19.08.2022
427

Kiyinish odoblari

 

      Libos insonning ziynati bo’lib, u insonning avratlarini berkitish bilan bir qatorda uni issiq-sovuqdan saqlash uchun xizmat qiladi. Shuning uchun ham libos bu – Allohning O‘z bandalariga ato etgan tengsiz ne'matlaridan biri desak mubolag‘a bo’lmaydi.

    Har bir narsaning o’z madaniyati bo’lgani kabi kiyinishning ham o’z madaniyati bor. Kiyinish ham bir san’at. Avvalo kiyim tanlashda uning insonning rangiga mos bo’lib liboslarning bir-biriga muvofiq bo’lishiga ahamiyat beriladi.  Shuningdek, libos eng avvalo islom shari’atiga muvofiq bo’lishi kerak.

     Libos insonning terisini ko‘rsatadigan darajada yupqa va shaffof bo‘lmasligi, tor bo‘lmasligi, erkak kishi kiyinishda o‘zini ayollarga o‘xshatib olmasligi yoki aksincha, ayol erkakcha kiyinmasligi kabilar kiyinishdagi islomiy ta’limotlardandir. Imom Buxoriy o‘zlarining «Sahih» to‘plamlarida Abdulloh ibn Abbos (raziyallohu anhumo)dan rivoyat qilgan hadisi sharifda shunday deyiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam (kiyinishda) o‘zini ayollarga o‘xshatadigan erkaklarni va erkaklarga o‘xshab kiyinadigan ayollarni la'natladilar».

       Yana shuni ta’kidlab o’tish kerakki, erkaklarga tilla taqinchoqlar va ipak liboslar harom qilingan. Imom Abu Dovud o‘zlarining «Sunan» nomli hadis to‘plamlarida Ali (raziyallohu anhu)dan rivoyat qilishlaricha, bir kuni Nabiy sollallohu alayhi vasallam ipak matoni olib o‘ng tomonlariga qo‘ydilar, tillani olib chap tomonlariga qo‘ydilar. So‘ng: «Mana bu ikki narsa ummatimning erkaklariga haromdir!»,  dedilar. 

    Libos kiyishda o‘ng tomondan kiyish sunnatdir. Oysha onamiz (raziyallohu anho) aytadilar: «Nabiy alayhissalomga poklanishda (ya'ni, tahorat va yuvinishlarda), soch tarashda va oyoq kiyim kiyishda o‘ng tomondan boshlash yoqar edi» (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati). Bu hadisda faqat poyabzal kiyish zikr qilingan bo‘lsada, hadisda tilga olingan sunnat bo‘lmish o‘ng tomondan boshlash boshqa turdagi liboslarni kiyishga ham taalluqli hisoblanadi. 
       Kiyimlarni pok tutish lozim. Islom dini poklik dinidir. Bu poklik ma'naviy va moddiy pokizalikni taqozo etadi. Alloh taolo Qur'oni karimning Muddassir surasida Nabiy alayhissalomga qarata va u kishi orqali butun insoniyatga xitob qilar ekan: «Kiyimlaringni pok tut!», degan. Demak, libos pokizaligi musulmon kishining hayotida nihoyatda muhim o‘rin tutadi. Shu bois ham namozning shartlaridan biri libosning pokligidir. Undan tashqari poklik va orastalik iymondan ekanligiga dalolat qiluvchi bir qancha rivoyatlar ham kelgan.

      Kiyim kiyishda quyidagi duoni o’qigan afzal: «Alhamdu lillahillaziy kasaaniy haza va rozaqoniyhi min g‘oyri havlin minniy valaa quvvah». Ya'ni, «Barcha hamdu sanolar mening o‘zimda hech qanday kuch-qudrat va imkoniyat bo‘lmagan holda bu libosni menga kiydirgan va rizq qilib bergan Allohga xosdir».

       Xulosa sifatida aytganda, libos insonning ziynati bo’lib uning didi, farosat va taqvosidan darak beradi. Kiyinishda islom ta’limotlariga amal qilsak savobga ega bo’lish bilan bir qatorda atrofimizdagilarning hurmatiga ham sazovar bo’lamiz.

 

Xadichai Kubro ta’lim muassasi mudarrisasi   F. Abzalova

 

Другие новости

KONSTITUTSIYA – MAMLAKATIMIZDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN DEMOKRATIK YANGILANISHLAR POYDEVORI.
08.12.2023 63
Mustaqil O'zbekiston Konstitutsiyasining qabul qilinishi ayni milliy qadriyatlarimizni, adolatli fuqarolik jamiyati, demokratik huquqiy davlat qurish, bozor munosabatlariga o'tish yo'llarini belgilab berdi.O'zbekiston Konstitutsiyasi huquqiy tizimimizning tayanch poydevoridir. Uning barcha qonunlarimiz uchun...
Подробнее
Jaholatga qarshi ma’rifat
19.11.2023 105
Bugungi kunda muqaddas islom dinimizning insonparvarlik g‘oyalarini targ‘ib etish, “Jaholatga qarshi – ma’rifat” tamoyili asosida unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni sog‘lom e’tiqod ruhida tarbiyalash yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.Diniy bag‘rikenglik va millatlararo...
Подробнее
Bag'rikenglik millat tayanchi
08.11.2023 120
O'zbekiston zaminida qadim zamondan islom dini bilan boshqa dinlar yonma-yon yashab, rivojlanib va bu jamiyatning ma'naviy yuksalishiga muayyan hissa qo'shdi.Hozirgi kunga kelib, respublikamizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry