19.10.2022
77

Makka fathidan so‘ng “Hijrat yo‘q”

Jaholat ilmsizlik barcha davrlarda, xossatan Islom dinida qattiq qoralangan bo‘lib, u  insonni tubanlikka va jamiyatning buzilishiga olib boradigan omillardan biridir. Ilm olish, ma’rifat hosil qilish esa insonni yuksaklikka ko‘tarib, uni ikki dunyo saodatiga erishmog‘iga sabab bo‘ladi. Hozirgi dunyoda jamiyat ichida xalq farovonligi va tinchlikka rahna soluvchi fitnalarning avj olishi va begunoh qonlarning nohaq to‘kilishiga ham aynan ilmsizlik, dinning aslidan uzoqlashish, oyatlar va hadislarni zohiriga qarab hukm chiqarish, hadislarni “nosix” va “mansux”larini bilmaslik, mazhabboshilar, shariat ahkomlarini va  uning fiqhiy asoslarini  yoritib ketgan mujtahid ulamolarning so‘zlarini mensimaslik asosiy sabablardan biri bo‘lyapti desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

   Hozirgi vaqtda ayrim firqalar tarafidan hijrat masalasi noto‘g‘ri talqin qilinib, hatto u farz darajasiga olib chiqilib hijrat qilmaganlar takfir masalasida ayblanmoqdalar.

   Xo‘sh hijrat o‘zi nima? U hozir ham farzmi? “Hijrat” bu- arab tilidan olingan so‘z bo‘lib “ko‘chish” degan ma’noni anglatadi. Dastlab, Rosululloh sollallohu alayhi vasallamga va sahobalarga Makkadan Madina shahriga hijrat qilish farz bo‘lgan. Madina shahrida musulmonlar soni ko‘payib Islomning quvvatiga quvvat qo‘shiladi va shu diyorda Islomiy davlat barpo bo‘ladi. Bu davrgacha Makkadan va boshqa o‘lkalardan ko‘plab musulmonlar, hatto ularning zaif hollari ham hijrat qilib Madinaga keladilar. Bir necha yillardan so‘ng Alloh taolo mo‘minlarga o‘z nusratini berib Makkani fath qiladilar va shundan so‘ng hijrat qilish hukmi bekor bo‘ladi. Bu borada ko‘plab sahih hadislar kelgan bo‘lib, bu hadislar hijrat qilishni farzligi hukmini va bu borada kelgan hadislarning hukmini bekor qilgan. Sahihul Buxoriyda “Makka fathidan so‘ng hijrat yo‘q” degan hadis rivoyat qilingan va bu hadis bizlarga hijratning hukmini bekor bo‘lganligini anglatadi.

    Bir yurtda ibodatlar emin erkinlikda bajarilayotgan bo‘lsa, u yurtdan o‘zga yurtga hijrat qilinmaydi. Tarixdan ma’lumki, o‘tmishda yashab o‘tgan mutafakkir ulamolarimiz yurtimizni mo‘g‘ullar va ruslar istilo qilgan og‘ir davrlarda ham o‘z yurtlarini tashlab hijrat qilib ketmaganlar. Balki, o‘z yurtlarida ilm-u ma’rifat tarqatish yurt farovonligini tiklash va yurt failan mashg‘ul bo‘lganlar.

Muxlisa MAHAMATXONOVA

Другие новости

Mo'jaz tuhfa
30.03.2023 2
Ramazonning ilk kunlaridan birida ishga kelsam, hamkasbim madrasamizning barcha ustoz-xodimlariga muftiy hazrat Nuriddin domla Xoliqnazarov tomonidan yozilgan "Ramazonni g'animat bilib, unumli foydalanaylik" nomli kitoblari hadya qilinganini aytib ushbu kitobni berdilar....
Подробнее
Diniy ekstremistik oqimlar va ularning gʻoyalari. Terrorizm tahdidi.
30.03.2023 2
Terrorizm – jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarish, aholi keng qatlamlarida vahima va qoʻrquv uygʻotishga qaratilgan siyosiy kurashning oʻziga xos usulidir. U yashirin (konspirativ) ruhdagi tashkilotlar tomonidan beqarorlik keltirib chiqarish orqali hokimiyatni...
Подробнее
"Xush kelding ya Mohi Ramazon..."
23.03.2023 6
Alloh taologa hamdu sanolar bo‘lsin, o‘n bir oyga cho‘zilgan sog‘inch va ishtiyoqdan so‘ng nihoyat oylarning sultoni, ezgulik va xayr mavsumi, toatu ibodat fasli, saxovatu duo, tarovehu Qur'on oyi bo‘lmish muborak...
Подробнее

Оставить комментарий

Комментарии

Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 299-24-11
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Тошкент шаҳри Учтепа тумани Ўрикзор даҳаси Зарафшон кўчаси 15-уй.
©2023 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry