08.07.2022
595

Yoshlarni yot g‘oyalardan asrash

Inson zoti yaralibdiki, doimo unda fikrlar jamlanmasi bo‘lmish g‘oyalar birga yashaydi. Maxluqotlar ichida inson ongga egaligi sababli boshqalardan ayri xususiyatlarga ega. Barcha zamon va makonlarda g‘oya insoniyat jamiyatiga ta’sir o‘tkazuvchi katta kuch bo‘lib kelgan. Chunki, g‘oya ijtimoiy ahamiyatga ega hodisadir. Dastlab g‘oyalar alohida shaxslarning zehnida paydo bo‘lib, bora bora butun jamiyatga yoyiladi, hattoki, er kurrasining barcha qismiga tarqalib global tus olishi ham mumkin. Davr va vaziyatlar taqazosiga ko‘ra g‘oyalarning umri qisqa yoki uzun bo‘ladi. Qaysi mavzuga oidligiga ko‘ra g‘oyalar har xil turlarga bo‘lanadi. Masalan,

−      Ilmiy g‘oyalar;

−      Milliy g‘oyalar;

−      Diniy g‘oyalar;

−      Ijtimoiy g‘oyalar;

−      Siyosiy g‘oyalar

−   Umuminsoniy va shu kabi bir qancha sohalarga oid bo‘ladi.

Butun insoniyatga tegishli umuminsoniy g‘oyalar bilan birga diniy, milliy qadriyatlarga asoslangan faqatgina bir millat yoki biror jamiyatning o‘z muayyan g‘oyalari ham bo‘lishi mumkin. Shuningdek, g‘oyalar yana asosiy ikki turga – ezgu, yuksak g‘oyalar hamda buzg‘unchi g‘oyalarga ajraladi. Ezgu g‘oyalar jamiyatning, insonlarning birlashishi, rivojlanishi, farovon hayot kechirishlariga xizmat qilsa, buzg‘unchi g‘oyalar esa odamlarni, xalqlarning bo‘linib ketishiga, o‘zaro adovat, tarqoqlik hamda beqarorlik avj olishiga olib boradi.

Bunyodkor g‘oyalarga ergashib, vayronkor g‘oyalardan omonda bo‘lish uchun insonga g‘oyaviy immunitet kerak bo‘ladi. Yot g‘oyalarga qarshi immunitetni shakllantirishning eng samarali yo‘li yoshlikdan boshlab sof e’tiqod va milliy qadriyatlarga ko‘ra ta’lim-tarbiya olishdir.

Axborotlar yorug‘lik tezligidek tez tarqalayotgan ushbu zamonimizda jamiyatning kelajagi bo‘lmish yoshlarga turli yot g‘oyalarning ta’siri etib kelishi juda oson. Ommaviy axborot vositalarining barcha turlari orqali, xususan, internet tarmoqlari yordamida istalgan ma’lumotni dunyoning istalgan burchagiga etkazish imkoniyati mavjud. Albatta, buning ko‘plab ijobiy jihatlari borligi bilan salbiy tomonlari ham etarlichadir. Endi bugungi davrda yoshlarning jismonan sog‘ salomat bo‘lishlarining o‘zi etarli bo‘lmay qoldi. Balki, ularni ruhan sog‘lom bo‘lishlari, keng dunyoqarashga ega bo‘lishlari, turli yot g‘oyalarga qarshi tura oladigan kuchli tanqidiy fikrlay olishlari ham zarur bo‘lib qoldi.

Internet orqali tarqalib, tobora turli xil shakl olayotgan virtual buzg‘unchiliklar, zo‘ravonliklar, yoshlarning ruhiyatiga salbiy ta’sir o‘tkazuvchi video, film hamda o‘yinlar, diniy ekstremistik materiallar, insoniylikka zid bo‘lgan ishlar endigina o‘sib kelayotgan beg‘ubor hayolot olamiga ega bolalarning ongini zaharlab, ularni jamiyatga  befoyda va zararli odam bo‘lib etishishlariga sabab bo‘lmoqda.

Mazkur ofatlardan omonda qolishda oilalardagi sog‘lom muhit va munosabatlarning o‘rni asosiy ahamiyat kasb etadi. Shu sababli, ota onalar hamisha farzandlarini nazorat qilishlari, ularning ta’lim olishi, jismonan va ruhan rivojlanishi, atrofidagi muhitning sog‘lom bo‘lishiga harakat qilishlari lozim. Qolaversa, ota onalarning o‘zlari ham doimo ilm olishda davom etishlari, farzandlari bilan do‘stona aloqa o‘rnatishlari ham kerak bo‘ladi.

Yoshlarning porloq kelajagi uchun eng muhim omillardan yana biri ta’lim maskanlari va u erda olib borilayotgan ta’lim-tarbiya jarayonlarining etarlicha talabga javob beradigan bo‘lishidir. O‘quv muassasalarida yoshlar bilan olib boriladigan dars jarayonlarida, tadbirlarda, yig‘inlarda tanqidiy tafakkurni shakllantirish, psixologik mashg‘ulotlar o‘tkazish, yoshlarning o‘zlari mustaqil fikrlariga ega bo‘lishlari uchun murabbiylar nazorati ostida rivojlantiruvchi mustaqil bajariladigan amaliyotlar, kichik ilmiy bahslar o‘tkazilishi, turli vazifalar berilib, so‘ng ularni birgalikda muhokama qilish kabi ishlar amalga oshirilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Yoshlarni fikriy hamda ruhiy qaramlikdan xoli tarzda ulg‘ayishlarini ta’minlash ham zarur. Ma’lumotlarni filtr qila olish, ko‘rgan eshitgan har narsasiga soddalik bilan ishonib ketavermaslik uchun mustaqil fikrlay olish ko‘nikmalarini shakllantirish lozim. Bolalarni bekorchi bo‘lib qolmasliklari, vaqtlarini foydali mashg‘ulotlar bilan o‘tkazishlarini, turli kasblar o‘rganishlarini yo‘lga qo‘yish kerak bo‘ladi. Zero, barcha buzg‘unchiliklarning kelib chiqishi bekorchilikka borib taqaladi. Shunda yoshlar ham jamiyatda ham virtual olamda madaniyatga, asosli bilimga ega bo‘lib g‘arazli maqsadlar domiga tushib qolishdan chetda bo‘ladilar.

 

Ta’lim muassasasi o’qituvchisi Nigmatova Mohira

           

Другие новости

KONSTITUTSIYA – MAMLAKATIMIZDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN DEMOKRATIK YANGILANISHLAR POYDEVORI.
08.12.2023 168
Mustaqil O'zbekiston Konstitutsiyasining qabul qilinishi ayni milliy qadriyatlarimizni, adolatli fuqarolik jamiyati, demokratik huquqiy davlat qurish, bozor munosabatlariga o'tish yo'llarini belgilab berdi.O'zbekiston Konstitutsiyasi huquqiy tizimimizning tayanch poydevoridir. Uning barcha qonunlarimiz uchun...
Подробнее
Jaholatga qarshi ma’rifat
19.11.2023 283
Bugungi kunda muqaddas islom dinimizning insonparvarlik g‘oyalarini targ‘ib etish, “Jaholatga qarshi – ma’rifat” tamoyili asosida unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni sog‘lom e’tiqod ruhida tarbiyalash yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.Diniy bag‘rikenglik va millatlararo...
Подробнее
Bag'rikenglik millat tayanchi
08.11.2023 274
O'zbekiston zaminida qadim zamondan islom dini bilan boshqa dinlar yonma-yon yashab, rivojlanib va bu jamiyatning ma'naviy yuksalishiga muayyan hissa qo'shdi.Hozirgi kunga kelib, respublikamizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry