23.06.2022
456

AYOLLARNING QABRLARNI ZIYORAT QILISHI

Alloh taologa O`zining maqomiga mos hamdu sanolar bo`lsin.

 Ayol-qizlarning qabrlarni ziyorat qilishini ahli sunna val jamoadagi hanafiylikdan boshqa mazhab ulamolari makruh deganlar. Chunki, Imom Termiziy va boshqa muhaddislar tomonidan: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ko`p-ko`p ziyorat qiluvchi ayollarni la`natladilar”, degan hadisi sharif rivoyat qilingan. Ushbu hadisga asoslanib, ahli sunna val jamoa ta`limotidan og`ishgan ayrim toifalar hatto ayollarning qabr ziyoratini haromga chiqaradilar. Hanafiy mazhabiga oid fiqhiy manbalarda esa ayollarning qabrlarni ziyorat qilishi joiz, deyilgan. Zotan, ayollar ham o`z ota-onalari hamda qarindoshlarining qabrlarini ziyorat qilishga haqlidirlar. Bunga bir nechta dalillar mavjud.                                                                               

Oisha roziyallohu anho Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: “Qabrlarni ziyorat qilganimda nima deyman?”, deb so`raganlar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Mo`minlar va musulmonlar diyorinig ahllariga salom bo`lsin!”, deb salomlashasan”, deganlar. Buni muhaddislardan Imom Muslim rohimahulloh va Imom Nasoiy rohimahulloh rivoyat qilgan bo`lib, u ayollarning qabrlarni ziyorat qilishi mumkinligiga yaqqol dalil bo`la oladi.                                               

Oisha roziyallohu anho Payg`mbarimiz sollallohu alayhi vasallam vafotlaridan so`ng u zotning qabrlarini ziyorat qilib turganlar. Otalari Abu Bakr roziyallohu anhu va hazrati Umar dafn qilingandan so`ng ham Oisha roziyallohu anhoning ziyoratga kirib turganlari ma`lum. Shuningdek, Oisha roziyallohu anho ukalari Abdurahmon roziyallohu anhuning Makkadagi qabrlari ziyoratiga borganlari naql qilingan. Imom Bayhaqiy rohimahullohning rivoyat qilishlaricha, bir kuni Oisha riziyallohu anho ukalari Abdurahmon roziyallohu anhuning qabrlarini ziyorat qilib qaytayotganlarida ularga “Axir, Rasulullohn sollallohu alayhi vasallam qabrlar ziyoratidan qaytargan emasmilar?!”, deyilgan. Shunda Oisha roziyallohu anho: “Avval qabr ziyoratidan qaytarilgan edi, so`ng unga ruxsat berilgan”, deb javob berganlar.         

Muhaddislardan Imom Hokim rohimahulloh rivoyat qilishlaricha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qizlari Fotima roziyallohu anho o`z amakilari Hazrati Hamza roziyallohu anhuning qabrlarini har jum`a borib ziyorat qilib qaytar ekanlar.        

Yuqorida keltirilgan: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ko`p-ko`p ziyorat qiluvchi ayollarni la`natladilar”, degan hadisi sharifni ulamolar ayollarning sabr-toqatlari kamligi, ular tezda ho`ngrab yig`i-sig`i qilaverishlari oqibatida aytilgan, deganlar. Shuningdek, “ko`p-ko`p” deyilishidan ayollar o`z oilalari va uy ichi ishlariga qaramasdan ziyoratma-ziyorat yuraverishlaridan qaytarilgan. Ayollarning yarim yalang`och, boshyalang bo`lib ziyoratgohlarga borishlari, ayniqsa aziz avliyolarning huzurlarida bu holda tirishlari, albatta, gunoh ishlardandir.                                            

Oisha roziyallohu anhoning ayollarning qabr ziyorati odobi borasida ajoyib gaplari keltirilgan: “Men Rasululloh sollallohun alayhi vasallam dafn qilingan uyimga yopinchiqlarimsiz ham kiraverar edim. “Mana bunisi erim, bunisi esa otam”, der edim. Umar roziyallohu anhu dafn qilinganidan so`ng esa, Allohga qasamki, Umar roziyallohu anhudan hayo qilganimdan kiyimlarimga o`ranib kirar edim ”.               Agar ayollar ust boshi yopiq holda, mahramlari bilan birga ziyoratga borsalar, yig`i-sig`i qilmasdan sabrli bo`lishib, oxiratni eslab, Allohni yod olsalar, ziyoratdan hech monelik yo`q.

                    Xadichai Kubro ayol-qizlar o`rta maxsus islom muassasasi 3-kurs talabasi   

 Nusratullayeva Muxlisa

 

 

Другие новости

Sajdai sahvga bog‘liq bo‘lgan masalalar
11.01.2024 177
#Sahv sajdasi🔸Imomning adashishi bilan imomga ham, muqtadiyga ham sahv sajdasi vojib bo‘ladi. Agar imomga ergashgan muqtadiy adashsa, sajda vojib emas.🔸Muqtadiy namozga kechikib kelgan bo‘lsa, imom salom bergandan keyin qolgan rakatni...
Подробнее
Sahv sajdasini vojib qiladigan sabablar
09.01.2024 204
🔹Agar farz namozining avvalgi ikki rakatida yoki ikki rakatning birida adashib "Fotiha" surasini o‘qimasa🔹Shuningdek, nafl va vitr namozlarining biror bir rakatida adashib "Fotiha" surasini o‘qimasa🔹Farz namozining avvalgi ikki rakatida qiroat...
Подробнее
IMOM ABU HANIFANING FAQIH SIFATIDA SHAKLLANISHIDA KUFA FIQHIY MAKTABINING O’RNI
01.06.2023 382
Annotatsiya: Ushbu maqolada Hanafiylik mazhabi asoschisi Abu Hanifa rohimatullohi alayhining hayotlari, ilk ilmiy faoiliyatlari va mazkur faoliyatlarida sahobalar asos solgan Kufa fiqh maktabining o’rni va ahamiyati, sahobalar orasidan Abu Hanifa...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry