07.10.2022
87

Jihod tushunchasini soxtalashtirayotganlardan ogoh boʻlaylik

 

 

Oxirgi yillarda jihod qilayotganini daʼvo qilib urush boʻlayotgan yurtlarga ketib qolayotganlar haqidagi xabarlar koʻpaydi. Bunga  sabab boʻlayotgan narsa esa jihodning asl mohiyati, uning qanday amal ekani haqida ilmga ega boʻlmaslikdir.

Jihod oʻzi nima? Jihod soʻzi lugʻaviy jihatdan "jiddu jahd qilish", "qattiq harakat qilish" kabi maʼnolarni anglatadi. Jihod - bu Alloh taoloning amrlarini bajarishda bor kuchini sarflash demakdir. Shariat koʻrsatmalariga amal qilishda barcha imkoniyatlarni ishga solib, jiddu jahd bilan sharʼiy amallarni oʻz oʻrnida bajarish uchun nafsiga, shayton vasvasalariga va boshqa yomonliklarga qarshi kurashuvchi kishiga mujohid, yaʼni jihod qiluvchi deyiladi.

Hadisi sharifda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Kichik jihoddan katta jihodga, bandaning havoyi nafsiga qarshi qiladigan jihodga xush keldingiz", deb aytganlar. (Jomeʼul ahadis, 4-juz, 741-b)

 Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Nabiy alayhissalom: "Jihodning afzali bandaning Alloh taoloning zotida nafsiga qarshi jihod qilmogʻidir", deganlar. Ushbu hadislardan maʼlum boʻladi-ki, jihod faqatgina jang qilish, urushish degani emas.

Urush qilish maʼnosidagi jihoddan maqsad esa musulmonlar oʻzlarini hujumdan himoya qilishlari va mudofaa uchundir. Jihod haqida bir qancha oyatlar nozil qilingan boʻlib, ularning nozil boʻlish sabablari turlichadir. Bu oyatlarga koʻra jihod ikki xil: talab va mudofaa jihodiga boʻlinadi. Hozirgi kunda dunyodagi barcha davlatlar oʻzaro tinchlikka, urush qilmaslikka kelishganlari uchun talab jihodi qilinmasligiga ulamolar ijmo qilishgan. Ammo musulmonlar uchun biror xavf tugʻilsa, oʻz jonlarini himoya qilish uchun mudofaa jihodini qilishlari lozim boʻladi.

Alloh taolo marhamat qiladi:

{ أُذِنَ لِلَّذِينَ يُقَٰتَلُونَ بِأَنَّهُمۡ ظُلِمُواْۚ وَإِنَّ ٱللَّهَ عَلَىٰ نَصۡرِهِمۡ لَقَدِيرٌ }

 

Hujumga uchrayotgan zotlarga mazlum boʻlganlari sababli (jang qilish) izni berildi. Albatta Alloh ularni gʻolib qilishga qodirdir. (Haj surasi:39)

 

Bugunda axborotlar zamonida yashar ekanmiz ijtimoiy tarmoqning taʼsiridan chetda qolish deyarli imkonsiz boʻlib bormoqda. Ijtimoiy tarmoqlarning ofatlaridan biri har bir musulmonga jihod qilib, notinch, urush boʻlayotgan joylarga borib jang qilish farz degan fikrni singdirish uchun olib borilayotgan harakatlardir. Afsuski, bunday soxta chaqiriqlarga ishonib oʻzini va butun oila aʼzolarini ham urush oʻchogʻiga tashlab hayotini barbod qilayotganlar soni kam emas. Fitnachilarning insonlarning eʼtiqodlari, ishonchlaridan foydalanib jihodga boʻlgan soxta chaqiriqlariga aldanib Suriya va shu kabi boshqa urush boʻlayotgan yerlarga ketganlar terrorchilarga qoʻshilib halok boʻlmoqdalar, tirik qolganlari esa qamalib oʻsha yerlarda don daraksiz yoʻqolib ketyaptilar. Ularning turmush oʻrtoqlari boshqa begona kishilar qoʻlida xor boʻlmoqda. Norasida goʻdaklari och-nahor, murgʻak holida daxshatli manzaralarga guvoh boʻlib, sargardon boʻlmoqda.

Eng achinarlisi gʻaraz niyatli kimsalarning fitnasiga ergashib musulmonlar boshqa musulmonlarning qonini toʻkmoqdalar.

Bu kabi ayanchli holatlarning oldini olish, yolgʻon daʼvatlarga uchmasliklari uchun ularga Islom dinini va uning arkonlari, amallarini toʻgʻri, sof holda yetkazish lozim. Kishilar ilm bilangina aziz boʻladilar, johillik esa ularni xor qiladi. Musulmon odam har bir xabarni toʻgʻri ekanini tekshirib koʻrib soʻng harakat qilmogʻi kerak.

 

Xadichai kubro ayol-qizlar

oʻrta maxsus islom ta’lim muassasasi

 oʻqituvchisi Nigmatova Mohira

Другие новости

Mo'jaz tuhfa
30.03.2023 2
Ramazonning ilk kunlaridan birida ishga kelsam, hamkasbim madrasamizning barcha ustoz-xodimlariga muftiy hazrat Nuriddin domla Xoliqnazarov tomonidan yozilgan "Ramazonni g'animat bilib, unumli foydalanaylik" nomli kitoblari hadya qilinganini aytib ushbu kitobni berdilar....
Подробнее
Diniy ekstremistik oqimlar va ularning gʻoyalari. Terrorizm tahdidi.
30.03.2023 2
Terrorizm – jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarish, aholi keng qatlamlarida vahima va qoʻrquv uygʻotishga qaratilgan siyosiy kurashning oʻziga xos usulidir. U yashirin (konspirativ) ruhdagi tashkilotlar tomonidan beqarorlik keltirib chiqarish orqali hokimiyatni...
Подробнее
"Xush kelding ya Mohi Ramazon..."
23.03.2023 6
Alloh taologa hamdu sanolar bo‘lsin, o‘n bir oyga cho‘zilgan sog‘inch va ishtiyoqdan so‘ng nihoyat oylarning sultoni, ezgulik va xayr mavsumi, toatu ibodat fasli, saxovatu duo, tarovehu Qur'on oyi bo‘lmish muborak...
Подробнее

Оставить комментарий

Комментарии

Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 299-24-11
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Тошкент шаҳри Учтепа тумани Ўрикзор даҳаси Зарафшон кўчаси 15-уй.
©2023 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry