23.06.2022
199

Ziynatlanish va uning shar’iy chegarasi

Alloh taolo marhamat qiladi: ”Ey, Nabiyning ayollari, viqor bilan uyingizda o’tiring. Ilgarigi johiliyatning ochiq-sochiqligi kabi ochiq-sochiq yurmang. Namozni to’kis ado eting, zakot bering. Allohga va uning Rosuliga itoat qiling. Albatta, Alloh sizdan nopoklikni ketkazib,butunlay poklashni xohlaydi.” Ya’ni ey, Nabiy sallollohu alayhi vassallamning ayollari uylaringizda viqor bilan o’tiring deya zikr qilindi. Bu yerda ayol kishi umuman uydan chiqmasin deyilmayapti, balki zarurat hollardagina chiqib boshqa paytda uyda o’tirishlari afzal ko’rilmoqda. Va yana johiliyatning ochiq-sochiqligi kabi tabarruj qilmasliklari ham aytildi. 

             Johiliyat davrida ya’ni hali islom kirib kelmasidan oldin ayollar ochiq-sochiq kiyinib, yasan-tusan qilib, erkaklarni o’zlariga qaratishga intilishar edi. Alloh taolo esa, bu ishdan qaytardi. Ayol kishi bunday holatda begona erkaklar oldiga chiqib, o’zini ko’z-ko’z qilishi yaxshi emas, chunki buning orqasidan qanchadan-qancha fasod ishlar kelib chiqadi va zinoga olib boradi. O’zlari va o’zgalarni ham gunohkor qilishadi. Mana shu tufayli tinch-farovon oilalarni buzilishiga sabab bo’lishadi. Albatta, bu xarom amaldir. Ammo ayollar o’z mahramlari oldida ziynatlanishga ruxsat berilgan.

               Ayol kishi balog’atga yetgandan keyin avratlarini berkitishi unga farz bo’ladi. Imom Abu Dovud Oisha onamizdan rivoyat qilgan hadisda U zotning oldilariga opalari Asmo binti Abu Bakr yupqa kiyim bilan kirganlarida, u yerda o’tirgan Rosululloh sallollohu alayhi vassallam yuzlarini o’girib olganlar va: 
“Ey, Asmo ayol kishi hayz ko’radigan bo’lgandan keyin undan mana bu va mana bundan boshqa joyi ko’rinmasligi kerak” deb, ikki kaftlari va yuzlariga ishora qilganlari aytilgan.

                Hanafiy mazhabi ulamolari ayol kishiga yuz va kaftlarini ochib yurishga izn berar ekanlar, yuz va qo’lni ziynatlamasdan, tabiiy holda tutishni shart qilib qo’yadilar.

         Johiliyat davrida ayollar oyoqlariga ham turli taqincholar, qo‘ng’iroqlar taqib olishar ekan. Keyin esa, erkaklarning e’tiborini jalb etish uchun oyoqlarini yerga qattiq-qattiq urib yurib, haligi taqinchoqlarning ovozini chiqarishar ekan. Bu esa, o‘z navbatida, erkaklarning shahvatini qo‘zg‘agan, ayolning ortidan tushib xiralik qilishiga va oxir-oqibat zinoga olib borishi mumkin bo‘lgan. Shuning uchun, maxfiy ziynatlarni oshkor etish maqsadida o‘sha ziynatlarning ovozini qasddan chiqarishga harakat qilish ham Islomda taqiqlandi.

                Ayol kishi o‘ziga xos kiyinishi o‘ziga xos go‘zallik kashf etishini ayollarning o‘zlari tushunib yetmoqliklari kerak. Bu haqiqatni ayollar o‘zlariga kelgan, ularning haqiqiy insoniy tabiatlari o‘zligini namoyon qilgan paytda ko‘rish mumkin.

Toʻxtasheva Xadich

Другие новости

Xalqaro tinchlik kuni
21.09.2023 1
Xalqaro tinchlik kuni har yili 21-sentyabrda nishonlanadi. Bu kun 1981-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan butun dunyoda tinchlik va zo‘ravonlikdan voz kechishni targ‘ib qilish maqsadida ta’sis etilgan. Dastlab, bayram...
Подробнее
Ўзбекистон ва Европада виждон эркинлигининг қиёсий таҳлили
20.09.2023 2
Диний ташкилотнинг давлатдан ажратилиши принципи бошқа шаклда ҳам намоён бўлиши мумкин. Европада бундай тизим диний ташкилотга қарши кураш жараёнлари натижаси сифатида шаклланди. XIX аср давомида Францияда давлат-дин муносабатлари ҳамкорликдан бутунлай...
Подробнее
Qurbonlik kunlari yaqinlashib kelayotgani munosabati bilan ESLATMA!
26.06.2023 45
#Zulhijja#Arafa#Qurbonlik#ESLATMAQurbonlik kunlari yaqinlashib kelayotgani munosabati bilan ESLATMA! Musulmon birodarim, muslima singlim! Qurbonlikka so‘yiladigan jonivorlarni masxaralaydigan surat, izoh, latifa yoki yozuvlarni tarqatishdan ehtiyot bo‘ling. Zero, qurbonlik Alloh taoloning shiorlaridan biridir. Alloh...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2023 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry