27.01.2022
360

Qur’on, Furqon, Zikr

Qur’on, Furqon, Zikr

 

   Alloh taolo insoniyatni sog‘lom fitrat bilan yaratib, O‘zining ibodatiga da’vat etib turishi uchun payg‘ambarlarni yubordi va ularga O‘z kalomini nozil qildi. Insonlarning xolatlari va vaziyatlariga qarab kitoblar va sahifalar nozil qildi.  Alloh Taolo ilohiy  kitoblarning barchasini ma’lum jamiyat va ma’lum zamon uchun nozil qilgan. Faqatgina Qur’oni Karimni barcha zamonlar, barcha makonlar va barcha ummatlar uchun nozil qildi. Qur’on Alloh Taoloning barcha insoniyatga yuborgan risolatidir. Qur’on va Sunnatda bunga dalolat qiluvchi mutavotir dalillar mavjud.

Furqon surasining 1-oyatida: “Barcha olamlarni (oxirat azobidan) qo‘rqitguvchi bo‘lsin deb O‘z bandasi (Muhammad)ga Furqon – Qur’on nozil qilgan zot – Alloh barakotli - Buyukdir”, deyilgan. 

Takvir surasining 19–24-oyatlarida: “SHak-shubhasiz u (Qur’on) bir ulug‘, quvvatli, Arshning sohibi (bo‘lmish Alloh) nazdida makon-martabali, u joyda (ya’ni osmonlarda farishtalar tomonidan) itoat etilguvchi, ishonchli elchining (ya’ni Jabroil farishtaning Alloh taolo tomonidan keltirgan) so‘zidir. Va sizlarning sohibingiz (Muhammad alayhissalom) majnun emasdir. Darhaqiqat, u (Jabroilni) ochiq ufqda ko‘rdi. U (Muhammad alayhissalom) g‘aybga (ya’ni g‘aybdan kelgan vahiyga) baxil ham emasdir (U Alloh taolo tomonidan o‘ziga keladigan vahiylarni buzmasdan, to‘la-to‘kis holda sizlarga etkazur), deyilgan bo‘lsa, Voqea surasining 75-79-oyatlarida: “ Men yulduzlarning botar joylariga qasam ichurmanki, holbuki bu (qasam) agar bilsangizlar shak-shubhasiz ulug‘-katta qasamdir – albatta u (Qur’on sehr yoki uydirma emas, balki) asralgan Kitobdagi (Lavhul-Mahfuzdagi) Ulug‘ Qur’ondir! Uni faqat tahoratli – pok kishilargina ushlarlar ”, deb keltirilgan.

Hijr surasining 9-oyatida: “Albatta bu eslatmani (ya’ni Qur’onni) Biz O‘zimiz nozil qildik va shubhasiz, O‘zimiz uni saqlaguvchimiz ” degan. Qur’on risolati ins va jinga bir xilda kelgandir. Ahqof surasining 29-31-oyatlarida: (Ey Muhammad), eslang, Biz sizning oldingizda bir guruh jinlarni Qur’on tinglasinlar, deb yuborgan edik. Bas, qachonki ular (Qur’on tilovatiga) hozir bo‘lishgach, (bir-birlariga): «Jim turinglar», dedilar. Endi qachonki (tilovat) tugatilgach, ular o‘z qavmlari oldiga ogohlantirguvchi bo‘lgan hollarida qaytib ketdilar.

Alloh Taolo o‘z kalomi bo‘lmish Qur’oni Karimni turli nomlar ila zikr qilgan.

  1. “Qur’on”-bu so‘z arab tilidagi قرأ-يقراء  o‘qimoq fe’lidan olingan bo‘lib, takror va takror o‘qiladigan kitobning nomidir. Uni Qur’on deb nomlanganiga Isro surasining 9-oyatida:” Albatta Qur’on eng to‘g‘ri yo‘lga hidoyat qilur va yaxshi amallarni qiladigan mo‘minlarga katta ajr va savoblarni borligini hushxabarini berur”-deb aytilgan.
  2. “Kitob”-bu nom arab tilida yozilgan narsalarga nisbatan ishlatiladi. Bu ma’noni arab tilida كتب -يكتب-مكتوب-كتاب masdari ifodalaydi. Qur’onning Kitob deb nomlanganiga Anbiyo surasining 10-oyatini dalil qilib keltirish mumkin. 

“Darhaqiqat Biz sizlarga bir Kitob-Qur’on nozil qildikki, unda sizlar uchun zikr (ya’ni sha’nu sharaf) bordir. (CHunki u sizlarning tilingizda nozil qilingandir). Aql yuritmaysizlarmi?!”-deyilgan. 

  1. “Furqon”-bu nom arab tilida “ajratuvchi degan ma’noni bildib, Qur’on oq bilan qorani, xaq bilan botilni, hidoyat bilan zalolatni ajratgani uchun shunday nomlangan. Bu haqida Furqon surasining 1-oyatida:”Barcha olamlarni (oxirat azobidan) qo‘rqituvchi bo‘lsin deb O‘z bandasiga Furqon-Qur’on nozil qilgan Zot-Alloh barokatli buyukdir”-deyilgan.
  2. “Zikr”-bu so‘z o‘zbek tilida “eslatma” degan ma’noni bildiradi. Qur’on insonlar uchun eslatma va ibrat bo‘lib nozil qilingandir. Hijr surasining 9-oyatida:”Albatta bu (zikr) eslatmani Biz o‘zimiz nozil qildik va shubhasiz uni o‘zimiz saqlaguvchimiz”deya marhamat qilinadi. 
  3. “Tanzil”-nozil qilingan, tushirilgan degan ma’nolarda keladi. Ushbu kitob Olamlar Robbisi Alloh tomonidan nozil qilingan buyuk kitobdir. Bu xususda SHu’aro surasining 192- oyatida:”Albatta bu kitob butun Olamlar Robbisi tomonidan nozil qilingandir”-deyilgan. Bulardan ko‘rinib turibdiki, Alloh Taolo O‘zi O‘z kitobini turli go‘zal nomlar bilan nomlagan. 

Doktor Muhammad Abdulloh Diroz: Alloh taoloning bu kalomiga nisbatan Qur’on va Kitob nomlari ko‘p ishlatiladi, chunki uning Qur’on, deb nomlanishida og‘zaki qiroat nazarda tutilgan bo‘lsa, Kitob deb nomlanishida esa, qalam bilan yozilganligi nazarda tutilgan , degan. Bu ikki nomni ham unga nisbatan voqe’likda  qo‘llanaveradi. Qur’onning bu ikki nom bilan nomlanishi, uni bu ikki yo‘l bilan ham saqlab qolinishiga sababdir, ya’ni uni o‘qish va yozish orqali yodlash shartdir. CHunki birida yoddan ko‘tarilsa, ikkinchisi orqali uni yana yodga solinadi. SHuning uchun ham faqat hofizning yodlaganiga suyanib qolinmay, balki uni asrlar osha sahobalardan bizgacha etib kelgan birinchi rasmiga  solishtiriladi. SHuningdek, uning yozilishi ham hofizlarning sahih mutavotir isnodiga muvofiq bo‘lishi talab etiladi.

 

Shahodat URAIMOVA,

“Xadichai Kubro” ayol-qizlar o‘rta maxsus

 islom ta’lim muassasasi o‘qituvchisi

Другие новости

QUR'ON O'QUVCHINING ODOBI
18.11.2023 260
Qur'on o'quvchi odamlar orasida joylashganda ham, yo'lg'iz qolganida ham Allohga taqvo qilib, tilini befoyda so'zlardan tiyadi, nojoiz narsalarga qaramaydi, qalbida musulmonlarga hasad, gina-qudrat saqlamaydi.Qur'on o'qigan odam foydasiz ishlarga aralashmaydi, vaqtni...
Подробнее
Qur'on mo'jizalari
20.07.2023 323
O'zining kalomini to qiyomatga qadar mo'jiza o'laroq nozil qilgan Alloh taologa cheksiz hamd-u sanolar, Qur'oni Karim u zotga eng katta mo'jiza qilib berilgan Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamga salovat-u salomlar...
Подробнее
QARGʻALAR
08.06.2023 345
Qur’oni karim nozil qilinganiga 14 asrdan oshgan bo‘lsa-da, har kuni undagi biror voqea bilan bog‘liq ilmiy kashfiyotlar e’lon qilinmoqda. Albatta, 14 asr avval aytilgan gaplarning ilmiy haqiqati haligacha topilayotgani bu...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry