29.09.2022
233

“1 OKTABR - USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI” MUNOSABATI BILAN BAYRAM TADBIRI

"Xadichai Kubro” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida “1 oktabr - Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

Joriy yilning 29 sentabr kuni “Xadichai Kubro” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida “1 oktabr - Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan “Qalbimizdasiz aziz ustozlar”deb nomlangan bayram tadbiri tashkil etildi. 
Tadbir Qur’on tilovati bilan boshlandi. Suhbatni ta’lim muassasasi direktori N.Ibragimova ochiq deb e’lon qilgandan so‘ng, tabrik navbati ta’lim muassasasining faxriy ustozlaridan “Qur’oni karim va tajvid” fani ustozi Qurbonova Gulobod ustozga berildi. Faxriy mehmonimiz o‘zlarining iliq va samimiy tilak va tabriklarini bildirib tadbirga o‘zgacha kayfiyat baxsh etdilar. Suhbat davomida talaba qizlar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishi, nashidalar ham ijro etildi. Ayniqsa, ijodiy yondashuv asosida tayyorlangan har bir ustozga atlagan tabrik videoroligi madrasa ustoz va xodimlarini ruhalntirib yubordi. Bundan tashqari ta’lim muassasasi rahbariyati tamonidan 2022-2023 o‘quv yilida talabalikka tavsiya etilgan 1-kurs talabalari estalik sovg‘alari bilan mukofotlandi.  
Bayram suhbati so‘ngida talabalar tomonidan ustoz va xodimalarga bayram esdalik sovg‘alari va gular ulashildi, so‘ng bayram dasturxoniga taklif etildi. 
Bu davra suhbati barchaning yodida o‘zgacha taassurot qoldirdi. Barcha xursand holda faxriy ustozlardan duo olib tadbirdan mamnun holda chiqdilar. Bu bayram unutilmas xotira sifatida barchaning yodiga muxrlandi.

 

Matbuot xizmati 

Другие новости

Taraqqiyparvar jadidlar - talabalar diqqat markazida
22.01.2024 78
#Yangi_o‘quv_yili#Jaholatga_qarshi_ma’rifat#Ekstemizm_va_terrorizmga_qarshi_kurashish#Jadidchilik_harakatlariSharq mumtoz shoirlari asarlarini mutolaa qilish va jadid matbuotini kuzatish yoʻli bilan adabiy, ijtimoiy-siyosiy bilimini oshirgan olim va dramaturg, noshir, din va jamoat arbobi jadidchilik harakati yetakchilari haqida hujjatli film...
Подробнее
Xatmul - kutub. Kitobxonlik an‘anasi
21.01.2024 66
“Xadichai Kubro” ayol-qizlar islom ta‘lim muassasasining ustoz va hodimalari “Xatmul kutub” an'anasiga muvofiq Muhtarama Odinaxon Muhammad Sodiq ustozamiz boshchiliklarida bir necha mo‘tabar manbaalarni o‘qib tugatdilar.Ta‘lim muassasamizning 20 dan ziyod ustoz...
Подробнее
"Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasida 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan uchrashuv tashkil etildi
14.01.2024 67
#Suhbat#Vatan_himoyachilari_kuniJoriy yilning 13-yanvar kuni "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasiga "14-yanvar Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan soha mutaxassislari mayor Salmonova Nodira Mirxamidovna va kapitan Paxruddinova Latofat Pazildinova tashrif...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry