyatga sabr qilish ham bandaning doimo xojati tushib turadigan ishlardan biridir.

Bu boradagi eng mashshaqatli ish odatga aylanib qolgan ma'siyatlarga sabr qilishdir. Odat kishilarga singib ketgan narsa boladi. Agar odatga shahvat koshirib qolsa bormi, shaytonning navkarlaridan ikki navkar birlashadi va ularga yengish qiyinlashadi.

Shuningdek, ma'siyat qilish oson ishlardan bo'lsa, unga sabr qilish ham dushvor bo'ladi.Bunga g'iybat, yolg'on, riyokorlik, o'zini maqtash, ozorli mazax, xaqorat kabi til ma'siyatlari misol bo'ladi.

Bular katta ma'siyat boʻlsa ham, sodir qilinishi oson boʻlgani uchun, koʻp qilinadi va oʻrganib qolingani uchun inkor ham qilmaydi. Gohida odamlar bir makruhi tanzihiy ishni qilgan odamni gunohi kabira qilgan kattiqroq inkor qilishadi, ammo u bilan oʻtirib olib yuqoridagi til maʼsiyatlarni tap tortmay, xuzur ila qilishaveradi.

Kim tiliga kuchi yetmasa, u bilan qilinadigan ma'siyatlarni qaytarishga sabri boʻlmasa, yolgizlikni lozim tutish vojibdir. Uning najoti yolgizlikdan boshqada emas.

Musiybat va falokatlar kabi bandaning ixtiyoriga bogliq boʻlmagan narsalarga sabr qilish. 

Yaqin kishilarning oʻlimi, mol-mulkning halokatga uchrashi, bemorlik yetishi kabi ishlarga sabr qilish ushbu qismga kiradi. Bunday musibat va falokatlarga sabr qilish sabrning oliy maqomlaridan sanaladi.

Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu: 

«Qurʼondagi sabr uch turlidir: 

-Alloh taoloning farzlariga sabr qilish. Unga yuzta daraja beriladi.

     -Alloh taolo harom qilgan narsalarga sabr qilish. Unga olti yuz daraja beriladi.

     -Musibatga birinchi zarba paytida sabr qilish. Unga to'qqiz yuz daraja beriladi», deganlar.

Alloh taolo shunday deb marhamat qiladi:

وَلَنَبْلُوَنَّكُم بِشَيْءٍ مِّنَ الْخَوْفِ وَالْجُوعِ وَنَقْصٍ مِّنَ الْأَمْوَالِ وَالْأَنفُسِ وَالثَّمَرَاتِ ۗ وَبَشِّرِ الصَّابِرِينَ

«Albatta, Biz sizlarni bir oz qoʻrqinch va ochlik bilan, mol-mulkka, jonga, mevalarga nuqson yetkazish bilan sinaymiz. Va sabrlilarga bashorat ber.

أُولَٰئِكَ عَلَيْهِمْ صَلَوَاتٌ مِّن رَّبِّهِمْ وَرَحْمَةٌ ۖ وَأُولَٰئِكَ هُمُ الْمُهْتَدُونَ

Ular musibat yetganda:»Albatta, biz Allohnikimiz va, albatta, biz Unga qaytguvchimiz», derlar.

 Ana oʻshalarga Robbilaridan salovatlar va rahmat bor. Ana oʻshalar hidoyat topganlardir»(«Baqara»surasi, 155-157-oyatlar).

«Qo'qinch»deganda dushmandan bo'ladigan xavf-xatar tuygʻusi tushuniladi. 

Qahatchilik yoki boshqa sabablardan kelib chiqadigan ocharchilik ham Alloh taoloning sinovlaridan biridir.

     Shuningdek, Alloh taologa o'g'ri olishi, ovfat etishi yoki zolimlarning tajovuzi tufayli mol-mulkka nuqson yetkazib va yaqin kishilarning, yor-birodarlar va sheriklarning o'limi, kasalligi bilan jonga nuqson yetkazib hamda mevalarga ofat yetlazish, barakasini ketkazish bilan nuqson yetkazib sizni sinab koʻramiz, deydi.

 Boshiga shunday sinov kelgan, musibat yetgan banda nima qilsa yaxshi boladi? Bu haqida Alloh taolo Rasuli Muhammad alayhissalomga xitob qilib koʻrsatma bermoqda:

“Va sabrlilarga bashorat ber. Ular musibat yetganda, «Albatta, biz Allohnikimiz va, albatta, biz Unga qaytuvchimiz, derlar”.

Demak musibat yetganda musulmon kishi sabrli boʻlishi va Janobi Haqning Oʻziga oʻrgatgan duoni qilishi kerak. Bu duo Qurʼon lafzida  «Inna lillahi va inna ilayhi rojiuun», deb talaffuz etiladi. E'tibor qilinsa, “istirjo” deyiladi. E'tibor qilinsa, istirjoada ulkan ma'no yotibdi.

“Albatta, biz Allohnikimiz.»Ya'ni, barchamiz, bor budimiz Allohnki, haqiqiy ega Uning o'zi.Nimani, qachon, qanday tasarruf qilishni o'zi O'zi biladi.

«Va, albatta, biz Unga qaytuvchimiz.»Ya'ni, ertami-kechmi, baribir Unga qaytishimiz bor. Bizga yetib turgan musibat ham Uning o'zidan. Biz sabr qilishimiz lozim va shunday qilamiz ham. Shu bois, istirjoga ko'p savoblar va'da qilingan.

Ummu Salama roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:

Bir kuni Abu Salama Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlaridan keldi-da: Rasululloh sollollohu alayhi vasallamdan bir gap eshitib undan xursand boldim. U zot: «Musulmonlardan biriga musibat yetganda istirjo aytsa va so'ngra “Allohumma ajirni fiy musibati vaxluf liy xoyrom-minha”- Allohim, menga musiybatimda ajr bergin va uning oʻrniga yaxshirogʻini bergin»desa, aytgani boʻlad”, dedila”,deb aytdi».

Bularni men yodlab oldim. Abu Salama vafot etganida, istirjo aytdim va haliga duoni oʻqidim. So'ngra o'zimcha:»Menga Abu Salamadan yaxshiroq er qayda», dedim.

     Iddam chiqqanidan soʻng Rasululloh kelib kirishga izn soʻradilar. Teri oshlab o'tirgan edim, qoʻlimni yuvib, kelishlariga izn berdim u kishiga ichiga xurmoning yumshoq qobig'i toʻlatilgan teri yostiq berdim. Oʻtirganlaridan soʻng, menga uylanmoqchi ekanligini aytdilar.

Ul zot gaplarini tugatgach, men:

«Yo Rasululloh, sizga rag'bat qilmasligim mumkin emas, lekin men juda rashkchi ayolman, sizga yoqmaydigan narsa menda sodir boʻlib, Allohning azobiga duchor boʻlmay, deb qoʻrqaman.

     Soʻngra, yoshim katta boʻlib qoldi, buning ustiga, bolalarim bor»,- dedim.

 Rasululloh alayhissalom:

«Sen aytgan rashkni Alloh tezda ketkazadi. Yosh to'grisida gapirsang, mening ham yoshim bir yerga borib qoldi. Bolalaring boʻlsa, ular mening ham bolalarim»,- dedilar…

     Alloh menga Abu Salamaning oʻrniga undan yaxshi zotni-Rasulullohni berdi”.

Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

     Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Alloh taolo: , “ Ey o'lim farishtasi, sen bandamning farzandini, ko'zining qorachig'ini, qalbining samarasining jonini oldingmi?»- deydi.

-Farishta: «Ha», deydi.

-Alloh: «U nima dedi?»- deb so'raydi.

-Farishta: «Senga hamd va istirjo aytdi»,- deydi.

-Shunda Alloh: «Jannatda bandamga bir uy bino qilinglar va uni “Hamd uyi”, deb nomlanglar, deydi”,-dedilar.

Termiziy rivoyat qilgan. 

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Birortangizning oyoq kiyimi ipi uzilsa ham, istirjo aytsin. Chunki, u ham musiybatlardan»,-dedilar».

Bazzor rivoyat qilgan.

Demak, katta-yu kichik har bir koʻngilsiz hodisada sabr kerak. Ko'zining qorachigʻi, jigarbandi, bolasi o'lganda ham, oyoq kiyimining uzilganda ham. Musibat yetgandan keyin darhol istirjo aytib, sabr qilish kerak. Hamma narsa Allohniki va bari Allohga qaytadi, degan e'tiqodni mahkam tutish kerak.

Oʻziga ozor bergan kishidan intiqom olish kabi kelishi oʻziga bog'liq bo'lmagan, ammo ketishi uning ixtiyorida boʻlgan narsalarda sabr qilish.

     Misol uchun, badanga birov tomonidan gap, harakat yoki uning joni yoki moliga qarshi jinoyat qilish ila ozor yetkazganda, javob chorasi koʻrishga qodir boʻlib turib sabr qilish. Bu haqida Qurʼoni Karimda shunday oyat keladi:

وَمَا لَنَا أَلَّا نَتَوَكَّلَ عَلَى اللَّهِ وَقَدْ هَدَانَا سُبُلَنَا ۚ وَلَنَصْبِرَنَّ عَلَىٰ مَا آذَيْتُمُونَا ۚ وَعَلَى اللَّهِ فَلْيَتَوَكَّلِ الْمُتَوَكِّلُونَ

«Nima uchun biz Allohga tavakkul qilmas ekanmiz?! Holbuki, U bizni yo'limizga hidoyat qildi. Bizga bergan ozorlaringizga, albatta, sabr qilamiz. Tavakkul qiluvchilar faqat Allaohgagina tavakkul qilsinlar», dedilar»(«Ibrohim»surasi,12-oyat).

Alloh taolo shunday deb marhamat qiladi:

تُبْلَوُنَّ فِي أَمْوَالِكُمْ وَأَنفُسِكُمْ وَلَتَسْمَعُنَّ مِنَ الَّذِينَ أُوتُوا الْكِتَابَ مِن قَبْلِكُمْ وَمِنَ الَّذِينَ أَشْرَكُوا أَذًى كَثِيرًا ۚ وَإِن تَصْبِرُوا وَتَتَّقُوا فَإِنَّ ذَٰلِكَ مِنْ عَزْمِ الْأُمُورِ 

«Albatta, mol-u jonda sinovga uchraysiz. Albatta, sizdan oldin kitob berilganlardan va shirk keltirganlardan ko'plab ozor eshtasiz. Agar sabr qilsangiz va taqvo qilsangiz, albatta, bu salmoqli ishlardandir». (Oli Imron»surasi, 186-oyat). 

Alloh taolo «Muzzammil»surasida:

وَاصْبِرْ عَلَىٰ مَا يَقُولُونَ وَاهْجُرْهُمْ هَجْرًا جَمِيلًا

«Va ularning gaplariga sabr qil va ulardan chiroyli chetlash-la, chetlab tur»(«Muzzamil»surasi, 10-oyat).

وَإِنْ عَاقَبْتُمْ فَعَاقِبُوا بِمِثْلِ مَا عُوقِبْتُم بِهِ ۖ وَلَئِن صَبَرْتُمْ لَهُوَ خَيْرٌ لِّلصَّابِرِينَ

«Agar iqob qiladigan bo'lsangiz, o'zingizga qilingan iqobga o'xshash iqob qiling. Agar sabr qilsangiz, albatta, u sabr qilguvchilar uchun xayrlidir.

وَاصْبِرْ وَمَا صَبْرُكَ إِلَّا بِاللَّهِ ۚ وَلَا تَحْزَنْ عَلَيْهِمْ وَلَا تَكُ فِي ضَيْقٍ مِّمَّا يَمْكُرُونَ

«Sabr qil, sening sabring faqat Alloh ila bo'lur. Ular (holi)ga hafa bo'lma. Ular qilayotgan makrdan siqilma»(«Nahl»surasi, 126-, 127-oyatlar).

Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyatqilinadi: 

“Nabiy sollallohu alayhi vasallam taqsim qildilar. Ul zot baʼzida taqsimlarga oʻxshab taqsim qildilar. Shunda ansorlardan bir kishi: Allohga qasamki, bu taqsimlashda Allohning roziligi iroda qilinmadi”,- dedi. Bas, men:”Allohga qasamki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga xabar beraman”,- dedim-da u zotning huzuriga bordim. U zot sahobalar bilan ekanlar. Men ul zotga u aytgan gap haqida sirli ravishda xabar berdim. Ul zotga og'ir botdi. Ul zotning yuzlari o'zgarib, g'azablari  chiqib ketdi. Hatto men: “Ul zotga xabar bermasam bo'lar ekan”,- dedim.So'ngra ul zot:  “Alloh Musoni rahmat qilsin! U bundan ham ko'proq ozor yeb ham sabr qilgan edi”- dedilar.

Ikki Shayx va Termiziy rivoyat qilishgan.

Asatullayeva Ezoza

Другие новости

Bidʼat xurofotlar
30.01.2024 29
Bidʼat (arabcha yangilik) – anʼanaviy diniy aqidalarga biror yangilik kiritilishini anglatuvchi tushuncha. Qadimda u dinlarning vujudga kelishi va taraqqiyoti jarayonida qoʻshilgan urf-odat va marosimlar, turli oʻzgartirishlar kiritish, dinni isloh etish...
Подробнее
OMMАVIY MАDАNIYATNING MILLIY MENTАLITETIMIZGА TАHDIDI   
29.01.2024 36
#EQKMMA#maqola XXI asrning katta muammolaridan biri «mafkuraviy tazyiq»dir. Uning yoshlarga yetkazayotgan taʼsirlari koʼpgina davlatlar qatori mamlakatimizni ham chetlab oʼtmadi. Fan va texnika taraqqiy etgan ushbu asrda, ayniqsa, axborot texnologiyalari aql...
Подробнее
BOLALAR ORASIDA ADOLAT QILISH
24.01.2024 33
Bolalar orasida adolat qilish ham ota-ona- ning vazifasi va bolalarning haqqidir.Islom adolat dinidir. U doimo barcha narsada, barcha yerda, barcha uchun adolat bo‘lishining tarafdoridir. Ayniqsa, yosh bolalar uchun. Shuning uchun...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry