28.09.2022
292

MUASSASA TALABA QIZLARI “ALISHER NAVOIY NOMIDAGI KINOCHILAR UYI”DA

“XADICHAI KUBRO” AYOL-QIZLAR O‘RTA MAXSUS
ISLOM TA’LIM MUASSASASI TALABA QIZLARI “ALISHER NAVOIY NOMIDAGI KINOCHILAR UYI”DA

“Xadichai Kubro” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi  talaba qizlari bilan “Alisher Navoiy nomidagi kinochilar uyida “Baron 2” filmi namoyishiga tashrif buyurildi.

Joriy yilning 26 sentyabr kuni yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va ma’naviy boyligini oshirish maqsadida ta’lim muassasasining o‘qituvchi va  talaba qizlari bilan Alisher Navoiy nomidagi kinochilar uyida ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash, yurt tinchligi, millat qahramonlari aks etgan “Baron 2” filmi namoyishiga tashrif buyurildi. 


Filmda ekstamistik guruhlar tamonidan o‘zbek yoshlarining qay yo‘l bilan O‘zbekiston hududidan olib chiqib ketilayotganligi aniq va tushunarli yoritib berilgan. Bundan tashqari mazkur filmda Suriya xududidagi o‘zbek ayollari va ularning farzandlarini vatanga qaytarish borasida ko‘rilgan chora tadbirlar mobaynida vatandoshlarimiz tinchligi va osoyishtaligi uchun jon fido qilgan yurtdoshlarimiz qismati, vatanga sodiqlik va vatan himoyasi aks etgan bo‘lib, talaba qizlar bu filmdan juda ko‘p ma’lumot va foydalar oldilar. Film namoyishi juda manfaatli bo‘ldi. 

    Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha
direktor o‘rinbosari  G. Maxamedova

Другие новости

Navro'z ayyomingiz muborak bo'lsin
21.03.2025 13
Ona diyorimizga barchamiz orziqib kutgan go'zal va dilbar fasl bahor kirib keldi. Ana shu ulug' ayyom - sharqona yangi yil bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz. Navro'z bayrami barchamizga muborak bo'lsin
Подробнее
Taraqqiyparvar jadidlar - talabalar diqqat markazida
22.01.2024 284
#Yangi_o‘quv_yili#Jaholatga_qarshi_ma’rifat#Ekstemizm_va_terrorizmga_qarshi_kurashish#Jadidchilik_harakatlariSharq mumtoz shoirlari asarlarini mutolaa qilish va jadid matbuotini kuzatish yoʻli bilan adabiy, ijtimoiy-siyosiy bilimini oshirgan olim va dramaturg, noshir, din va jamoat arbobi jadidchilik harakati yetakchilari haqida hujjatli film...
Подробнее
Xatmul - kutub. Kitobxonlik an‘anasi
21.01.2024 240
“Xadichai Kubro” ayol-qizlar islom ta‘lim muassasasining ustoz va hodimalari “Xatmul kutub” an'anasiga muvofiq Muhtarama Odinaxon Muhammad Sodiq ustozamiz boshchiliklarida bir necha mo‘tabar manbaalarni o‘qib tugatdilar.Ta‘lim muassasamizning 20 dan ziyod ustoz...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2025 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry