27.01.2022
633

“Hayratul-abror” dostonida  insoniy fazilatlar bayoni

 

 

Ma’naviy merosimiz durdonalari orasida Navoiy ijodi alohida o’rin tutadi “Xamsa”ning birinchi dostoni  “Hayratul-abror” dagi olti maqolat inson bezagi va ma’naviy boyligi bo’lgan insoniy fazilatlar ta’rafiga bag’ishlangan bo’lib, ular saxovat, odob, qanoat, vafo, ishq, rostlik va ilmlilik fazlidan bahs yuritadi. Shu bilan birga, ularning ziddi bo’lgan tuban fe’llar qoralanadi. Navoiy har bir bobda shu xislatlar tog’risida alohida fikr bildirib, shunga mos ibratli hikoya ham keltiradi.

Buyuk mutafakkir dostonni yaratishda Qur’onu karim oyatlari va hadisi shariflardan o’rinli foydalangan va yuksak she’riy san’at na’munalarini namoyish qilgan.

Shoirning saxovat haqidagi qarashlaridan uning qanchalik islom dini va tasavvuf ta’limotini chuqur bilganligini anglash mumkin.

 Oni saxiy anglag’il, ey hushmand,

 Kim oni davlat qilibon sarbaland. 

 Holi agar yaxshi durur, gar taboh.

 Kimsadin etmas tamai molu joh.

Ushbu baytlar Quroni karimning quyidagi oyati mazmuni asosida yozilgan:

“Ular (mazkur taqvodorlar) farovonlik va tanglik kunlarida xam xayr-sadaqa qiladigan, g’azablarini yutadigan, odamlarni (xato va kamchiliklarini) afv etadiganlardir. Alloh ezgulik qiluvchilarni sevar” (Oli Imron, 134).

“Hayratul-abror” dostoninig oltinchi maqolati odob va hayo ta’rifiga bag’ishlangan. Unda Navoiy ushbu xislatlar tufayli odam ulug’lik va kamolotga erishmog’i mumkinligi haqida so’z yuritib, so’zining isboti uchun  oyni misol qilib keltiradi.

Chunki tavoze’ga ham o’ldi hilol,

Bo’ldi fuzunroq anga har kun kamol. 

Osmonda yangi ko’ringan oy xuddi bukilib ta’zim qilib turgan o’roq shaklida namoyon bo’ladi. U kun sayin kattalashib, nihoyat, to’lin oyga aylanadi. Shoir uning kamol topishiga ana shunday tavoze’ sabab bo’lganini go’zal tarzda ifodalagan.

Shuningdek, Navoiy behuda kulgini hayosizlik belgisi sifatida qarab, odamlarni undan qaytaradi.

Tarki adabdin biri kulgudurur,

Kulgu adab tarkiga belgidurur.

Alisher Navoiy hayoni ta’riflash davomida quyidagi hadis mazmunini badiiy uslib bilan targ’ib qilganini ko’ramiz : “Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladilar: “Rasululloh (s.a.v) ukasini ortiqcha hayoli ekanligida ayblab, “Senga bu hatto zarar keltira boshladi!” deb turgan bir odamning yonidan o’tayotib: “Uni o’z holiga qo’y, hayo imondandir! ” –dedilar. (ya’ni imon qanchalik kuchli bo’lsa hayo ham shunchalik kuchli bo’ladi)”.

Shoir qanoat xususida maxsus to’xtalganda bir tomondan “sabrning tegi oltin” degan xalq maqoliga ishora qilsa, ikkinchi tomondan Qur’oni karimning Oli imron surasi 200-oyatini eslatadi:

“Ey, imon keltirganlar! Sabr qilingiz, bag’rikeng bo’lingiz va (Alloh yo’liga) taxt bo’lib turingiz va Allohdan qo’rqingiz, zora (oxiratda najot topsangiz)”.

Mazkur oyatda sabr-qanoatli bo’lishga targ’ib qilinib, sabr najot keltirishi ta’kidlansa, Navoiy qanoat orqali boylikka erishiladi, deb ikki dunyo saodatini nazarda tutadi:

Kimgaki ish bo’ldi qanoat fani,

Bilki, ani qildi qanoat g’ani.

Ya’ni:

Kimki qanoatni o’ziga kasb qilgan bo’lsa, bilki qanoat uni boy qiladi.

Bundan tashqari Navoiy farzandga to’g’ri tarbiya berishga ahamiyat qaratib unga yoshligidan rostgo’ylik, va’dasiga vafo qilish kabi fazilatlarni o’rgatish bilan bir qatorda farzandni ilmli qilishga ko’proq e’tibor qaratish kerakligini alohida ta’kidlab o’tadi. 

Xulosa sifatida aytish mumkinki, “Hayratul-abror”ning biz tilga olgan maqolatlaridan inson uchun zebu ziynat hisoblangan fazilatlarni o’rganishimiz mumkin. Navoiy chin insoniy fazilatlar –karam, odob, qanoat,vafo, ishq, rostlik, ilmlilik kabilarni yorqin badiiy bo’yoqlarda tasvirlaydi. Ayni paytda bu fazilatlarni ziddi bo’lgan baxllik, odobsizlik, tama’, egrilik, yolg’on va jaholat kabi zamima axloqlarni qattiq qoralaydi.

Xadichai kubro ayol-qizlar o’rta 

maxsus islom ta’lim muassasasi

o’qituvchisi Abzalova Farida 

 

Другие новости

Bidʼat xurofotlar
30.01.2024 144
Bidʼat (arabcha yangilik) – anʼanaviy diniy aqidalarga biror yangilik kiritilishini anglatuvchi tushuncha. Qadimda u dinlarning vujudga kelishi va taraqqiyoti jarayonida qoʻshilgan urf-odat va marosimlar, turli oʻzgartirishlar kiritish, dinni isloh etish...
Подробнее
OMMАVIY MАDАNIYATNING MILLIY MENTАLITETIMIZGА TАHDIDI   
29.01.2024 165
#EQKMMA#maqola XXI asrning katta muammolaridan biri «mafkuraviy tazyiq»dir. Uning yoshlarga yetkazayotgan taʼsirlari koʼpgina davlatlar qatori mamlakatimizni ham chetlab oʼtmadi. Fan va texnika taraqqiy etgan ushbu asrda, ayniqsa, axborot texnologiyalari aql...
Подробнее
BOLALAR ORASIDA ADOLAT QILISH
24.01.2024 177
Bolalar orasida adolat qilish ham ota-ona- ning vazifasi va bolalarning haqqidir.Islom adolat dinidir. U doimo barcha narsada, barcha yerda, barcha uchun adolat bo‘lishining tarafdoridir. Ayniqsa, yosh bolalar uchun. Shuning uchun...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry