01.07.2022
465

Libos – ichki dunyo ko’zgusi

 

Libos insonning tashqi ko’rinishi, ma’naviy dunyosi, estetikasi, axloqiy sifatlari va ichki dunyosini ochib beradi. Libos bu – hayo va iffat timsoli ham demakdir. Alloh taolo Qur’oni karimda A’rof surasining 26-oyatida shunday marhamat qiladi:

“ Ey, odam bolalari, batahqiq sizlarga avratingizni to’sadigan libos va ziynat libosini nozil qildik. Taqvo libosi, ana o’sha yaxshidir…”.

Va yana Muddassir surasi 4-oyatida :

“… Va  kiyimingni pokla!” – deya marhamat qilgan.

Demak libos  insonni avratlarini to’suvchi va unga ziynat bo’luvchi omil hisoblanadi. Uning pokizaligi va urfga muvofiq kelishi esa libos sohibining qanchalik madaniyat va estetikaga rioya qilishini namoyon etadi. Libos masalasida gapirilganda asosan, ayollar masalasi hamisha dolzarb bo’lib qolgan. Chunki aynan ayollarning liboslari borasida taqlid qilish va me’yorni unutishda chegaradan chiqish holatlari ko’proq uchraydi. Alloh taolo muslimalarni avratlarini yopishga va ko’zlarini tiyishga amr qilgan. Har bir muslima ayol uy ostonasidan ko’chaga qadam qo’yar ekan o’zini holatiga o’zgalar nigohi bilan nazar solishi va nazarlarni jalb qilmaslikka va me’yorlarni unutmaslikka harakat qilishi lozim. Bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri ayol-qizlarimizning haddan ortiq tor yoki ochiq kiyinishlari yoxud yopiq kiyinsada iqlimga mufoviq kelmaydigan o’zgalar nazarini o’ziga tortuvchi liboslarni kiyayotganlaridir. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam muborak hadisi shariflarida shunday marhamat qiladilar:

Qays ibn Bishr Tag’libiydan rivoyat qilinadi: “Liboslaringizni yaxshi tutinglar, ulovlaringizni yaroqli saqlanglar, insonlarga yuzdagi holdek namuna bo’linglar . Albatta Alloh taolo fahsh va buzuqlikni yaxshi ko’rmaydi”.

Shuni unutmaslik kerakki, har bir ayol va qizning libosi unga mas’ul bo’lgan shaxslarning hamiyatini so’zlaydi. Bunga Qur’oni karimdan quyidagi dalil keltirishimiz  mumkin:

“Ey, Horun singlisi, otang yomon odammas va onang ham buzuq bo’lmagan edi-ku!” – dedilar. (Maryam surasi 28-oyat.)

Bu Maryam onamiz Allohning qudrati bilan Iso alayhissalomni otasiz dunyoga keltirganlarida qavmining ularga qilgan xitobi. Ayni damda biz e’tibor qaratishimiz lozim bo’lgan o’rin, xitobga nazar solaylik: “Ey, Maryam” deyilmayabdi, balki “Horunning singlisi”, deyilmoqda, demak aka singilning qilayotgan ishlari va holati uchun mas’ul. Xitobning keying qismida “Otang yomon emas” deyilmoqda. Qarangki, otaning qanday inson ekanligi qiz bolaning tarbiyasida namoyon bo’ladi. Xitobning so’nggi qismida “onang buzuq bo’lmagan edi-ku” – deyilishi esa qiz bolaning onasi uning tarbiyasiga katta ta’sir ko’rsatuvchi shaxs ekani zohir bo’ladi. Xulosa o’rnida aytish mumkinki, farzand tarbiya qilayotgan har bir  ota-ona ularning libosi, jamiyatda o’zini tutishi va bu borada me’yorni unutmasligiga mas’ul ekanini hamisha yodda tutishi lozim.

Ta’lim muassasasi o’qituvchisi Axmedova Muattar

Другие новости

9-MAY SANASI
08.05.2025 42
9-may sanasi — Buyuk Vatan urushi qatnashchilarini, o‘z Vatanini himoya qilishda hayotini fido qilgan ajdodlarimizni yod etish uchun ajratilgan muqaddas kun hisoblanadi. Bu kun qahramonlik, fidoyilik va Vatanga muhabbat ramzi...
Подробнее
9-may yod etish va duo qilish
08.05.2025 38
9-may kuni Vatan uchun jonini fido qilganlarni yod etish, ularning jasoratini qadrlash va ular uchun duo qilish musulmonlar uchun muhim vazifadir.Urushda vafot etganlar uchun duo qilish, ularning oxiratda mukofot topishlari...
Подробнее
KONSTITUTSIYA – MAMLAKATIMIZDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN DEMOKRATIK YANGILANISHLAR POYDEVORI.
08.12.2023 312
Mustaqil O'zbekiston Konstitutsiyasining qabul qilinishi ayni milliy qadriyatlarimizni, adolatli fuqarolik jamiyati, demokratik huquqiy davlat qurish, bozor munosabatlariga o'tish yo'llarini belgilab berdi.O'zbekiston Konstitutsiyasi huquqiy tizimimizning tayanch poydevoridir. Uning barcha qonunlarimiz uchun...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2025 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry