Alloh soʻzini eshitgan ayol
Havla binti Saʼlaba roziyallohu anho onamiz dinimiz tarixida nom qoldirgan mashhur sahobiya ayollarimizdan biri hisoblanadilar. Ular Payg’ambarimiz salollohu alayhi vasallamga birinchilar qatori iymon keltirganlar. Ularning turmush oʻrtoqlari mashhur sahoba Avs ibn Somit roziyallohu anhu ekanliklari koʻpchilikka maʼlumdir. Lekin koʻp vaqt oʻtmay ular turmush oʻrtoqlaridan ayrilib qoladilar. Shunday boʻlsada, ular turmush oʻrtoqlariga umrilarining oxiriga qadar vafo qilgan holda oʻtmoqlikni afzal koʻradilar. Havla roziyallohu anho zukko va dono ayolliklari, oilasi, farzandlaridan mehrini ayamasliklari, hattoki ularga chavandozlikni, kamondan o’q otishni ham oʻzlari oʻrgatganliklari tarixdan bizga maʼlumdir.
Johilyat davrida Havla binti Saʼlaba roziyallohu anhoga Avs ibn Somit: “Sen menga onam kabi san” deb qo’yadi va bu aytgan gapidan koʻp pushaymon boʻladi. Havla roziyallohu anho bu gapni Paygʻambarimiz salollohu alayhi vasallamga aytadilar. U zot sallollohu alayhi vasallam: “Ey Havla endi sen eringga harom boʻlding” dedilar. Havla roziyallohu anho erini oqlab: “Ey Allohning rasuli, erim keksayib, aqli zaiflashib qolgan, bolalarim esa yosh, endi men nima qilaman?” deb eridan ayrilgisi kelmayotganini bildiradilar. Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam yana avvalgi javobni qaytardilar. Shunda Havla roziyallohu anho onamiz yig’lab, Alloh taologa bunday duo qildilar: “Allohim senga arz qilaman, meni bu mushkulotdan o‘zing qutqar. Robbim bu ishimizni echimini Payg’ambaring tiliga Oʻzing tushurgin” deydilar.
Oisha onamiz roziyallohu anho rivoyat qiladilar: “Men ham, boshqalar ham Havlaning holiga achinib yig’ladik. Shu payt uning iltijolari, ohu faryodi Alloh taologa etgani ma’lum boʻldi. Alloh taolo oʻz habibiga ettinchi qavat osmondan vahiy tushurib, ayolni sevintirdi. Paygʻambar salollohu alayhi vasallamtabassum qilib, tushgan oyatni tilovat qildilar:
“Ey Muhammad Alloh oʻz jufti haqida siz bilan bahslashayotgan va Allohga arz qilayotgan ayolning soʻzini eshitdi. Alloh ikkovingizning soʻzlashuvungizni eshitur. Albatta Alloh eshituvchi va koʻruvchidir. Oralaringizdagi o’z xotinlarini “zihor” qiladigan kishilarga ular (xotinlarni also) onalari emasdirlar. Ularning (chin) onalalari (ularni) tuqqan ayollardir. Ular, haqiqatan, nomaqbul va yolg’on soʻz ayturlar. (Lekin) Alloh afv etuvchi va kechiruvchidir”.
Mujodala surasi 1- oyat
Bu xabar Havla roziyallohu anho oilasiga xursandchilik ulashadi. Ammo, xursandchilik koʻp davom etmadi. Avs ibn Sobit roziyallohu anhu vafot etadilar. Havola roziyallohu anho onamiz turmush oʻrtoqlariga koʻp achinar, doim ularning haqlariga duo qilar, ularga Allohdan magʻfirat tilar edilar.
Paygʻambar salollohu alayhi vasallam qachon Havla roziyallohu anhoni koʻrsalar: “Assalomu alaykum, ey duosini Alloh ijobat etgan ayol, ey so‘zini Alloh tinglagan ayol” deb salomlashar edilar.
Shundan soʻng, Umar ibn Xattob roziyallohu anhu xalifa boʻlsalar: “ Bir kuni masjiddan qaytayotganlarida bir ayol yoʻlini toʻsib chiqib, nasihat qila boshladilar: “Ey Umar, sen bir vaqtlar “Umarcha” deyishardi, keyin “Umar” deb ataladigan boʻlding. Bugun esa “Mo`minlar amiri” deyishmoqda. Ey Umar, ma’sulyat bobida Alloh taolodan qo’rq, kim qiyomat kunidan qoʻrqsa, kim oʻlimdan qoʻrqsa, oʻtkinchi narsalar ham uni qoʻrquvga soladigan boʻladi”. Hamrohlari Hazrati Umar roziyallohu anhuga: “Shu kampirning gapiga quloq solib oʻtiribsizmi?” deyishadi. Shunda Hazrati Umar: “Bu ayolning kimliginni bilmaysizmi? U Avs ibn Somitning xotini Havla binti Sa’laba boʻladi. Bu ayolning soʻzini Alloh taolo eshitgan-u, Umar eshitmasinmi?” deydilar.
Havla roziyallohu anho onamiz sabablaridan “zihor” muammosi barham topdi. Mana shunday onalarimiz dinimizni mukammal boʻlishida oʻzlarining taqvolari, duolari, ilmlari bilan bemisl hissa qoʻshib ketganlar.
Abduhamitova Gavharoy