MUASSASA O‘QITUVCHILARI ILMIY-METODOLOGIK SEMINARDA
“XADICHAI KUBRO” AYOL-QIZLAR O‘RTA MAXSUS
ISLOM TA’LIM MUASSASASI O‘QITUVCHILARI ILMIY-METODOLOGIK SEMINARDA
“Xadichai Kubro” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi o‘qituvchilari Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining Adabiy manbashunoslik va matnshunoslik kafedrasi tomonidan tashkil etilgan “Matnga kirish ishtiyoqi yoxud bir g‘azal sharhi” mavzusidagi ilmiy-metodologik seminarda ishtirok etdi.
Joriy yilning 28 sentabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining Adabiy manbashunoslik va matnshunoslik kafedrasi tomonidan ilmiy-metodologik seminar tashkil etildi. Seminarda kafedra mudiri, filologiya fanlari doktori Rashid Zohid “Matnga kirish ishtiyoqi yoxud bir g‘azal sharhi” mavzusida ma’ruza qildi. Shundan so‘ng hijriy 1250-yilga tegishli Alisher Navoiy kulliyotida keltirilgan g‘azal sharhiga o‘tildi. Seminarda hozirgi zamon manbashunos va matnshunos olimlarining faqatgina Alisher Navoiy asarlari matni tashqaridagi muammolarnigina hal qilishayotganligi muammolari va ularning yechimlari borasida fikr almashildi
Seminarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining Adabiy manbashunoslik va matnshunoslik kafedrasi doktarant va magistrantlari bo‘lgan “Xadichai Kubro” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi o‘qituvchilari D.Mahmudova, M.Mamatxonova, I.Nuriddinova va G.Maxamedova ishtirok etdi. Tadbir so‘ngida kelgusida matnshunoslik rivojida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar belgilab olindi va mavzuga oid turli savollar berilib, ma’ruzachi tamonidan kerakli javoblar olindi.
Matbuot xizmati